Bekniyazova Sevara Nurxanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Talabalarning amaliy kompetensiyasini vebinar texnologiyalar asosida takomillashtirish, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Ped1337.
Ilmiy rahbar: Tuxtasinov Ilxomjon Madaminovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat chet tillar instituti, PhD.03/30.12.2019.Fil/Ped83.01.
Rasmiy opponentlar: Hoshimova Dildora O‘rinboevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Muradkasimova Kamola Shuxratovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi xorijiy til va adabiyot (ingliz tili) ta’lim yo‘nalishi talabalarining amaliy kompetensiyalarini vebinar texnologiyalari asosida takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarning amaliy kompetensiyasini takomillashtirishda gapirish, eshitish, o‘qish va yozish ko‘nikmalarini auditoriya va auditoriyadan tashqari mashg‘ulotlarda vebinar texnologiyalardan foydalangan holda rivojlantirishda onlayn rejimda sinxron tarzda tashkil etilgan darslar samaradorligi asoslangan;
talabalarning amaliy kompetensiyasini rivojlantirishga qaratilgan o‘quv keyslari, o‘quv loyihalari, mashq va kommunikativ o‘qitish metodlarini integrativlik tamoyiliga asoslangan holda og‘zaki nutqni rivojlantirishga qaratilgan mashqlar jamlanmasini ishlab chiqish orqali takomillashtirilgan;
ingliz tili vebinar darslarida talabalarning “Til ko‘nikmalari integratsiyasi” fanidan mustaqil ta’lim jarayonida amaliy kompetensiyalarini takomillashtirish bosqichlarining metodologik loyihasi yaratilgan;
BigBlueButton platformasi asosida vebinar mashg‘ulotlarni o‘tkazish metodikasi teskari aloqa va mustaqil bilim olish jarayonini samarali uyg‘unlashtirish orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Talabalarning amaliy kompetensiyasini vebinar texnologiyalari asosida takomillashtirish bo‘yicha chiqarilgan ilmiy xulosalar asosida:
ingliz tili vebinar darslarida talabalarning amaliy kompetensiyasini kommunikativ o‘qitish metodi, loyihalash metodi, mashq metodlari yordamida takomillashtirish usullari aniqlashtirilgan xulosa va tavsiyalardan Evropa Ittifoqi TEMPUS dasturining 2014–2016-yillarga mo‘ljallangan Tempus Project 544161– TEMPUS–1–2013–1–UK–TEMPUS–JPCR Aston University DeTEL “Developing the Teaching of European LanguaGES: Modernizing Language Teaching through the development of blended Masters Programmes” loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2022-yil 05-apreldagi 563/30.02.01–son ma’lumotnomasi). Natijada vebinar darslarini yangicha yondashuvlar ko‘magida modernizatsiyalash, ingliz tilida gapirish va yozishga motivatsiyani oshirish imkonini beradigan usullarni ishlab chiqish, talabalarning virtual olamda nutqiy ko‘nikmalar, xususan, yozish ko‘nikmasini rivojlantirishga doir turli elektron materiallar yaratishga erishilgan;
talabalarining “Til ko‘nikmalari integratsiyasi” fanidan mustaqil ta’lim jarayonida amaliy kompetensiyalarni takomillashtirish bosqichlarining (ma’lumot yig‘ish, uni tahlil qilish va ishlov berish, topshiriqni bajarish va prezentatsiya qilish) metodologik loyihasi ishlab chiqilgan metodik tavsiyalardan Evropa Ittifoqi Erasmus+ dasturining 2016-2018-yillarga mo‘ljallangan 561624-EPP-1-2015-UK-EPPKA2-CBHE-SP-ERASMUS+CBHE IMEP: O‘zbekistonda Oliy ta’lim tizimi jarayonlarini modernizasiyalash va xalqarolashtirish” nomli loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2022-yil 05-apreldagi 564/30.02.01–son ma’lumotnomasi). Natijada professor-o‘qituvchilarning mutaxassislik fanlarini o‘qitishda interaktiv metodlardan samarali foydalanishiga, ma’sofaviy ta’limning vebinar texnologiyalari yordamida o‘tiladigan mutaxassislik fanlarini sifatli etkazib berishiga erishilgan;
o‘qituvchilar uchun interfaol metodlar asosida vebinar mashg‘ulotlarini o‘tish va talabalarning amaliy kompetensiyasini takomillashtirishda gapirish, eshitish, o‘qish va yozish ko‘nikmalarini auditoriya va auditoriyadan tashqari mashg‘ulotlarda rivojlantirish uchun tavsiya qilingan metodik tavsiyalardan I–204–4–5 “Ingliz tili mutaxassislik predmetlaridan axborot-kommunikatsion texnologiyalari asosida virtual resurslar yaratish va o‘quv jarayoniga joriy etish” nomli innovatsion tadqiqotlar loyihasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2022-yil 05-apreldagi 575/30.02.01–son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi ingliz tili masofaviy onlayn darslarda talabalarning amaliy kompetensiyasi (gapirish, eshitish, o‘qish va yozish ko‘nikmalari)ni takomillashtirish imkonini bergan;
talabalar ta’lim olayotgan yo‘nalishining “Til ko‘nikmalari integratsiyasi” fanidan takomillashtirishi kerak bo‘lgan ko‘nikmalarining (til bilish qobiliyati, mustaqil ta’limni bajarishdagi kreativ yondashuvi, o‘z-o‘zini baholashi, tanqidiy fiklashi, individual yoki juftlikda ishlash qobiliyati,  o‘z-o‘zini boshqarish ko‘nikmasi, mas’uliyati va motivatsiyasi) teskari aloqa va mustaqil bilim olish orqali dalillangan xulosalardan OT-Atex-2018-519 “Kompyuter imitatsion modellar asosidagi virtual resurslarni veb ilovasini dasturiy ta’minotini yaratish” nomli amaliy tadqiqotlar loyihasi doirasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2022-yil 13-apreldagi 926/30.02.01–son ma’lumotnomasi). Natijada imitatsion modellarni yaratish va ulardan virtual resurslar sifatida o‘quv jarayonida foydalanish kabi dolzarb masalalarga echim topilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish