O‘rozov Jumanazar Norqizilovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek tilining lingvokriminalistik tadqiqi”, 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:  B2021.4.PhD/Fil1939.
Ilmiy rahbar: Ko‘chimov Shuhrat Norqizilovich, filologiya fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat O‘zbek tili va adabiyoti universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti, DSc.02/30.12.2019.Fil.46.03.
Rasmiy opponentlar: Odilov Yorqinjon Rahmonalievich, filologiya fanlari doktori, professor; Uluqov Nosirjon Muhammadalievich, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat  universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek tilshunosligidagi lingvokriminalistik matnlarning bosqichlari va ilmiy tamoyillarini aniqlash, shuningdek, ularning o‘ziga xos leksik-semantik, morfologik, sintaktik tuzilishi, uslubiy va lingvopragmatik  xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek tilshunosligida lingvokriminalistik matnlarning lingvistik va huquqiy asoslari, leksik-semantik va grammatik kabi samarali usullari, haqorat, ekstremistik, terrorizm va tahdid kabi turlari, umumiy va maxsus bosqichlari, shuningdek, qonuniylik, obektiv baholash kabi tamoyillari ochib berilgan;
 haqorat, ekstremistik mazmunli va huquqbuzarlar nutqi bilan bog‘liq linvokriminalistik matnlarning, shuningdek, matndagi so‘zlarning turli ma’nolarda kelishi kabi leksik-semantik, morfologik, uslubiy va lingpragmatik xususiyatlari lisoniy va huquqiy  bilimlarga muvofiq aniqlangan;    
o‘zbek tilidagi mavjud muammoli vaziyatlarga oid haqorat, ekstremistik mazmundagi matnlar, turli giyohvandlikka doir argo va maxfiy so‘zlar kabi bahsli matnlarning lingvokriminalistik nazariy asoslari faktik dalillangan;
 bahsli matnlardagi lisoniy birliklar leksik-semantik jihatdan tasniflanib, so‘zning semantik xususiyatlari, jumladan, ko‘chma va nutqiy ma’nolari; qo‘llangan lisoniy birliklarning nutqiy vaziyat bilan bog‘liq pragmatik jihatlari ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek tilining lingvokriminalistik tadqiqi xulosa va natijalari asosida:
sud-tergov jarayonida bahli matnlarni lingvokriminalistik tadqiq qilishning dastlabki bosqichida qo‘llaniladigan umumiy tamoyillarga mos metodlar yuzasidan xulosalaridan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ekspert-kriminalistika bo‘linmalarida xatshunoslik ekspertizalarini o‘tkazishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ekspert-kriminalistika bosh markazining 2022-yil 27-dekabrdagi 21/1454-son ma’lumotnomasi). Natijada sud-tergov jarayonida qo‘l yozuvi orqali ruhiy holati yoki yozuv bajarilgandagi holati, xususan, stress aqliy zaiflik, kasallik dori-darmon ta’sirida asabiylashish, zaiflik, mastlik, jarohatlar, giyohvand moddalarni iste’mol  qilish yoki charchoq kabi xususiyatlarni aniqlash imkonini bergan;
o‘zbek tilida haqorat mazmunidagi matnlarni lingvistik va huquqiy jihatdan tadqiq qilishning ilmiy-amaliy xulosalaridan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Xadicha Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazida sud-siyosatshunoslik lingvistik ekspertizasi xulosalari va uslubiyatlarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Xadicha Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi sud ekspertlik ilmiy-tadqiqot institutining 2022-yil 19-dekabrdagi 29-22-1024-sonli dalolatnomasi). Natijada “Sud-lingvistika ekspertizalarida haqoratomuz, obro‘sizlantiruvchi so‘zlarning semantikasi” nomli uslubiy qo‘llanmasini tayyorlashda muhim manba sifatida xizmat qilgan;
turli munozaralarga sabab bo‘luvchi muammoli matnlar, jumladan, inson sha’ni, qadr-qimmatiga putur etkazuvchi til birliklari, huquqbuzarlar (giyohvandlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchilar) nutqi bilan bog‘liq matnlar, noadabiy leksik birliklarning leksik-semantik xususiyatlari tahlili yuzasidan chiqarilgan xulosalaridan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida amalga oshirilgan AM-FZ-201908172 raqamli “O‘zbek tilining ta’limiy korpusini yaratish” hamda P3-202004165-“Umumiy o‘rta ta’limning boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida og‘zaki va yozma nutqiy kompetensiyalarini rivojlantiruvchi elektron platforma yaratish” (olima ayollar granti) nomli amaliy grant loyihalarida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2023-yil 28-fevraldagi 01/4-436 va 01/4-440-son ma’lumotnomalari). Natijada loyiha turli munozaralarga sabab bo‘luvchi noadabiy til birliklarning leksik-semantik xususiyatlari va tahliliga doir nazariy ma’lumotlar bilan to‘ldirilgan;
korxona, tashkilot, savdo-sotiq hamda maishiy xizmat ko‘rsatish obektlariga qo‘yiladigan nomlar (neyming), tovar belgilar (grafik, noverbal) bilan bog‘liq ekspertiza xulosalaridan O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi tomonidan foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining 2023-yil 11-yanvardagi 01/73-son ma’lumotnomasi). Natijada savdo belgilari (brendlar), tovar va mahsulotlarning nomlanishi bilan bog‘liq masalalarni ilmiy asoslarda yoritish imkonini ta’minlagan;
huquqbuzarlar, xususan, giyohvandlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchilar nutqining o‘ziga xos xususiyatlariga doir ilmiy-nazariy qarashlardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Hamma uchun” dasturi ssenariysini yozishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanali davlat muassasasining 2023-yil 16-yanvardagi 06-28-1128-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur teleko‘rsatuv uchun tayyorlangan materiallarning mazmuni mukammallashgan, ilmiy dalillarga boy bo‘lishi ta’minlangan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish