Kadirov Abdumalik Matkarimovich
iqtisodiyot fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
“Sanoat korxonalari iqtisodiy barqarorligini ta’minlash metodologiyasini takomillashtirish” mavzusidagi 08.00.03 – “Sanoat iqtisodiyoti” ixtisosligi bo‘yicha (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.DSc/Iqt442.
Ilmiy rahbar: Burxanov Aktam Usmanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi DSc.03/30.07.2022.I.16.05 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: G‘ulomov Saidahror Saidahmedovich, akademik, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Karrieva Yakutdjan Karimovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Umarov Ilxomjon Yuldashevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo texnologiyalari instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: sanoat korxonalarining iqtisodiy barqarorligini ta’minlash metodologiyasini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy va iqtisodiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “sanoat korxonalari iqtisodiy barqarorligi” tushunchasining mazmuni korxonaning rentabelligini va barqaror rivojlanishini ta’minlab beruvchi hamda hozirgi zamonda va istiqbolda tashqi va ichki omillarning ta’siridan keyin dastlabki muvozanatlangan holatni tiklash yoki yangisini qabul qilishga imkon beradigan iqtisodiy parametrlar ko‘rsatkichlarining muayyan darajasini ushlab turish qobiliyati jihatidan takomillashtirilgan;
sanoat korxonalari iqtisodiy barqarorligini kompleks baholash uslubiyotini yangi mezonlar [25 dan yuqori – “yuqori”], [15 dan 25 gacha – “o‘rtachadan yuqori”], [5 dan 15 gacha – “o‘rtacha”], [0,5 dan 5 gacha – “past”], [0,5 dan past – “kritik”] asosida takomillashtirilgan;
kimyo sanoati korxonalari ishlab chiqarish va boshqaruv jarayonlariga kompleks yondashuv asosida kontrolling tizimini joriy etishda tezkorlik va mobillik funksiyalarining amaliy ta’sirini kuchaytirish orqali iqtisodiy barqarorligini ta’minlash taklifi asoslangan;
sanoat korxonalari iqtisodiy barqarorligini ta’minlash mexanizmi tarkibiga tez o‘zgaruvchan muhitda “moliyaviy zaxirani shakllantirish” bo‘limini kiritish va xarajatlarni minimallashtirish bo‘yicha moliyaviy zaxirani sof daromaddan 10 foizgacha chegarada belgilash asosida takomillashtirish taklifi asoslangan;
“O‘zkimyosanoat” AJ tarkibidagi korxonalar iqtisodiy barqarorligining 2030 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ARIMA modeli asosida ishlab chiqilgan..
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sanoat korxonalarining iqtisodiy barqarorligini ta’minlash metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan uslubiy yondashuvga ko‘ra korxonaning rentabelligini va barqaror rivojlanishini ta’minlab beruvchi hamda hozirgi zamonda va istiqbolda tashqi va ichki omillarning ta’siridan keyin dastlabki muvozanatlangan holatni tiklash yoki yangisini qabul qilishga imkon beradigan iqtisodiy parametrlar ko‘rsatkichlarining muayyan darajasini ushlab turish qobiliyati jihatidan takomillashtirilgan “sanoat korxonalari iqtisodiy barqarorligi” tushunchasining mazmuni oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun mo‘ljallangan “Iqtisodiy xavfsizlik” nomli darslikni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil
17 martdagi 106-sonli buyrug‘i). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida oliy o‘quv yurti talabalari hamda bo‘lg‘usi mutaxassislarda kimyo sanoati korxonalari iqtisodiy barqarorligi hamda uni ta’minlash bo‘yicha yangi bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish imkoni yaratilgan;
sanoat korxonalari iqtisodiy barqarorligini kompleks baholash uslubiyotini yangi mezonlar [25 dan yuqori - “yuqori”], [15 dan 25 gacha - “o‘rtachadan yuqori”], [5 dan 15 gacha - “o‘rtacha”], [0,5 dan 5 gacha - “past”], [0,5 dan past - “kritik”] asosida takomillashtirish bo‘yicha takliflar “O‘zkimyosanoat” AJ faoliyatiga joriy etilgan (“O‘zkimyosanoat” AJ AJning 2023 yil 9 martdagi 22-2684-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida “O‘zkimyosanoat” AJni rivojlantirish strategiyasidan foydalanish hamda va iqtisodiy barqarorligini oshirish yo‘nalishlarini ishlab chiqish imkoni yaratilgan;
kimyo sanoati korxonalari ishlab chiqarish va boshqaruv jarayonlariga kompleks yondashuv asosida kontrolling tizimini joriy etishda tezkorlik va mobillik funksiyalarining amaliy ta’sirini kuchaytirish orqali iqtisodiy barqarorligini ta’minlash taklifi “O‘zkimyosanoat” AJ faoliyatiga joriy etilgan (“O‘zkimyosanoat” AJ AJning 2023 yil 9 martdagi 22-2684-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida “Farg‘onaazot” AJda 2021 yilda asosiy faoliyatdan olingan foydani 2020 yilga nisbatan 23,1 foizga, “Navoiazot” AJda esa
2021 yilda aksiyalar sonini 2020 yilga nisbatan qariyb 4,0 martobaga oshirish imkoni yaratilgan;
sanoat korxonalari iqtisodiy barqarorligini ta’minlash mexanizmi tarkibiga tez o‘zgaruvchan muhitda “moliyaviy zaxirani shakllantirish” bo‘limini kiritish va xarajatlarni minimallashtirish bo‘yicha moliyaviy zaxirani sof daromaddan 10 foizgacha chegarada belgilash asosida takomillashtirish taklifi “O‘zkimyosanoat” AJ faoliyatiga joriy etilgan (“O‘zkimyosanoat” AJning 2023 yil 9 martdagi 22-2684-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida “Farg‘onaazot” AJda 2021 yil yakunida kelgusidagi xarajatlar va asosiy faoliyatdan olingan foydaning 8,0 foiz miqdorida, “Navoiazot” AJ esa 2,2 foiz miqdoridagi mablag‘lardan moliyaviy zaxirasi shakllantirish imkoni yaratilgan;
“O‘zkimyosanoat” AJ tarkibidagi korxonalar iqtisodiy barqarorligining ARIMA modeli asosida 2030 yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlari “O‘zkimyosanoat” AJ faoliyatiga joriy etilgan (“O‘zkimyosanoat” AJning 2023 yil 9 martdagi 22-2684-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida “O‘zkimyosanoat” AJning 2021-2025 yillarda rivojlantirish strategiyasini takomillashtirish hamda tarmoq faoliyatini istiqboldagi rivojlantirish parametrlarini o‘zaro muvofiqlashtirish imkoni yaratilgan.