Egamberdiev Jobir Anvarbek o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Orol bo‘yi tuproqlarining xossa-xususiyatlari, orolning qurigan tubi tuproqlarini shakllanishi», 03.00.13 – Tuproqshunoslik (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/B903.
Ilmiy rahbar: Abduraxmonov Nodirjon Yulchievich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.B.05.03.
Rasmiy opponentlar: Parpiev G‘ofurjon Toxirovich, biologiya fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Abdraxmanov Toxtasin, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Orol bo‘yi va Orol dengizi qurigan tubi tuproqlarining xossa-xususiyatlari hamda dengiz qurishining tuproq qoplamiga ta’sirini aniqlash orqali tuproq-gruntlarining ekologik-meliorativ holatini barqarorlashtirish va er resurslaridan samarali foydalanishga qaratilgan tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Orol dengizi qurishi natijasida Orol bo‘yi tuproqlarining morfogenetik xususiyatlari, kimyoviy, fizikaviy xossalari o‘zgargan (Amudaryoning oldingi «tirik» deltasi), tuproq qoplamidagi bu o‘zgarishlar dengiz akvatoriyasidan uzoqlashgan sari sezilarli darajada kamayib borishi aniqlangan;
Orol bo‘yi gidromorf (botqoq, botqoq-o‘tloqi, o‘tloqi) tuproqlari grunt suvlari sathining keskin pasayishi va sahrolanish jarayonining jadallashuvi natijasida avtomorf (qoldiq sho‘rxoklar, qumli-sahro, taqirli, sur tusli qo‘ng‘ir) tuproqlari tipi tomon rivojlanayotganligi aniqlangan;
Orol dengizining qurigan qismida primitiv, kam rivojlangan qumli-sahro va gidromorf sho‘rxoklar shakllanayotganligi va ular profili genetik gorizontlarga tabaqalashmaganligi aniqlangan;
Orol dengizining qurigan qismida eng avvalo, tuz to‘planish, shuningdek, engil mexanik tarkibli tuproq-grunt emirilishi (deflyatsiya) jarayonlari asosiy elementar tuproq jarayonlari ekanligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Orol bo‘yi tuproqlarining xossa-xususiyatlari, Orolning qurigan tubi tuproqlarining shakllanishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
“Orol bo‘yi tuproqlaridan samarali foydalanishga doir tavsiyalar” ishlab chiqilib, Qoraqalpog‘iston Respublikasi qishloq xo‘jaligi amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi 2023-yil 20-apreldagi 05/26-05/1803-son ma’lumotnomasi). Natijada, degradatsiyaga uchragan tuproqlarning meliorativ holatini yaxshilash, unumdorligini saqlash va qayta tiklash uchun agromeliorativ, agrotexnik va agrokimyoviy tadbirlarni belgilash hamda qishloq xo‘jaligi ekinlarini oqilona joylashtirishda fermer xo‘jaliklariga qo‘llanma sifatida xizmat qilgan;
Mo‘ynoq tumani (Orol dengizining qurigan tubi bilan) ning 1:500 000 masshtabli tuproq xaritasi tuzilgan va Orol dengizi qurigan qismi er maydonlarida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi 2023-yil 20-apreldagi 05/26-05/1803-son ma’lumotnomasi). Natijada, hududdagi er maydonlaridan samarali foydalanish, yashil qoplamalar barpo etish uchun yaroqli erlarni tanlash, dengiz qurishining atrof-muhitga etkazayotgan salbiy ta’sirini yumshatishga qaratilgan chora-tadbirlar ishlab chiqishga imkon bergan;
Mo‘ynoq tumani “Mo‘ynoq” massivining 1:25000 masshtabli tuproq sho‘rlanish xaritogrammasi tuzilgan va massivning 4592,0 gektar er maydonlarida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi 2023-yil 20-apreldagi 05/26-05/1803-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu ma’lumotlar sho‘r yuvish me’yorlari, muddatlari va sonini to‘g‘ri belgilash orqali hudud erlarining meliorativ holatini yaxshilash hamda tuproq unumdorligini barqarorlashtirish bo‘yicha tadbirlar belgilash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish