Abduraxmonova Manzura Manafovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekiston umumiy o‘rta ta’lim tizimida ijtimoiy ish faoliyatining shakllanishi», 22.00.02 – Ijtimoiy tuzilish, ijtimoiy institutlar va turmush tarzi (sotsiologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.DSc/S15.
Ilmiy maslahatchi: Bekmuradov Mansur Bobomurodovich, sotsiologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O’zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, DSc.20/30.12.2019.S.23.02.
Rasmiy opponentlar: Kaxxarov Abdulaxat Ganievich, sotsiologiya fanlari doktori, professor; Quronov Muhamadjon, pedagogika fanlari doktori, professor; Sobirova Umida Farxadovna, sotsiologiya fanlari doktori, dosent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston maktablarida ijtimoiy ish kasbiy faoliyatini shakllantirish va faoliyat samaradorligini oshirishga xizmat qiladigan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ta’lim tizimida ijtimoiy ish faoliyatini milliy va umuminsoniy qadriyatlar negizida tashkil etilishi erkin va kreativ fikrlash, jamoada ishlash va muloqat ko‘nikmalarini nogironligi bo‘lgan bolalarda inklyuziv ta’lim geografiyasini kengaytirish orqali imkoniyatlar tengligiga, individualligini saqlab qolishga erishilishi sotsiologik asoslangan;
bolalarni ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, ularga professional darajadagi ijtimoiy ishni amalga oshirishga qaratilgan ta’lim sub’ektlarining kuchli tomonlarini (maktab, mahalla va oiladagi ta’lim-tarbiya muhiti) e’tiborga olib faollashtirishda ijtimoiy ish texnologiyalaridan foydalanishning ahamiyati ochib berilgan;
“xavf ostida” (jumladan, jismoniy, aqliy, sensor yoki ruhiy nuqsonlari) deb belgilangan o‘quvchilar bilan faoliyat yuritishni samarali yo‘lga qo‘yishda, hayotda munosib o‘rin topishi uchun ko‘mak beradigan yaxlit va uzluksiz ijtimoiy ish mediatorining diskursiv imkoniyatlari (muammolarni erta aniqlash va yordam ko‘rsatish) ochib berilgan;
ta’limdagi ijtimoiy himoya tizimining ijtimoiy qo‘llov, ijtimoiy sheriklik va ijtimoiy hamkorlik tamoyillarini e’tiborga olib, jamiyatda inson omilini mehnat va intellektual ko‘nikmalar orqali faollashtirishga yo‘naltirilgan “omadli yurish” ish harakati faoliyatining kompetentligi asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston ijtimoiy-siyosiy hayotida ijtimoiy ish va maktabdagi ijtimoiy ish kasbiy faoliyati g‘oyalarining rivojlanish tendensiyalarini tadqiq etish natijasida:
ta’lim tizimida ijtimoiy ish faoliyatini milliy va umuminsoniy qadriyatlar negizida tashkil etilishi erkin va kreativ fikrlash, jamoada ishlash va muloqot ko‘nikmalarini yoshlarda inklyuziv ta’lim geografiyasini kengaytirish orqali imkoniyatlar tengligiga, individualligini saqlab qolishga erishilishi sotsiologik asoslanganligiga oid xulosalari O‘zbekiston Respublikasining “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi Qonun ijodkorligida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-dekabrdagi PQ-57-son “Nogironligi bo‘lgan shaxslarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligiga ko‘maklashish hamda ijtimoiy faolligini yanada oshirishga oid qo‘shima chora-tadbirlar to‘g‘risida” hamda 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son “2022–2026 yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi farmonining 66-maqsadini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi, Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasining 2022-yil 14-sentyabrdagi 04/3-02-32-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ijtimoiy ish faoliyatini maktablarda tashkil etish orqali inklyuziv ta’lim geografiyasini kengaytirish, nogironligi bor bolalarning imkoniyatlarining kengayishiga, individualligini saqlab qolishga xizmat qilgan;
bolalarni ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, ularga professional darajadagi ijtimoiy ishni amalga oshirishga qaratilgan ta’lim subyektlarining kuchli tomonlarini (maktab, mahalla va oiladagi ta’lim-tarbiya muhiti) e’tiborga olib faollashtirishda ijtimoiy ish texnologiyalaridan foydalanishning ahamiyati ochib berilganligiga oid xulosalari 2020-2021 o‘quv yilidagi 5520100 – “Ta’limda bolalarning ijtimoiylashuvini rivojlantirish orqali hayotga tayyorlash” va 5A520101 – “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ijtimoiy ish amaliyotining nazariy asoslari va innovatsion texnologiyalari” fanlarini o‘qitishda “Maktabda ijtimoiy ish” nomli mualliflik huquqi asosidagi darslik O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 19 iyuldagi 233-sonli buyrug‘i bilan chop etilgan (ro‘yxatga olish raqami 233-0287). Natijada, “Ijtimoiy ishda yoshlar muammosi”, “Oilalar va yoshlar bilan ijtimoiy ish amaliyoti”, Bolalar va yoshlarning ijtimoiy himoyasi va ta’minoti” hamda “Deviant xulq-atvor sotsiologiyasi” fanlaridagi mavzularni yanada takomillashtirishga xizmat qilgan;
“xavf ostida” (jumladan, jismoniy, aqliy, sensor yoki ruhiy nuqsonlari) deb belgilangan o‘quvchilar bilan faoliyat yuritishni samarali yo‘lga qo‘yishda, hayotda munosib o‘rin topishi uchun ko‘mak beradigan yaxlit va uzluksiz ijtimoiy ish mediatorining diskursiv imkoniyatlari (muammolarni erta aniqlash va yordam ko‘rsatish) ochib berilganligiga oid xulosalari O‘zbekiston Respublikasining 2020- yil 15-oktyabrdagi O‘zRQ-641-son “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi qonunda belgilangan 3-moddaning asosiy tushunchasi “nogironligi bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy himoya qilish”, 11-modda “inklyuziv ta’lim olish”, 37-modda “ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish”, 38-modda “inklyuziv ta’limni rivojlantirish”, 40-modda “ta’lim muassasalarida, tashkilotlarda, ixtisoslashgan ta’lim muassasalarida nogironligi bo‘lgan bolalarni har tomonlama va uyg‘un rivojlantirishning huquqiy asoslarini ta’minlash” moddalarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi, Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasining 2022-yil 14-sentyabrdagi 04/3-02-32-sonli ma’lumotnomasi). Natijada nogironligi bo‘lgan bolalarning huquqlarini mustahkamlashga, ularning ta’lim olishlari, rivojlanishlari, hayotda munosib o‘rin topishlariga xizmat qilgan;
bolalarni ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, ularga professional darajadagi ijtimoiy ishni amalga oshirishga qaratilgan ta’lim subyektlarining kuchli tomonlarini (maktab, mahalla va oiladagi ta’lim-tarbiya muhiti) e’tiborga olib faollashtirishda ijtimoiy ish texnologiyalaridan foydalanishning ahamiyati hamda ta’limdagi ijtimoiy himoya tizimining ijtimoiy qo‘llov, ijtimoiy sheriklik va ijtimoiy hamkorlik tamoyillarini e’tiborga olib, jamiyatda inson omilini mehnat va intellektual ko‘nikmalar orqali faollashtirishga yo‘naltirilgan “omadli yurish” ish harakati faoliyatining kompetentligi asoslantirilganligiga oid xulosalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son “2022–2026 yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi farmonining 71-maqsadi, ya’ni “Oila, ta’lim tashkilotlari va mahallalarda ma’naviy tarbiyaning uzviyligini ta’minlash” yo‘nalishining ijrosini bajarish maqsadida “Mahalla va oila” ilmiy tadqiqot instituti “Oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash va oila psixologiyasi” bo‘limi ish rejasining “Oilaning tarbiyaviy-ta’lim salohiyatini mustahkamlash, jamiyatda oilaviy qadriyatlarni saqlash, oilalarda ma’naviy-axloqiy muhitni yaxshilash, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va farovonlik darajasini oshirishning ilmiy asoslarini ishlab chiqish” bandini bajarishda foydalanilgan. (Oila va xotin-qizlar ilmiy-tadqiqot institutining 2022-yil 12-dekabrdagi 01-08-1018-sonli ma’lumotnomasi). Natijada “2022-2026 yillarda xotin-qizlarning mamlakat iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy hayotining barcha jabhalarida faolligini oshirish bo‘yicha Milliy dastur”ning ijrosini ta’minlashga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar rejasining “Nogironligi bo‘lgan yoki nogironligi bo‘lgan farzandni tarbiyalovchi ayollarni qo‘llab-quvvatlash” punktini bajarilishi, hududlarda ijtimoiy ish kasbiy faoliyatini shakllantirish va faoliyat samaradorligini oshirishga qaratilgan mexanizm yanada takomillashtirilgan.