Mashrapov Bahodir Olimjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Maishiy oqova suvlarni lokal tozalash texnologiyasi” 11.00.05 – Atrof-muhit muhofazasi va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/T3198
Ilmiy raxbar: Qudratov Akmaljon Mirzatillaevich, kimyo fanlari doktori, Geologiya fanlari universiteti, “Aniq va tabiiy fanlar” kafedrasi professori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-qurilish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq tabiiy fanlar ilmiy-tadqiqot instituti, PhD.02/30.04.2021.T.79.02
Rasmiy opponentlar: Muradov Shuxrat Odilovich texnika fanlari doktori, professor;
Axmedova Tamara Abduraximovna – texnika fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:
Markazlashgan kanalizatsiya tizimi bilan ta’minlanmagan hududlarida atrof-muhitni ifloslanishini oldini olish uchun maishiy oqova suvlarni lokal tozalash texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagicha:
ilk bor markazlashgan kanalizatsiya bilan ta’minlanmagan hududlarda hosil bo‘lgan oqova suvlarni (83%) to‘g‘ridan-to‘g‘ri oqizishning oldini olish uchun, maishiy oqova suvlarni lokal tozalash uchun arzon va samarali qurilma yaratilgan, qurilmada oqova suvning mexanik, biologik va fizik-kimyoviy tozalanishdagi bir biriga bog‘liqligi aniqlangan;
ilk bor oqova suvni lokal tozalash qurilmalarida biologik tozalash jarayonini tezlashtirish uchun arob va anaerob tozalash usullarini umumlashtirib qo‘llanganda mikrobiologik ko‘rsatkichlar bo‘yicha tozalash intensivligi 67,8-77,7%, organik ifloslanish bo‘yicha 53,6-91,5%, KBBE bo‘yicha 81,7-95,9%; KBKE 80,5-88,3%; og‘ir metallar uchun 61,6-91,9% ekanligi aniqlangan;
lokal qurilmada tozalangan maishiy oqova suvdan texnik ekinlarni hamda yashil maydonlarni sug‘orishda foydalanish orqali suv tanqisligini (33%ga), hamda oqova suvlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri oqizilishini oldini olishga samaradorligi yuqori ekanligi aniqlangan;
ilk bor respublika bo‘yicha kanalizatsiya tizimlari bilan ta’minlanganligi shaharlarda 66,4%, shahar tipidagi aholi punktlarida 4,9%, qishloq joylarda 0,5% ni tashkil etishi aniqlangan;
tahliliy usullar orqali respublika va hududlar sharoitida kanalizatsiya tizimlarining samaradorligi qoniqarli emasligi, kanalizatsiya tarmog‘iga oqiziladigan (2107,3 mln.m3/yil) oqova suvlarning atiga 40,2% (846,9 mln.m3/yil) tozalanishi aniqlangan;
eksperimental tadqiqotlar asosida oqova suvni lokal tozalash qurilma konstruksiyasining minimal va maksimal darajada oqova suv tozalash holati bo‘yicha ilmiy natijalar olingan va lokal qurilmalarni oqova suv tozalashda qo‘llash hamda tozalangan suvdan qayta foydalanish suv tanqisligini oldini olish imkoniyati (1-2 barobar) asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Olingan ilmiy natijalar asosida respublikaning markazlashgan kanalizatsiya tizimlari mavjud bo‘lmagan qishloq aholi punktlarining ekologik xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha:
Maishiy oqova suvlarni lokal tozalash qurilmasiga dastlabki talablar tasdiqlangan (Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 07 fevraldagi № 24-06/1018-son va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Uy-joy kommunal hizmat ko‘rsatish vazirligining 2022 yil 11 oktyabrdagi № 05-04/1535-son ma’lumotnomasi). Natijada, maishiy oqova suvlarni lokal tozalashda ekspluatatsiya xarajatlari 66% kamaygan, energiyatejamkor oqova suv tozalash qurilmasini ishlab chiqish imkoniyati yaratilgan;
Maishiy oqova suvlarni lokal tozalash qurilmasini o‘zlashtirish uchun loyiha hujjatlari (texnik topshiriq) asosida «VEKOBOD-SINTEX» MChJ KXda ishlab chiqarishga joriy etilgan (Patent FAP № 02283 25.04.2023 yil va Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining № 24-06/1018-son ma’lumotnomasi). Natijada, lokal tozalash qurilmasini ishlab chiqarish uchun xarajatlar 2 martaga kam, oqova suvni lokal tozalash qurilmasini sanoat usulida ishlab chiqarish imkoniyati yaratilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 28 maydagi 1-son (31/1-2071 yil) va 2020 yil 14 iyundagi 2-son (01-31/1-2071) qarorlariga muvofiq. “Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan suv havzalarini ifloslanishining oldini olish maqsadida Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani “Beshtut” qishlog‘idagi xususiy xonadonlarda sutkasiga 1 m3/sut oqova suvlarni tozalash quvvatiga ega 5 ta lokal va individual qurilmalari o‘rnatildi (Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining № 24-06/1018-son ma’lumotnoma). Natijada, foydalanishdagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri harajatlar 2 martagacha kamayishi va tozalangan suvdan qayta sug‘orishga foydalanish xisobiga sug‘orishga sarflanadigan suvning sarfi 33 %ga tejalishiga erishilgan;
Maishiy oqova suvlarni lokal tozalash qurilmasini to‘g‘ri ekspluatatsiya qilish uchun “Qishloq aholisini toza ichimlik suvi va maishiy oqova suvlarni tozalashning individual tizimlari bilan ta’minlash bo‘yicha tavsiyalar” joriy qilingan (Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 07 fevraldagi № 24-06/1018-son va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Uy-joy kommunal hizmat ko‘rsatish vazirligining 2022 yil 11 oktyabrdagi № 05-04/1535-son ma’lumotnoma). Natijada, qishloq aholisini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash va maishiy oqova suvlarni tozalash uchun lokal qurul`malarni to‘g‘ri eksplutatsiya qilish imkoniyati yaratilgan;
“Sug‘orishda foydalaniladigan oqova suvlar va ularning cho‘kindisi sifatiga qo‘yiladigan ekologik-gigienik talablar” uslubiy tavsiyalari tasdiqlandi (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Uy-joy kommunal hizmat ko‘rsatish vazirligining 2022 yil 11 oktyabrdagi № 08-04/1536-son ma’lumotnoma). Natijada, maishiy oqova suvlar bilan atrof-muhit ifloslanishini kamayishiga erishilgan.