Sayt test rejimida ishlamoqda

Qo‘chqarov Muslimjon Adhamjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Geofizik signallarga raqamli ishlov berish jarayonlarining parallel algoritmlari va dasturiy majmuasi», 05.01.04- Hisoblash mashinalari, majmualari va kompyuter tarmoqlarining matematik va dasturiy ta’minoti (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/T3547
Ilmiy rahbar: Zaynidinov Xakimjon Nasridinovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, Ilmiy kengash raqami: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, DSc.13/30.12.2019.T.07.01.
Rasmiy opponentlar: Kabulov Anvar Vosilevich, texnika fanlari doktori, professor;
Raximov Mehriddin Fazliddinovich, texnika fanlari falsafa doktori (PhD), dotsent.
Etakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bikubik splayn-funksiyasi yordamida geofizik signallarga raqamli ishlov beruvchi parallel hisoblash algoritmlarini hamda dasturiy majmuasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
masofadan zondlash orqali olingan ikki oʻlchovli geofizik signallarga raqamli ishlov berish uchun splayn modeli ishlab chiqilgan;
olingan geofizik signallar asosida qazilma boyliklari joylashgan oʻrnini grafik koʻrinishda ifodalash uchun aniqligi yuqori boʻlgan ikki oʻzgaruvchili bikubik splayn funksiyasi yordamida tiklash algoritmi ishlab chiqilgan;
harorat maydonlari signallariga raqamli ishlashning parallel algoritmi ishlab chiqilgan;
taqsimlangan tizimlarda erni masofadan zondlashdan olingan geofizik signallarini raqamli ishlashning parallel algoritmi ishlab chiqilgan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Bikubik splaynlar yordamida ikki oʻlchovli signallarga raqamli ishlov beruvchi klaster texnologiyalariga asoslangan parallel algoritmlar yaratish va ularning dasturiy vositalarini ishlab chiqish boʻyicha olingan natijalar asosida:
geofizik signallarni raqamli ishlash jarayonlarini tezkor parallelashtirish usuli asosida kiruvchi signalning muhim parametrlarini aniqlovchi, klaster texnologiyalari yordamida tizimning hisoblash jarayonlarini parallel algoritmlari asosida yaratilgan dasturiy vosita «Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi instituti» davlat muassasasiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasiining 2022 yil 12 oktyabrdagi 33-8/5088-son maʼlumotnomasi). Natijada, muassasaning joriy foydalanib kelinayotgan hisoblash algoritmlariga nisbatan klaster texnologiyalari yordamida maʼlumotlarga parallel ishlov beruvchi dasturiy vosita tizim hisoblashlariga ketadigan vaqt 16% ga kamaytirildi, aniqlik darajasi 13-15% ga oshirildi, hamda mehnat unumdorligi 17% ga oshirish imkonini bergan;
bikubik splayn-usullar yordamida signallarni raqamli ishlash va silliqlash algoritmi asosida yaratilgan dasturiy vosita «UzAuto Motors» aktsiyadorlik kompaniyasiga joriy qilingan, natijada, kompaniyaning joriy foydalanib kelinayotgan hisoblash algoritmlariga nisbatan taklif qilingan va ishlab chiqilgan parallel usul, algoritmlar va dasturiy vosita tizim hisoblashlari samaradorligini 20-25% ga oshirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish