Begimkulov Ilxom Baxtiyorovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kartoshkani etishtirish muddati va texnologiyasi elementlarining chips chiqimi hamda sifatiga ta’siri”, 06.01.06 – Sabzavotchilik (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Qx965
Ilmiy rahbar: Ergashev Ibragim Tashkentovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat veterinariya medisinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.05/29.04.2022.Qx.13.04.
Rasmiy opponentlar: Sanaev Sobir Toyirovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Alimardonov Olim Tuylievich, qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Samarqand viloyatining sug‘oriladigan o‘tloqi bo‘z tuproqlar sharoitida sifatli chipsbop kartoshka navlarini tanlash, ularning o‘sishi, rivojlanishi, hosildorligi va tuganaklarning biokimyoviy tarkibiga ekish muddatlari, sxemalari hamda azotli o‘g‘it me’yorlarining ta’sirini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Samarqand viloyatining o‘tloqi bo‘z tuproqlari sharoitida bahorgi va yozda yangi kovlab olingan tuganaklari bilan qayta ekilgan muddatlarda kartoshkaning chips tayyorlashga mos Surxon-1 va Romano navlari tanlangan;
kartoshkaning chipsbop navlaridan sifatli hosilni ta’minlovchi maqbul ekish muddatlari va sxemasi aniqlanib, bahorgi muddatda etishtirilganda tuganaklarida kraxmal miqdori ko‘proq to‘planishi (Surxon-1 navida 18,1 %, Romano navida 17,9 %) sababli bu muddatda etishtirilgan tuganaklardan chips tayyorlangan chiqimi va sifati (8-9 ball) yozgi muddatga nisbatan kraxmal miqdori (Surxon-1 navida 1,5 %, Romano navida 1,4 %), mos ravishda tuganaklardan tayyorlangan chips chiqimi va sifati (1-2 ball) yuqori bo‘lishi isbotlangan;
maydon birligida o‘simliklar tup sonining kamayib borishi bilan har ikki muddatda ham tuganaklar tarkibidagi quruq modda miqdori (Surxon-1 navida 19,0-21,2 %, Romano navida 20,5-22,9 %), mos ravishda S vitamini miqdorining (Surxon-1 navida 12,5-13,8 %, Romano navida 12,5-13,6 %) oshib borishi, umumiy qand miqdorining esa aksincha kamayishi (Surxon-1 navida 0,70 %, Romano navida 0,68 %)gacha aniqlangan;
kartoshkaning chipsbop navlarini maqbul etishtirish bahorgi muddati, 70x25 sm ekish sxemasi va ma’danli o‘g‘itlar me’yorlarining N150P120K75 kg nazariy asoslari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Kartoshkani etishtirish muddati va texnologiyasi elementlarining chips chiqimi hamda sifatiga ta’sirini aniqlash bo‘yicha o‘tkazilgan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida:
Respublikaning kartoshkachilikka ixtisoslashgan dehqon va fermer xo‘jaliklari uchun “Chips tayyorlashga yaroqli kartoshka navlaridan yuqori va sifatli hosil olish texnologiyasi” yuzasidan tavsiyanoma tasdiqlangan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 20 sentyabrdagi 07/33-04/671-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyanoma tomorqa er egalari, dehqon va fermer xo‘jaliklarida kartoshka etishtirish texnologiyasi bo‘yicha qo‘llanma sifatida xizmat qilmoqda;
Kartoshka etishtirishda urug‘lik tuganaklarni bahorgi muddatda ekish sxemalari va mineral o‘g‘itlash me’yorlarini qo‘llash texnologiyasi Samarqand viloyati, Jomboy tumani fermer xo‘jaliklarida 95,0 gektar, Bulung‘ur tumani fermer xo‘jaligida 7,0 gektar, Toyloq tumani fermer xo‘jaliklarida 17,0 gektar va Poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy tadqiqot instituti Samarqand ilmiy tajriba stansiyasida 11,0 gektar maydonda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 20 sentyabrdagi 07/33-04/671-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida hosildorlik 28,2-31,2 t/ga tashkil etgan.
Samarqand viloyatining sug‘oriladigan o‘tloqi bo‘z tuproqlari sharoitida kartoshkachilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklarda Jomboy tumani “Jasur Ubaydullaev”, “Lazizjon Omonov dalasi”, “Bunyod Baraka Hosil”, “Murodillo Baraka Hosil”, “Davron Rasulberdiev” va “Nurali Rajab Safarmurod Rasul” fermer xo‘jaliklarida 95,0 gektar, Bulung‘ur tumani “Suluvqo‘rg‘on Mardixon dalasi” fermer xo‘jaligida 7,0 gektar, Toyloq tumani “Davronov Baxodir Xursanovich”, “Musurmon-Odil R.Saidnazarov” fermer xo‘jaliklarida 17,0 gektar va Poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy tadqiqot instituti Samarqand ilmiy tajriba stansiyasida 11,0 gektar maydonda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 20 sentyabrdagi 07/33-04/671-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur xo‘jaliklarda kartoshka navlari hosildorligi tegishlicha 28,2-31,2 t/ga ni tashkil etgan hamda 166,1-189,4% rentabellikka erishilgan.