Ro‘ziev Azizjon Savriddinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Injenerlik-topografik syomkalar uslubini takomillashtirish», 11.00.06 - Geodeziya. Kartografiya (geografiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Gr159. 
Ilmiy rahbar: Muborakov Xamidxon, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2019.Gr.01.06 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Reymov Polat Rasbergenovich, geografiya fanlari doktori (DSc), dotsent, Toshpo‘latov Sarvar Anvarovich, texnika fanlari nomzodi, professor. 
Yetakchi tashkilot: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: zamonaviy geodezik asbob va texnologiyalarni qo‘llab yirik masshtabli injenerlik-topografik syomkalarni bajarish uslubini takomillashtirishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yirik masshtabli topografik syomkalar uslubi zamonaviy elektron asbob va raqamli texnologiyalarni qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
injenerlik-topografik syomkalar natijalarini ishlab chiqish uslubi GAT dasturiy taʼminotlari yordamida maʼlumotlar bazasini yaratish asosida takomillashtirilgan;
zamonaviy elektron asbob va raqamli texnologiyalarni qo‘llab bajarilgan syomkalar topografik planlarining aniqligi o‘rta kvadratik xato qiymatini hisoblash orqali asoslangan;
syomka geodezik tarmoqlarini barpo etish va syomkani bajarishning amaldagi yo‘riqnomasini takomillashtirish zarurligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Injenerlik-topografik syomkalar uslubini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
zamonaviy elektron asbob va raqamli texnologiyalarni qo‘llab yirik masshtabli topografik syomkalarni bajarishning takomillashtirilgan uslubi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi amaliyotida shaharlarning zich qurilgan hududlarida amaldagi alohida gorizontal va vertikal syomkalarga bo‘lib bajarish o‘rniga foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining 2023 yil 01 fevraldagi 03-03-25-son maʼlumotnomasi). Natijada, o‘lchash ishlariga sarflanadigan mehnat va vaqtni qisqartirish imkonini bergan; 
GAT dasturiy taʼminotlari yordamida maʼlumotlar bazasini yaratish asosida injenerlik-topografik syomkalar natijalarini ishlab chiqishning takomillashtirilgan uslubi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligida yirik masshtabli topografik plan tuzish ishlarida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining 2023 yil 01 fevraldagi 03-03-25-son maʼlumotnomasi). Natijada, maʼlumotlarni qayta ishlash, boshqarish tizimini engillashtirish imkonini bergan;
Zamonaviy elektron asbob va raqamli texnologiyalarni qo‘llab bajarilgan injenerlik-topografik syomkalar topografik planlarida tafsilot va relefni tasvirlash aniqligini baholash usuli “Geodeziya” nomli darslikka singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligining 2020 yil 30 iyundagi 359-395-son guvohnomasi). Natijada, talabalarga topografik planlar aniqligini baholash kompetensiyasini oshirish imkoniyatini bergan;
Shaharlarning qurilgan hududlarida yirik masshtabli injenerlik-topografik syomkalar elektron taxeometriya usulida bajarilayotgani sababli syomkaning geodezik asosi sifatida amaldagi yo‘riqnomada ko‘rsatilgan teodolit-nivelir yo‘li o‘rniga taxeometrik yo‘lni qurish bo‘yicha tavsiya O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi amaliyotida syomka asoslarini qurishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining 2023 yil 01 fevraldagi 03-03-25-son maʼlumotnomasi). Natijada, mehnat unumdorligining oshishini taʼminlash imkoniyatini bergan.
 

Yangiliklarga obuna bo‘lish