Mirzahidov Baxtiyor Djaliddinovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston sharoitida uzumning qimmatli-xo‘jalik belgilar irsiylanishini o‘rganish asosida yuqori sifatli yangi navlarini yaratish”, 06.01.05 - Seleksiya va urug‘chilik (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4. DSc/Qx174.
Ilmiy maslahatchi: Saimnazarov Yuldosh Bekmirzaevich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: akademik M.Mirzaev nomidagi Bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot institutining Samarqand ilmiy tajriba stansiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.05/04.03.2022.Qx.13.01.
Rasmiy opponentlar: Rahmonqulov Murod Said-Akbarovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Sultonov Kamoliddin Sadriddinovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Baymetov Karim Isaevich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi uzumning qimmatli-xo‘jalik belgilarining irsiylanishini o‘rganish, yangi yuqori sifatli navlarini yaratish va ishlab chiqarishga joriy etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor respublikada uzumning yirik g‘ujumli, urug‘siz, muskat ta’mga ega Kishmish Samarqand yangi navi yaratilgan;
uzumning bir qator yirik g‘ujumli, urug‘siz, xo‘raki va texnik Kishmish Malika, Kishmish Motrudi, Kishmish Samarqand, Xusayne Muskatniy, Muskat Shavki navlari va № 4-45-20, № 4-27-26 duragaylari yaratilgan;
duragaylash natijasida uzumning andoza Qora Kishmish naviga nisbatan 20-25 kun erta pishadigan Kishmish Motrudi navi yaratilgan;
duragaylash natijasida, uzumning andoza Kishmish beliy naviga nisbatan 10-15 kun erta pishadigan va yirik g‘ujumlari bilan ajralib turadigan Kishmish Malika navi yaratilgan;
uzumning hosildorlik ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan xo‘raki navlari: Xusayne Muskatniy, Muskat Shavki, Turmoni, Sultoni rozoviy va urug‘siz navlari: Kishmish Sogdiana, Kishmish ranniy, Kishmish Botir tanlangan;
uzumning tezpishar navlari sifatida Peshpazak, Doroi Tagobskiy, quritilgan mahsulotning yuqori sifatliligi bo‘yicha Kishmish Sogdiana, Kishmish Terakli, Belaya roza, kasalliklarga va sovuqqa nisbatan chidamliligi bilan ajralib turadigan Muskat desertniy navlari ajratilgan;
hosildorligi yuqori, g‘ujumi yirik, sovuqqa nisbatan chidamli, quritilgan mahsulot ko‘rsatkichi va iqtisodiy samaradorligi yuqori bo‘lgan Kishmish Sogdiana uzum navi ajratilgan;
xo‘raki navlarning uchtasi – Peshpazak, Sultoni rozoviy, Muskat desertniy va mayiz navlarining to‘rttasi – Kishmish Botir, Kishmish Terakli, Belaya roza va Kishmish ranniylarning yuqori iqtisodiy ko‘rsatkichga ega ekanligi va ilmiy ahamiyati aniqlangan;
Axmadi navi urug‘lik xususiyatini avlodga past darajada o‘tkazishi hisobiga urug‘sizlikga qaratilgan seleksiyada qimmatli boshlang‘ich material sifatida tanlangan;
Kishmish cherniy va Kishmish Zarafshan navlari otalik sifatida qatnashganda I kategoriyali urug‘siz shakllarni olish ehtimoli yuqori ekanligi aniqlangan;
uzumning yirik g‘ujumli urug‘siz navlarni yaratish maqsadida otalik shakl sifatida Kishmish Zarafshan, Kishmish Sogdiana, Kishmish Malika, onalik sifatida esa Axmadi, Surxak Kitabskiy, Kattaqurg‘on, Nimrang va Volga Don navlari ajratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasi sharoitida uzumning qimmatli-xo‘jalik  belgilar irsiylanishini o‘rganish, yangi yuqori sifatli navlarini yaratish va ishlab chiqarishga joriy etish, istiqbolli nav va duragaylarni etishtirish va quritish agrotexnologiyasining ayrim elementlarini ishlab chiqish bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
tadqiqotlarda 66 ta kombinatsiya, 2800 ta duragay o‘rganilib, ularning ichidan istiqbolli navlar ajratilgan va bugungi kunda 6 ta nav: Xusayne Muskatniy, Muskat Shavqi, Kishmish Malika, Kishmish Motrudi, Kishmish Sogdiana va Kishmish Samarqand navlari O‘zbekiston Respublikasi hududida ekish uchun tavsiya etilgan va qishloq xo‘jalik ekinlari Davlat Reestriga kiritilgan va “Kishmish Terakli” navi Davlat Reestriga topshirilgan. (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 5 maydagi 05/23-06/446-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur navlarni O‘zbekiston Respublikasi Davlat Reestriga kiritilishi natijasida uzumning standart assortimenti kengaytirilgan;
2021 yilda uzumning Kishmish Malika, Kishmish Motrudi, Kishmish Samarqand navlariga O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi tomonidan patent olingan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 5 maydagi 05/23-06/446-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, uzumning Kishmish Malika, Kishmish Motrudi, Kishmish Samarqand navlariga O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi tomonidan mualliflik xuquqi berilgan;
uzumning Kishmish Malika, Kishmish Sogdiana, Kishmish Motrudi, Kishmish Samarqand navlari 2015-2020 yillar mobaynida Samarqand viloyatining Payariq tumanidagi “Xolboyev Fayzulla uzumzorlari” fermer xo‘jaligida 5,5 ga, Urgut tumanidagi “Urgut fresh fruits” fermer xo‘jaligida 4,0 ga, Samarqand tumanidagi “Aziya Perfektum Trade” MChJda 5,5 ga hamda “Bobur agro innovatsiya” fermer xo‘jaligida 2,5 ga maydonda ekilib, onalik tokzorlar barpo etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 5 maydagi 05/23-06/446-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur fermer xo‘jaliklarida 1 gektar maydondan 18-20 tonna uzum hosili olinib, mahsulotni realizatsiya qilishda o‘rtacha 35 million so‘mgacha sof foyda olingan;
uzumning xo‘raki Doroi Tagobskiy, Muskat Shavqi, Xusayne Muskatniy, Sultoni rozoviy, Turmoni navlari va kishmishbop Kishmish Sogdiana, Kishmish ranniy, Kishmish Botir, Kishmish Terakli, Belaya roza navlari Samarqand viloyatining sharoitida 17,5 gektar maydonga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 5 maydagi 05/23-06/446-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, uzumning rangdor navlari “soyaki” usulda quritilganda Kishmish Terakli navidan 73 mln so‘m/ga, Kishmish Sogdiana navidan esa 176 mln so‘m/ga daromad olishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish