Kadirov Ulug‘bek Baxtiyorovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Texnogen chiqindilar asosida olovbardosh qurilish materiallarni olish usullarini takomillashtirish”, 05.10.02 – “Favqulodda holatlarda xavfsizlik. Yong‘in, sanoat, yadro va radiatsiya xavfsizligi” va “05.09.05-Qurilish materiallari va buyumlari”, dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/T1282.
Ilmiy rahbar: Nurkulov Fayzulla Nurmuminovich texnika fanlari doktori, professor; Usmanov Quvvat Turdievich texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan tashkilot nomi: O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan tashkilot nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi DSc.40/29.12.2022.T.129.01.
Rasmiy opponentlar: O‘zbekiston qurilish materilallari sanoati korxonalari uyushmasi raisining birinchi o‘rinbosari, texnika fanlari doktori, professor Baxadirov Azizbek Abdulazizovich va O‘zbekiston Respublikasi FVV Akademiyasi kafedra katta o‘qituvchisi t.f.f.d. (PhD), dotsent Yakubov Qodirjon Xusanbaevich.
Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik-qurilish instituti.
II. Tadqiqotning maqsadi energiya tejamkor, issiqqa chidamli, olovbardosh qurilish ashyolari va konstruksiyalari uchun samarali qo‘shimchalarni texnogen chiqindilar asosida olishning innovatsion texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiliklari:
mikrokremnezem, ammoniy sul`fat, kul toshqoli, fosfogips chiqindisi, kremniy oksid, addukt ammofos (ortofosfor kislotasi va ammofos 1:1), montmorillonit va polisul`fid oligomer bog‘lovchilari bilan modifikatsiyalangan kompozitlar asosida polimer qurilish materiallarining olovbardoshligini oshiruvchi yangi tarkiblar olingan;
tarkibida metall oksidlari, fosfor va azot birikmalari mavjud  bo‘lgan PPA, PPK va PPM markali olovbardosh tarkiblar bilan polimer qurilish materiallarining 200-230°S haroratlarda kompozitlarini olishni optimal nisbatlari o‘rganilgan hamda polimer materiallar bilan PPA markali olovbardosh materiallarni hosil qilgan kompozitlarning zarbga bardoshlilik xususiyatlarining dastlabki xossasi 48 dan 50 kJ/m2 ga yaxshilanganligi ilmiy isbotlangan;
polimer qurilish materiallar bilan PPA, PPK va PPM markali olovbardosh qo‘shimchalarni hosil qilgan olovbardosh kompozitlarni yonuvchanlik toifasi PV-2 dan PV-0 gacha yaxshilanganligi bilan birgalikda,  mazkur yangi olingan olovbardosh polimer kompozitlarning kislorod indeksi 18,5% dan 33,5% gacha oshirishga erishilgan;
polimer tarkiblarning olovbardoshligini oshirish maqsadida taklif etilgan PPA, PPK va PPM markali olovbardosh qo‘shimchalarni olish texnologiyasi ishlab chiqilishi evaziga, keng ko‘llanilayotgan  analoglarga nisbatan iqtisodiy samaradorligi 25% ga yuqori ekanligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Texnogen chiqindilar asosida olovbardosh qurilish materiallarni olish usullarini takomillashtirish borasida olingan ilmiy natijalar asosida:
texnogen chiqindilar asosida olovbardosh qurilish materiallarni ishlab chiqarishga joriy etilganligi to‘g‘risida “AKSA PLASTIK" MChJ tomonidan 2023 yil 2 apreldagi amaliyotga joriy etish to‘g‘risidagi dalolatnoma (O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining 2023 yil 5 apreldagi 6/4/30-1281-son ma’lumotnomasi). Natijada, olovbardosh polimer qurilish materiallarni olish uchun polifunksional xususiyatga ega qo‘shimchalarni ishlab chiqarish imkonini bergan.
PPM markali olovbardosh tarkiblar polimer qurilish materiallarni olovbardoshligini oshirishda “O‘zog‘irsanoat loyiha instituti” AJda amaliyotga joriy etilgan (2023 yil 5 apreldagi 9/8/39-1200-son ma’lumotnomasi). Natijada, ishlab chiqarilgan olovbardosh tarkiblarni binolarga qo‘llash borasida loyiha smetasiga kiritish orqali amaliyotga keng qo‘llash usullarini takomillashtirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish