Aslonova Mahliyo Juraboevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Homila o‘sishining chegaralanish sindromi rivojlanishini molekulyar-genetik markyorlar yordamida erta istiqbolini belgilash» 14.00.01 – Akusherlik va ginekologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Tib.2041.
Ilmiy rahbar: Ixtiyarova Gulchexra Akmalovna, tibbiyot fanlari  doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot  instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04.30.04.2022.Tib.93.02.
Rasmiy opponentlar: Abdullaeva Lagiya Mirzatullaevna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent;  Zufarova Shaxnoza Alimjanovna, tibbiyot fanlari doktori,professor.
Yetakchi tashkilot: Xo‘ja Ahmad Yassaviy nomidagi xalqaro qozoq-turk universiteti (Qozog‘iston Respublikasi).
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: homila o‘sishi chegaralanish sindromi rivojlanishida molekulyar-genetik markerlar asosida  mazkur asoratni bashoratlash  mezonlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
homiladorlarning genotipida gomozigota holatda ITGB3 genining mavjud bo‘lishi II-III darajali homila o‘sishi chegaralanish sindromining rivojlanishini xavf omili hisoblanishi isbotlangan;
tug‘ruqxonalarda homila o‘sishi chegaralanish sindromi xavfi mavjud bo‘lgan  ayollarni olib borish taktikasida dopplerometrik markerlar asosida erta antenatal davrda diagnostika tadbirlarini o‘tkazish orqali perinatal asoratlarning oldini olish va davolashning samarali ekanligi  isbotlangan;
homiladorlarda homila o‘sish chegaralanish sindromi rivojlanishining eng muhim xavf omillariga anemiya,  tomirlar varikoz kasalligi, surunkali gipertenziya, siydik yo‘llari infeksiyalari shu bilan birga, og‘irlashgan akusherlik va ginekologik anamnezida: rivojlanmagan homiladorlik va og‘ir preeklampsiya, muddatdan oldingi tug‘ruq, homila antenatal o‘limi hamda chanoq a’zolarining yallig‘lanish kasalliklari kabi omillar ekanligi isbotlangan;
homila o‘sishi chegaralanish sindromi rivojlanishi gemostaz tizimida o‘zgarishlar: homila o‘sishi chegaralanish sindromi kuzatilgan homiladorlarda qon ivish jarayonining buzilishida gemostaz tizimidagi o‘zgarishlar sezilarli darajada yuqori bo‘lganligi aniqlangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Buxoro davlat tibbiyot instituti ekspert kengashining 2023 yil 15 maydagi 23-Z-026 son xulosasiga ko‘ra: 
homila o‘sishi chegaralanish sindromi mavjud homiladorlarda diagnostika, profilaktika va prognoz ko‘rsatkichlari asosida homila o‘sishi chegaralanish sindromining yuzaga kelish ehtimolligini etarli aniqlikda bashoratlash va o‘z vaqtida tashxislash va shifo jarayonini tezlashtirgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Buxoro shahar tug‘ruq kompleksi bo‘yicha 20.01.2021 yildagi 25/1-sonli buyruq hamda Buxoro shahar perinatal markaz bo‘yicha 21.02.2021 yildagi 36/1-sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: • taklif etilgan molekulyar-genetik tekshiruvi (ITGB3) va  kompleks yondashuvdan foydalanish, homila o‘sishi chegaralanish sindromi kuzatilgan homiladorlarni erta muddatda tashxislash va davolash sifatini yaxshilagan. • ITGA2-α2 geni molekulyar-genetik tadqiqot natijalari tahlili homiladorlarda ITGA2-α2 geni C/C ijobiy genotiplar polimorfizm assotsiatsiyasi eng ko‘p uchrashi – 81,3% (73/80), C/T geterozigot variantlar assotsiatsiyasi – 8,7% holatda aniqlandi. Shu bilan birga T/T gomozigot variantlar statistik ahamiyatga ega bo‘lmaganligi, ITGA2-α2 geni polimorfizmi funksional salbiy T allel emasligini va C/T genotip polimorfizmi assotsiatsiyasi tadqiqot guruxlarida HO‘ChS ni rivojlantiruvchi xavf omili hisoblanmagan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: • homila o‘sishi chegaralanish sindromi tashxislashda molekulyar genetik ITGA2 va ITGB3 genlarining polimorfizmlari bo‘yicha genotipning o‘ziga xosliklari aniqlangan, allellarning turli uchrash chastotasi o‘rganilganda ITGA2 geni polimorfizmi O‘zbekiston Respublikasi Buxoro shahri hududida istiqomat qiluvchi homila o‘sishi chegaralanish sindromi rivojlantiruvchi xavf omili hisoblanmagan va bu gen tekshiruvini  ortiqcha sarf xarajatlar qilib tekshirish shart emasligi hisobiga  iqtisod qilishga erishilgan; • tadqiqotda jalb qilingan bir nafar bemordan 150 000 so‘m iqtisod qilinsa yillik iqtisodiy kursatkich 13 500 000 so‘mni (90 nafar bemor uchun) tashkil etadi. Xulosa: Homila o‘sishi chegaralanish sindromi xavf guruhiga kirgan homilador ayollarda erta tashxisini talab qilishi ishlab chiqilib, 1 nafar bemor hisobiga genetik tekshiruvlar 150 000 so‘mga (90 nafar bemor uchun 13 500 000 so‘mni) va byudjetdan tashqari mablag‘larni 180 000 so‘mga (90 nafar bemor uchun 16 200 000 so‘mni)  iqtisod qilish imkonini bergan. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Akusherlik asoratlarida homila o‘sishi chegaralanish sindromini prognoz qilish hamda skrining diagnostika usuli» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Buxoro davlat tibbiyot institutining 2021 yil 20 dekabrdagi 03/4969-sonli xat yuborilgan.
homila o‘sishi chegaralanish sindromi erta tashxislash va davolash muassasasiga ishlab chiqilgan algoritm va prognostik matrisa homila o‘sishini chegaralanish sindromi xavfi bor ayollarda ishlatilsa uzoq muddatli statsionar yordamga bo‘lgan ehtiyojni kamaytirishga, dori-darmonlarning teratogen ta’sirini kamaytirishga va reablitatsiya davrini qisqartirgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Buxoro shahar tug‘ruq kompleksi bo‘yicha 20.01.2021 yildagi 25/1-sonli buyruq hamda Buxoro shahar perinatal markaz bo‘yicha 21.02.2021 yildagi 36/1-sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: •homila o‘sish chegaralanish sindromi xavfi yuqori bo‘lgan homiladorlarda ultratovush va doplerometrik tekshiruvlar asosida fetoplatsentar etishmovchilikning quyidagi markyorlari homiladorlik davriga qarab bukkal koeffisient (10 mm dan kam), sefalitik indeks (71% dan kam va 87% dan yuqori), platsenta gipoplaziyasi 1,4 baravar yuqori va platsentar shish 2,3-2,5 baravar yuqori ekanligi, 13-18% hollarda serebro-platsentar nisbat 1,0 dan past ekanligi aniqlangan, ammo sefalik indeksning past sezgirligi  aniqlangan. • ishlab chiqilgan algoritm va prognostik matrisa homila o‘sishini chegaralanish sindromi bo‘lgan homiladorlarning 38,8 % i da optimal tug‘ruq usulini to‘g‘ri tanlash orqali perinatal  asoratlarni oldini olishga imkon beradi va davolash sifatini yaxshilaydi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: • homila o‘sish chegaralanish sindromini keltirib chiqaruvchi omillarning aniqlanishiga ko‘ra  1 nafar bemor uchun 210 ming so‘m iqtisod qilindi; • kasallik rivojlanish oldini olinsa shifoxonada bo‘lish davrining bir necha kunga qisqartirilishi hisobiga dori-darmon kam talab etilgan (1 kunga o‘rtacha 150 000 so‘m dori vositalari sarflanadi); demak 10,5 kundan 12.08 kungacha qisqartirilsa 1500 000 so‘mga iqtisod qiladi. Xulosa: homila o‘sish chegaralanish sindromi bilan tug‘ilgan chaqaloqlarni SPAP texnologiyasi nazorat guruhida 31% ga nisbatan 7% asosiy guruh bolalarida tez-tez ishlatilgan. Sun’iy o‘pka ventilyasiyasi (ventilyator) dan foydalanish asosiy guruhning 6% holatlarida talab qilingan va nazorat guruhida qo‘llanilmagan, asosiy guruh bolalarining 46% va nazorat guruhi bolalarining 93% tug‘ilgandan keyin ona va bola tizimiga o‘tkazilgan. Shu kabi kuzatilishi mumkin bo‘lgan asoratlari aniqlanib, bartaraf etish chora tadbirlari ishlab chiqilib, 1 nafar bemor hisobiga 1 kunga  byudjet mablag‘larini 300 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 630 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Akusherlik asoratlarida homila o‘sishi chegaralanish sindromini prognoz qilish hamda skrining diagnostika usuli» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Buxoro davlat tibbiyot institutining 2021 yil 20 dekabrdagi 03/4969-sonli xat yuborilgan.
homiladorlarda homila o‘sish chegaralanish sindromi xavfi kuzatiladigan va  perinatal o‘limga olib keladigan omillarni erta bartaraf etish perinatal asoratni  kamaytiradi, shifo jarayonini tezlashtiradi, jarrohlik aralashuvlar, invaziv usullarni kamaytiradi  va davlosh imkonini yaxshilaydi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi:  Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Buxoro tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 18.02.2021 yildagi 37/1-sonli buyruq hamda Buxoro tug‘ruq kompleksi bo‘yicha 20.01.2021 yildagi 25/1-sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: • I darajali HO‘ChS kuzatilgan homiladorlarda, fetometrik ko‘rsatkichlari, doppler ko‘rsatkichlarini normallashtirish  va kompleks differesial terapiyaning samaradorligi 81,9% ni tashkil etgan. • homila o‘sish chegaralanish sindromi kuzatilgan homiladorlarda, kompleks differensial terapiyaning samaradorligi II darajali HO‘ChSda 35,5 % ni tashkil etgan. • III darajali HO‘ChS kuzatilgan homiladorlarda, kompleks differensial terapiyaning samaradorligi 9,9 % ni tashkil etgan;  • homiladorlik uzaytirish mezonlari quyidagilarni tashkil etdi fetometrik ko‘rsatkichlarning barqaror turishi, homila-platsenta qon aylanishi va yoki homila qon oqimining markazlashuvining dastlabki belgilari (o‘rta miyada SDO 2.8-2.9 qiymat oralig‘ida 34-37 hafta bo‘yicha), bachadon yo‘ldosh qon oqimining buzilishlarining yo‘qligi (bachadon arteriyasida SDO 2.4 qiymatdan yuqori holatda) yoki UTT bo‘yicha gipoksiyaning dastlabki belgilari kuzatilgan homiladorlarda davo samaradorligini oshirgan; • taklif etilgan kompleks yondashuvdan foydalanish homila o‘sishi chegaralanish sindromi  bilan tug‘ilgan chaqaloqlarni perinatal asoratlarni oldini olishda ijobiy natijalar berib, davolash sifatini yaxshilagan.  Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: • bemorning shifoxonadagi davri uchun: bemorning shifoxonada qolish muddatini 7,5 kundan 12,08 kungacha kunga qisqartirilgan;  shifoxonada bo‘lish davrining bir necha kunga qisqartirilishi hisobiga dori-darmon kam talab etilgan (1 kunga o‘rtacha 110 000 so‘m dori vositalari sarflanadi); reabilitatsiya xarajatlarini kamaytirgan (1 kunga o‘rtacha reabilitatsiya uchun ishlatiladigan 55.000 so‘m dori vositalari sarflanadi); •  bemorda jarrohlik amaliyoti aralashuvlari qisqargan  natijada tabiiy tug‘ruq yo‘llari orqali tug‘ruqni amalga oshirish hisobidan  (boshqa bo‘limda davolanishi, masalan jonlashtirish bo‘limida) bir necha kunga qisqartirilishi hisobiga dori-darmon kam talab etilgan. Xulosa:  homila o‘sishi chegaralanish sindromi mavjud ayollarni og‘irlik darajasi va asoratlarini diagnostika qilishning takomillashtirilganligi  perinatal asoratga olib keluvchi omillarni erta bartaraf etish chora tadbirlari ishlab chiqish va amaliyotda qo‘llanilishi 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 472 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 287 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Akusherlik asoratlarida homila o‘sishi chegaralanish sindromini prognoz qilish hamda skrining diagnostika usuli» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Buxoro davlat tibbiyot institutining 2021 yil 20 dekabrdagi 03/4969-sonli xat yuborilgan.
homila o‘sishi chegaralanish sindromi kuzatilgan ayollarda fibrinogen darajasi sezilarli darajada 5.2 g/l oshganligi aniqlangan, sog‘lom odamlarda esa bu ko‘rsatkich 3.1 g/l ni tashkil etgan. Fibrinogen gemostaz tizimidagi fibrinolitik faollikning eng oddiy, ammo eng qulay ko‘rsatkichi bo‘lib, hatto birlamchi tibbiy yordam sharoitida bu ko‘rsatkichni aniqlash profilaktika hamda davo samaradorligini oshirgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Buxoro tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 18.02.2021 yildagi 37/1-sonli buyruq hamda Buxoro tug‘ruq kompleksi bo‘yicha 20.01.2021 yildagi 25/1-sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: • homila o‘sishi chegaralanish sindromi erta muddatlarda gemostaz parametrlarini o‘rganish (ko‘rsatkichlarni aniqlash gemostazning plazma bog‘lanishidan (AQTT, PI, MNO) va trombofiliya markerlaridan (D-dimer) tekshirdish davo samaradorligini oshirganligi aniqlandi: • d-dimer homila o‘sishi chegaralanish sindromi kuzatilgan homiladorlarda shuningdek ayniqsa akusherlik asoratlari yuqori bo‘lgan gipertenziv kasalliklar, preeklampsiya, ekstragenital patalogiyalarning bo‘lishi, varikoz kasalliklari kabi asoratlarda ham yuqori bo‘lganligi aniqlangan. •davolanish davrida HO‘ChS kuzatilgan homiladorlarda diagnostik usullardan foydalangan holatda fibrinogen va D-dimerning xarakterli sezilarli darajada pasayishi homiladorlik va tug‘ish davrida tromboembolik asoratlarni rivojlanishining oldini olishga yordam bergan. • homila o‘sishi chegaralanish sindromini erta tashxislash va davolash sifatini yaxshilashga xizmat qilgan.  Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat • antenatal davrda xomilador ayollarni samarali tekshiruvlardan  molekulyar-genetik va laborator tekshiruv natijalari hamda UTT, dopplerometrik markerlar kifoya hisoblanib, iqtisod qilishga xizmat qiladi: erta xomiladorlik davrining 18 va 22- xaftasida UTT va skrining tekshiruvlar o‘tkazildi; • ortiqcha tekshiruv usullaridan foydalanish zarurati yo‘qligi xisobiga sarf xarajatlarni 12.5% kamaytirish imkonini bergan; Xulosa: homila o‘sishi chegaralanish sindromi xavf guruhiga kirgan hamda kuzatilgan xomilador ayollarda yuqorida keltirilgan tekshiruv usullaridan foydalanish ayollarning shifoxonada qolish muddatini 10,5 kundan 12 kungacha kunga qisqartirgan, oldingi tekshirish uchun qilingan xarajat 1 bemor uchun 1414000 so‘mni tashkil qilgan bo‘lsa, biz taklif qilgan usulda xarajatlar 458500so‘mni tashkil qilgan. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Akusherlik asoratlarida homila o‘sishi chegaralanish sindromini prognoz qilish hamda skrining diagnostika usuli» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Buxoro davlat tibbiyot institutining 2021 yil 20 dekabrdagi 03/4969-sonli xat yuborilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish