Hamroev Sharof Shomahmadovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Kimyoviy ishlab chiqarishdagi ishchi ayollarda parodont kasalliklari rivojlanishi va ishlab chiqarish xavf omillari orasidagi sabab-oqibatli bog‘liqliklar», 14.00.21 – Stomatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Tib2142.
Ilmiy rahbar: Ibragimova Feruza Ikromovna, tibbiyot fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.04.2022.Tib.93.01.
Rasmiy opponentlar: Shukurova Umida Abdurasulovna, tibbiyot fanlari doktori (DSc); Joludev Sergey Egorovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: S.D.Asfendiyarov nomidagi Kozog‘iston milliy tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kimyoviy ishlab chiqarishdagi ishchi ayollarda stomatologik kasalliklar, jumladan parodont kasalliklari rivojlanishi va ishlab chiqarish xavf omillari, shuningdek stomatologik salomatlik va hayot sifati orasidagi sabab-oqibatli bog‘liqliklarni aniqlash bo‘lgan.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kimyo sanoati korxonasi ishchi ayollari orasida stomatologik holatining ular ish stajiga bog‘liqligi aniqlangan - ish staji oshib borishi bilan ishchi ayollarda og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati kasalliklari oshib borganligi, tish-jag‘ va parodont kasalliklari ishonarli darajada ko‘paymaganligi aniqlangan, shunga mos ammo ushbu patologik holatlar ko‘payishi tendensiyasi, intensivligi hamda ushbu ishlab chiqarishdagi xavf-xatarlar orasida sabab-oqibatli bog‘liqliklar ish stajiga bog‘liq emasligi isbotlangan;
kimyo sanoati korxonasi ishchi ayollari orasida parodont to‘qimalaridagi patologik holatlar shakllanishi darajasi ular tish qattiq to‘qimalari, og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatida rivojlangan stomatologik kasalliklarga nisbatan ishonarli ravishda ko‘p uchraganligi aniqlangan, parodont kasalliklari shakllanishining ishlab chiqarishdagi xavf-xatarlarga bog‘liqlik darajasi boshqa stomatologik kasalliklarga nisbatan ishonarli darajada yuqori bo‘lganligi asoslangan;
kimyo sanoati korxonasi ishchi ayollari orasida stomatologik salomatligi va ular hayot sifati orasida bevosita, kuchli bog‘liqlik borligi isbotlangan, ushbu aniqlangan bog‘liqlik ular ish staji hamda stomatologik kasalliklar birlamchi profilaktikasi bo‘yicha bilim-ko‘nikmalari darajasiga bog‘liqligi asoslangan;
kimyo sanoati korxonasi ishchi ayollari orasida 16,36% ining stomatologik salomatligi xavotirli bo‘lib, unga bog‘liq hayot sifati pasayganligi aniqlangan, «fiziologik bog‘lanish» zaifligi, «patologik bog‘lanish» o‘rtacha kuchli yoki kuchli ekanligi aniqlangan. Ushbu gradatsiyalar asosida stomatologik, jumladan parodont kasalliklari doimiy stomatologik nazorati va birlamchi profilaktikasini optimallashtirish maqsadida individual, sex miqyosida va korxona bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Buxoro davlat tibbiyot instituti ekspert kengashining 2023 yil 14 apreldagi №23-z/021 son xulosasiga ko‘ra:
kimyo sanoati korxonasi ishchi ayollari orasida stomatologik, jumladan parodont kasalliklari ishonarli darajada ko‘payib borishi, shu patologiyalar ko‘payishi, ular intensivligining ishlab chiqarishdagi xavf-xatarlarga bog‘liq emasligi isbotlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Buxoro viloyati Buxoro tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (04.03.2022 y.; 28/1) hamda Buxoro viloyati Peshko‘ tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (16.05.2022 y.; 10/1) bilan klinik bo‘limlari amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: olingan natijalar kimyo sanoati korxonasi ishchi ayollarida stomatologik kasalliklar, ayniqsa parodont kasalliklarini erta tashxislashga imkon berdi. Yuqoridagi tekshirish usullari ushbu kontingent ayollarida stomatologik yordamni tashkil qilish hamda kasalliklarning asoratlarini oldini olish uchun xizmat qiladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: yangi usulining joriy qilinishi hisobiga 1 nafar ishchi ayol uchun 180 000 so‘m iqtisod qilindi (tajribaga ko‘ra 51,6 foiz paradont kasalliklari bor ayollarda qayta davolash muolajasi amalga oshiriladi). Qayta davolash amaliyoti darajasini 51,6 foizdan 45,5 foizga kamaytirgan (1 nafar bemor ayoldan 180 000 so‘m iqtisod qilinsa) yiliga 44 nafar bemor ayoldan kasallik kaytalanishi ikkilamchi davolash muolajasi kamaytirildi, demak bir nafar bemordan 180 000 so‘m iqtisod qilinsa yillik iqtisodiy kursatkich 7 920 000 so‘mni tashkil etadi. Xulosa: yangi davolash usulining joriy qilinishi bir nafar bemor ayol hisobiga byudjet mablag‘larini 180 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Kimyo sanoati korxonalari ishchi ayollari orasida stomatologik salomatlik va hayot sifatining bog‘liqligini o‘rganish uslubi» mavzusida ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga, Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti ilmiy ishlar va innovatsiyalar prorektori tomonidan 2022 yil 14 iyuldagi 04/2618-sonli xat yuborilgan.
kimyo sanoati korxonasi ishchi ayollari orasida parodont to‘qimalaridagi patologik holatlar shakllanishi darajasi ular tish qattiq to‘qimalari, og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatida rivojlangan stomatologik kasalliklarga nisbatan ko‘p uchragani aniqlanga. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Buxoro viloyati Buxoro tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (04.03.2022 y.; 28/1) hamda Buxoro viloyati Peshko‘ tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (16.05.2022 y.; 10/1) bilan klinik bo‘limlari amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: kimyo sanoati korxonasi ishchi ayollari orasida stomatologik tekshirish o‘tkazish jarayonida paradont to‘qimasida o‘zgarishlar, kasallikni o‘z vaqtida tashxislashga qaratilgan va yallig‘lanish jarayoni oldinini olishiga yo‘naltirilgan. Undan foydalanish qulay va ishchi ayollari orasida turli xildagi stomatologik kasalliklar oldini oladi. Shu bilan birga, stomatologik tekshirish o‘tkazishning iqtisodiy samaradorligi ushbu paradont kasalliklarini tashxislashda juda qulay usullardan biri hisoblanadi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1 nafar bemor ayol uchun taklif qilingan profilaktika chora tadbirlari amaliyotda kompleks davolash bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, ishlab chiqilgan profilaktika chora tadbirlari bemor ayollarni xarajatlarining kuyidagicha iqtisod bo‘lishiga olib keldi, kuydagicha: qayta kurik – 25 000 so‘m; qayta stomatologik muolajalar – 155 000 so‘m; (umumiy iqtisodiy samaradorlik 1 bemor ayol uchun 180 000 so‘m tashkil qildi, yillik qaytalangan bemor ayollar soni 25, umumiy iqtisodiy samaradolik esa 4 500 000 so‘mni tashkil qildi). Xulosa: yangi davolash usulining joriy qilinishi bir nafar bemor ayol hisobiga byudjet mablag‘larini 180 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Kimyo sanoati korxonalari ishchi ayollari orasida stomatologik salomatlik va hayot sifatining bog‘liqligini o‘rganish uslubi» mavzusida ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga, Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti ilmiy ishlar va innovatsiyalar prorektori tomonidan 2022 yil 14 iyuldagi 04/2618-sonli xat yuborilgan.
kimyo sanoati korxonasi ishchi ayollari orasida stomatologik salomatligi va hayot sifati orasida bevosita, kuchli bog‘liqlik borligi isbotlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Buxoro viloyati Buxoro tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (04.03.2022 y.; 28/1) hamda Buxoro viloyati Peshko‘ tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (16.05.2022 y.; 10/1) bilan klinik bo‘limlari amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: olingan natijalar kimyo sanoati korxonasi ishchi ayollari orasida parodontitni tashxislash va paradont kasalliklarini hayot sifati orasida bevosita kuchli bog‘liqlik borligini tahlil qilish imkonini berdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: paradont kasalliklarini oldini olish chora tadbirlari o‘tkazgandan keyin 1 nafar bemor ayol uchun 640 000 so‘m iqtisod qilindi (profilaktika chora tadbirlari paytida kasallik rivojlanishini oldini oladi, bu esa yiliga umumiy bemor ayollarning 6,1 foiz (44 nafarda) davolash kunlari kamaytiradi va bemor ayollar umumiy xarajatlarini 4 500 000 (44 nafar bemor ayol uchun) so‘mga iqtisod qiladi). Xulosa: yangi profilaktika usulining joriy qilinishi bir nafar bemor ayollar hisobidan byudjet mablag‘larini 640 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini beradi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Kimyo sanoati korxonalari ishchi ayollari orasida stomatologik salomatlik va hayot sifatining bog‘liqligini o‘rganish uslubi» mavzusida ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga, Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti ilmiy ishlar va innovatsiyalar prorektori tomonidan 2022 yil 14 iyuldagi 04/2618-sonli xat yuborilgan.
kimyo sanoati ishchi ayollari orasida stomatologik salomatligini baholash, birlamchi stomatologik profilaktikani takomillashtirish maqsadida ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqilganligi bilan izohlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Buxoro viloyati Buxoro tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (04.03.2022 y.; 28/1) hamda Buxoro viloyati Peshko‘ tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (16.05.2022 y.; 10/1) bilan klinik bo‘limlari amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: olingan natijalar kimyo sanoati korxonasi ishchi ayollari orasida stomatologik kasalliklar, ayniqsa parodontitni erta aniqlash, tashxislash va davolashga imkon berdi. Yuqoridagi profilaktika usullari ushbu kontingent ayollarida stomatologik yordamni tashkil qilish hamda paradont kasalliklarning asoratlarini oldini olish uchun xizmat qiladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1 nafar bemor ayolning stomatologda davolanish davri uchun iqtisodiy kursatkich: bemor ayolning stomatologda muolojalar muddatini 10 kundan 6 kunga (4 kunga) qisqartirtirib, davolash to‘lov miqdori 640 000 so‘mga kamaytirdi; stomatolog davolash davrining 4 kunga qisqartirilishi hisobiga 640 000 so‘mlik dori-darmon kam talab etiladi (1 kunga o‘rtacha 180 000 so‘m dori vositalari sarflanadi). Yuqoridagilarga ko‘ra jami yillik iqtisodiy samaradorlik 28 160 000 so‘mni tashkil etadi (byudjet mablag‘lari hisobiga). Xulosa: yangi profilaktika usulining joriy qilinishi bir nafar bemor ayollar hisobidan byudjet mablag‘larini 640 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini beradi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Kimyo sanoati korxonalari ishchi ayollari orasida stomatologik salomatlik va hayot sifatining bog‘liqligini o‘rganish uslubi» mavzusida ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga, Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti ilmiy ishlar va innovatsiyalar prorektori tomonidan 2022 yil 14 iyuldagi 04/2618-sonli xat yuborilgan.