Abduganiev Baxtiyor Yormaxamatovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ayrim tabiiy va sintetik tovarlarni tasniflash uslubiyotini takomillashtirish», 02.00.09 – Tovarlar kimyosi (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.DSc/K154.
Ilmiy maslahatchi: Asqarov Ibrohim Rahmonovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Andijon davlat univarsiteti, Bojxona instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat univarsiteti, DSs.03/29.10.2021.K/T.60.05.
Rasmiy opponentlar: Xamrakulov Gafurjan, kimyo fanlari doktori, professor; Axmadaliev Maxammadjon Axmadalievich, texnika fanlari doktori, professor;Shamsiddinov Isroiljon Turgunovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: eksport va import bo‘layotgan sariyog‘ o‘rnini bosuvchi yog‘lar, dorivor efir moyli o‘simliklar, hamda to‘qimachilik sanoati mahsulotlarining kimyoviy tarkibini zamonaviy metodlar yordamida aniqlash, hamda sinflash uslubiyotini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
infraqizil spektroskopiya uskunalari yordamida tabiiy va sintetik tolalar aralashmasidan tashkil topgan matolarning tarkibi va tuzilishini kompleks tarzda aniqlash imkonini beruvchi uslublar ishlab chiqilgan;
sariyog‘ o‘rnini bosuvchi yog‘lar, dorivor efir moyli o‘simliklar, hamda to‘qimachilik sanoati mahsulotlari turlarini analitik tahlillarning optimal shartlarini o‘z ichiga olgan uslublar ishlab chiqilgan;
respublikaga import qilinayotgan sariyog‘ o‘rnini bosuvchi yog‘lar, dorivor efir moyli o‘simliklar hamda to‘qimachilik sanoati mahsulotlarining TIF TN kodlarini belgilash mezonlari yaratilgan;
ilk bor sariyog‘ o‘rnini bosuvchi yog‘lar, dorivor efir moyli o‘simliklar hamda to‘qimachilik sanoati mahsulotlarining tarkibini aniqlashga qaratilgan identifikatsiyalashning mass spektrometr, infraqizil spektroskop, mass spektrometr detektorli yuqori samarali suyuqlik xromatografi, sinov mashinasining to‘g‘ri ishlashini taʼminlash imkonini beruvchi metrologik sertifikatlash dasturi ishlab chiqilgan.
margarin, margarin bilan sariyog‘ omixtasi, sariyog‘ va o‘simlik moylarining kimyoviy tarkibi bo‘yicha identifikatsiyalash uchun AQShning Perkin Elmer kompaniyasining modeli “Perkin Elmer AxION 2 TOF MS, DSA” bo‘lgan mass spektrometr uskunasini to‘g‘ri ishlashini taʼminlash uslubi ishlab chiqilgan;
kannabis moyi mahsulotlariga kimyoviy tarkibi asosida TIF TN bo‘yicha yangi oltita 1515905001, 1515906101, 1515906901, 1515907001, 1515908101, 1515908901 tovar kod raqamlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Margarin, margarin bilan sariyog‘ omixtasi, sariyog‘ va o‘simlik moylarini, o‘simliklardan ajratib olingan efir moylari, parfyumeriya, hamda to‘qimachilik mahsulotlarini kimyoviy tarkibi asosida sinflash va standartlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tabiiy va sintetik tola aralashmasidan tashkil topgan matolarni bojxona ekspertizasini amalga oshirishning tezkor, ishonchli va aniq bo‘lgan analitik uslubi ishlab chiqilib, bojxona amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2022 yil 29 dekabrdagi 16/05-22-0759-son maʼlumotnomasi). Natijada, bojxona xizmati organlarida tabiiy va sintetik tola aralashmasidan tashkil topgan matolarni import qilishni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish imkonini bergan;
margarin, margarin bilan sariyog‘ omixtasi, sariyog‘ va o‘simlik moylarini kimyoviy tarkibi aniqlashda qo‘llaniluvchi “Agilent 5977 A” xromatomass-spektrometr uskunasini to‘g‘ri ishlashini aniqlash uslubi ishlab chiqilib, bojxona qo‘mitasi amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2022 yil 29 dekabrdagi 16/05-22-0760-son maʼlumotnomasi). Natijada, margarin, margarin bilan sariyog‘ omixtasi, sariyog‘ va o‘simlik moylarining barcha turlarini kimyoviy tarkiblarini to‘g‘ri aniqlash imkonini bergan;
kannabis moyi mahsulotlari kimyoviy tarkibi asosida sinflanib, ularga 6 ta 1515905001, 1515906101, 1515906901, 1515907001, 1515908101, 1515908901 yangi kod raqamlari ishlab chiqilgan va bojxona amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2022 yil 29 dekabrdagi 16/05-22-0765-son maʼlumotnomasi). Natijada, kannabis moyini eksport va import qilishda bojxona bojlari va aksiz solig‘i stavkalarini to‘g‘ri belgilash imkonini bergan;
sellyuloza va sellyuloza atsetati tolasidan tashkil topgan materiallarni aksiz solig‘ining 20 % stavkasi bilan belgilangan 5601229900 podsubpozitsiyali xalqaro tovar kod raqami bilan sinflash uslubiyoti ishlab chiqilgan va bojxona amaliyotiga joriy qlingan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2022 yil 29 dekabrdagi 16/05-22-0764-son maʼlumotnomasi). Natijada, davlat byudjetiga qo‘shimcha 30,7 mlrd so‘m mablag‘larni to‘g‘ri undirish imkonini bergan.