Ziyaeva Diyora Muzafarovna
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “O‘zbekiston Respublikasida xalqaro arbitraj qarorlarini tan olish va ijro etish, 12.00.03 – Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Yu933.
Ilmiy maslahatchining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Rustambekov Islambek Rustambekovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/30.12.2019.Yu.22.01.
Rasmiy opponentlar: Musaev Bekzod Tursunboevich, yuridik fanlar doktori, dotsent; Ismanjanov Akbar Anvarjanovich, yuridik fanlar doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi nizolarni muqobil hal etish (“ADR”), shu jumladan xalqaro mediatsiya va arbitraj, jumladan xalqaro arbitraj qarorlarini xalqaro standartlar va ilg‘or tajribalar asosida tan olish va ijro etish sohasida huquqiy asoslarni va huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirishga qaratilgan taklif hamda tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
davlat sudining vakolatlari va majburiyatlari chegaralanishini hisobga olgan holda ishning xalqaro arbitrajda ko‘rib chiqilishini ta’minlash choralarini ko‘rish mexanizmlari asoslab berilgan;
xalqaro arbitraj qarorlarini tan olish va ijro etish jarayoni doirasida xalqaro arbitraj qarorini bekor qilish asoslari asoslab berilgan;
xalqaro arbitraj qarorlarini ijro etish O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq tegishli davlat sudlarining ajrimi va ijro varaqasi asosida amalga oshirilishi asoslab berilgan;
yurisdiktsiya qarorlarning ijro etilishini ta'minlashga qaratilgan yagona qoidalar va tartiblarga, shuningdek taraflarga kutilmagan va asossiz kechikishlarsiz ijro etilishini talab qiluvchi apellyatsiya jarayonida shikoyatlar berishning zarur jarayoniga ehtiyoj borligi asoslab berilgan;
O‘zbekiston Respublikasi tomonidan 1907-yildagi Xalqaro nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish to‘g‘risidagi konvensiya va Fuqarolik va xo‘jalik ishlari bo‘yicha sud va suddan tashqari hujjatlarning diplomatik xizmati to‘g‘risidagi 1965-yildagi Gaaga konventsiyasini ratifikatsiya qilish zarurligi asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot ishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalardan quyidagilarda foydalanilgan:
xalqaro arbitrajlar qarorlarini tan olish, majburlov choralarini tan olish va ijro etish, hakamlik muhokamasiga ko‘maklashish bilan bog‘liq ishlarni ko‘rib chiqish, hakamlik sudining qarorlari ustidan berilgan shikoyatlar bo‘yicha ishlarni ko‘rib chiqishga doir tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 24-yanvarda qabul qilingan O‘RQ-461-son Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksining 37, 93, 2321, 2328-moddalarida aks ettirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2022 yil 27 iyundagi 06-13/21-son dalolatnomasi). Ushbu taklif xalqaro arbitrajda ko‘rib chiqilayotgan himoya vositasini ta’minlash choralarini ko‘rish mexanizmlarini oydinlashtirishga, shuningdek, xalqaro arbitrajning qarorini bekor qilish asoslarini aniqlashga xizmat qilgan;
1907-yildagi Xalqaro nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish to‘g‘risidagi konventsiyani hamda Fuqarolik va xo‘jalik ishlari bo‘yicha sud va suddan tashqari hujjatlarning chet elda rasmiylashtirilishi to‘g‘risidagi 1965-yilgi Gaaga konventsiyasini O‘zbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilish zarurligi, yurisdiktsiya qarorlarning ijro etilishini ta'minlashga qaratilgan yagona qoidalar va tartiblarga, shuningdek taraflarga kutilmagan va asossiz kechikishlarsiz ijro etilishini talab qiluvchi apellyatsiya jarayonida shikoyatlar berishning zarur jarayoniga ehtiyoj borligi to‘g‘risidagi xulosa, tahlil va takliflar O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va Parlamentiga takliflar tayyorlash va kiritish jarayoni, shuningdek, ushbu takliflar qonun ijodkorligi jarayonida va idoralararo muhokamalarda hisobga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2022-yil 9-avgustdagi 19/2-5/7324-3-son Qonuni). Mazkur taklif nizolarni xalqaro miqyosda hal etish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish