Sayt test rejimida ishlamoqda

Kenjayev Akmal Qudratovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertasiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Uglevodorodlar pirolizi jarayoni ikkilamchi xomashyosi asosida polimetilennaftalinsulfokislotaning olinishi va qo‘llanilishi», 02.00.14 – Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (kimyo fanlari).
Dissertasiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/K612.
Ilmiy rahbar: Nurmanov Suvonqul Erxanovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertasiya bajarilgan muassasalar nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2019.K.01.03 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Qodirov Hasan Ergashovich, texnika fanlari doktori, professor; Matchanov Olimjon Davlatboyevich, kimyo fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertasiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: “Uz-KorGas Chemical” MChJga qarashli Ustyurt gaz-kimyo majmuasining ikkilamchi mahsuloti piroliz moyi tarkibidan naftalinni ajratib olish va u asosida sulfokationit hamda superplastifikator sintez qilish va ishlab chiqarish texnologiyasini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sintez qilingan chiziqli va fazoviy tuzilishli polimetilennaftalinsulfokislotalar superplastifikator va sulfokationit xossasiga ega ekanligi aniqlangan;
ilk bor fazoviy tuzilishli polimetilennaftalinsulfokislota sintezi va mexanizimi taklif qilingan;
fazoviy tuzilishli polimetilennaftalinsulfokislota sintezining texnologik reglamenti ishlab chiqilgan;
olingan fazoviy tuzilishli polimetilennaftalinsulfokislotaning termik barqarorligi TGA otqali asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Uglevodorodlar pirolizi jarayoni ikkilamchi mahsuloti piroliz moyidan ajratib olingan naftalindan polimetilennaftalinsulfokislota sintezi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
sintez qilingan polimetilennaftalinsulfokislotaning 18 %li eritmasi sement klinkerini maydalash jarayonini jadallashtiruvchisi sifatida amaliyotga joriy qilingan (№ FAP 02032 Foydali model patenti, 16.07.2022 yil). Natijada sement sifatini saqlab qolgan holda sanoat tegirmonlarining ish unumdorligini 3,5-6,3% ga oshirish imkonini beradi;
taklif etilgan usul asosida piroliz jarayoni maxsuloti naftalinni polikondensasiyalash orqali polimetilennaftalinsulfokislota sintez qilingan (“Muborak gazni qayta ishlash zavodi” AJning 2022 yil 22-iyundagi 630/GK-06-son ma’lumotnomasi). Natijada mahalliy kationit olish imkonini bergan;
sintez qilingan fazoviy tuzilishli polimetilennaftalinsulfokislota “Muborak gazni qayta ishlash” AJ aylanma suvlarini tozalashda kationit sifatida amaliyotga joriy qilingan (“Muborak gazni qayta ishlash zavodi” AJning 2022 yil 22-iyundagi 630/GK-06-son ma’lumotnomasi). Natijada import kationitni mahalliylashtirish imkonini bergan;
olingan polimetilennaftalinsulfokislota “Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi” MChJda tayyorlanadigan texnik suvni deionizatsiya qilishda amaliyotga joriy qilingan (“Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi” MChJning 2022 yil 20-sentyabrdagi 003/3324- son ma’lumotnomasi). Natigada texnik suvning qattiqligini 1,6 dan 0,03 mg-ekv/l gacha, Ca+2 ionlari miqdorini 20 mg/l dan 0,2 mg/l gacha, Ma+2 ionlari miqdorini 9,6 mg/l dan 0,12 mg/l gacha kamaytirish va “MARATHON C” import sulfokationitini mahalliylashtirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish