Axmedov Farhod Qahramonovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): "Preeklampsiyani erta tashxislash va istiqbolini belgilashda klinik-laborator markyorlarning zamonaviy jihatlari",; 14.00.01-Akusherlik va ginekologiya; 14.00.36 - Allergologiya va immunologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4 DSc./Tib475.
 Ilmiy maslahatchilar: Negmatullaeva Mastura Nurullaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Inoyatov Amrillo Shodievich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.04. 2022.Tib.93.02.
Rasmiy opponentlar: Najmutdinova Dilbar Qamariddinovna tibbiyot fanlari doktori, professor; Musaxadjaeva Dilya Abdullaevna biologiya fanlari doktori, professor; Starseva Nadejda Mixaylovna tibbiyot fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: N.I. Pirogov nomidagi milliy tadqiqot tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Preeklampsiyaning erta klinik belgilari namoyon bo‘lgunga qadar tashxislash usullarini takomillashtirish orqali immunogenetik, gemostaziologik, biokimyoviy va gemodinamik markyorlarni o‘z vaqtida aniqlash, ularning onalar o‘limi va perinatal o‘limni pasaytirishdagi rolini baholashdan iborat
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekistonda yashovchi o‘zbek millatiga mansub preeklampsiya xavfi bor va preeklampsiya bilan asoratlangan homilador ayollarda IL-1β genining (T31C) rs1143627 polimorfizmi S allel, S/S mutant variantli genotipi va IL-10 genining (G1082A) rs1800896 polimorfizm A allel, A/A mutant genotipi ko‘rsatkichlari preeklampsiyani aniqlashda yuqori darajada ahamiyatga ega ekanligi isbotlangan;
preeklampsiya xavfi bor va preeklampsiya bilan asoratlangan homilador ayollarda proangiogen (PLGF) omilning pasayishi, antiangiogen (sVEGF-R1) omilining oshishi, markaziy gemodinamika xususiyatlarini tavsiflovchi (zarb hajmi, yurak qisqarishlar soni, umumiy periferik tomir qarshiligi), regionar gemodinamika parametrlarining oshishi orqali namoyon bo‘ladigan klinik belgilar va gemostaz tizimi (D-dimer) buzilishlarining asosiy xavf omillari aniqlangan va asoratlarni klinikagacha tashxislash va bashoratlash usullari ishlab chiqilgan; 
preeklampsiyaning o‘ziga xos xavf omillarini aniqlashda, immun tizimining eng muhim biomarkyorlari bo‘lgan interleykin 1β(IL-1β), o‘simta nekrozi omili (TNF-α) oshishi va interleykin -10 (IL-10) pasayishi hisobiga namoyon bo‘ladigan klinik belgilar va biokimyoviy markyorlar vitamin 25(OH)D, PAPP-A, α-FP, βXGCh ning laborator ko‘rsatkichlari aniqlangan;
preeklampsiya bilan asoratlangan homilador ayollarda zarb indeksi, hajm fraksiyasining kamayishi, umumiy pereferik tomir qarshiligining oshishi, proangiogen faktorning kamayishi, antiangiogen omilning oshishi, immunologik omillarning oshishi, bachadon arterialarida rezistentlik indeksining ortishi va homila –yo‘ldosh qon oqimining yomonlashuvi tezkor tug‘ruq uchun ko‘rsatma bo‘la olishi isbotlangan;
anamnezida preeklampsiya xavfi bor ayollarda molekulyar-genetik va laborator tekshiruv natijalari asosida, homiladorlikning birinchi va ikkinchi trimestrida antioksidant, antiagregant, kompleks davo choralari bilan birgalikda qo‘llanilib, keyingi homiladorlikning qoniqarli kechishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Buxoro davlat tibbiyot instituti ekspert kengashining 2023 yil 23 martdagi 23-Z/008-son xulosasi asosida:

o‘zbek millatiga mansub preeklampsiya xavfi bor va preeklampsiya bilan asoratlangan homilador ayollarda IL-1β genining (T31C) rs1143627 polimorfizmining S allel, S/S mutant variantli genotipi va IL-10 genining A allel, A/A mutant genotipi homilador ayollarda preeklampsiyaning kelib chiqish xavfini yuqoriligini ko‘rsatgan; preeklampsiya bilan asoratlangan homilador ayollarda gen polimorfizmlari aniqlanganda tug‘ruqni amalga oshirishga perinatal markazlarga va kerakli shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsata oladigan muassasalarga yuborilgan, natijada kuzatilishi mumkin bo‘lgan asoratlarni kamaytirgan va shifo jarayonini tezlashtirgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Andijon shahar 2-son tug‘ruqxona majmuasiga 19.07.2022 yildagi 34/1-sonli buyruq hamda Buxoro viloyati Qorako‘l tumani tibbiyot birlashmasining tug‘ruqxona bo‘limiga 19.07.2022 yildagi 110/1-sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi taklif etilgan tekshirish usullari foydalanish preeklampsiya kuzatilgan homiladorlarni asoratlarni erta  erishiladi;   tadbiq etilgan kompleks yondashuv natijasida  davolash davolash samardorligi oshgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat:    preeklampsiya xavfi bor va preeklampsiya bilan asoratlangan homilador ayollarda samarali tekshiruv usuli bo‘lgan genetik teshiruvlar orqali aniqlanishi, ya’ni boshqa tekshir uvlardan foydalanmaslik hisobiga iqtisod qilingan. Bunda bir bemorda 845 500 sum iqtisod qilinib, tadqiqot jarayonida kuzatuvdagi 90 nafar bemorda 76140000 so‘m byujdetdan tashqari mablag‘lardan iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: preeklampsiya bilan asoratlangan ayollar va preeklampsiya xavfi bo‘lgan ayollarni erta prognozlashdagi molekular-genetik usullar, 1 nafar bemor hisobiga kiritilayotgan usulning iqtisodiy samaradorligi uning analogiga nisbatatan arzon, yani 22 % yuqoriligini ko‘rsatdi. Axmedov Farhod Qahramonovichning« Preeklampsiyani erta tashxislash va istiqbolini belgilashda klinik laborator markyorlarning zamonaviy jihatlari» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Buxoro davlat tibbiyot institutining 2022 yil 12 avgustdagi 04/3155-sonli xat yuborilgan.
preeklampsiya xavfi bor va preeklampsiya bilan asoratlangan homilador ayollarni erta tashxislashda proangiogen va antiangiogen omillarini aniqlash, markaziy gemodinamika ko‘rsatkichlarini, gemostaz tizimini birgalikda o‘rganish kuzatilishi mumkin bo‘lgan asoratlarni oldini olishga, tug‘ruqdan keyingi davrni silliq o‘tishi, yotoq kunini qisqartirib, shifo jarayonini tezlashtiradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Samarqand shahar 2-son tug‘ruqxona majmuasining 18.07.2022 yildagi 38/1-sonli buyruq hamda Buxoro viloyati Kogon tuman tibbiyot birlashmasining 17.07.2022 yildagi 65/1-sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: mamlakatimiz qishloq hududida yashovchi preeklampsiya bilan asoratlangan tug‘ruq bo‘limlariga murojaat qiluvchi homilador ayollar orasida ushbu kasalliklar bilan uchrash darajasini kamaytirish maqsadida, immuno-genetik, biokimyoviy markyorlarni qo‘llash orqali, xavf omillarini erta aniqlashga, ular asosida korreksiyalovchi terapiyani ishlab chiqish, ushbu kasallik bilan bog‘liq asoratlar kamayishiga olib keladi.  Undan tashqari shu natijalarga asoslanib, differensiallangan holatda gipertenziv holatlarni biridan ikkinchisiga o‘tishini oldi olinib to‘g‘ri yondashish imkonini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Bu mablag‘ning tejalishi, qatnovlar sonining kamayishi, statsionarda davolanish muddatining 5 kungacha kamayishi, shu asosda tibbiy xizmatga sarflanadigan mablag‘ni tejalishi bilan asoslandi. Har bir nafar bemorda statsionar davo kunlari qisqarishi hisobidan 761 400 ming so‘mgacha iqtisodiy samardorlikka erishilgan. Jami bemorlardan 38 070 000 sum mablag‘ iqtisod qilinishiga erishildi. Xulosa: Preeklampsiya bilan asoratlangan homilador ayollarda davolash va tug‘ruqni olib borish vaqtida yo‘l qo‘yilgan qator kamchiliklar yo‘ldoshning vaqtidan oldin ko‘chishi, eklampsiya  kabi kuzatilishi mumkin bo‘lgan asoratlari aniqlanib, bartaraf etish chora tadbirlari ishlab chiqilib, tadqiqotga jalb qilingan umumiy bemorlar hisobidan byudjet mablag‘lardan 17 800 000 so‘m, byudjetdan tashqari mablag‘lardan 20 270 000 so‘m mablaq iqtisod qilinishiga erishilgan. Axmedov Farhod Qahramonovichning« Preeklampsiyani erta tashxislash va istiqbolini belgilashda klinik laborator markyorlarning zamonaviy jihatlari» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Buxoro davlat tibbiyot institutining 2022 yil 12 avgustdagi 04/3155-sonli xat yuborilgan.
preeklampsiyaning o‘ziga xos xavf omillarini aniqlashda, immun tizimining va perinatal omili muhim biomakyorlari, preeklampsiyani erta bashoratlashda tug‘ruqdan oldin va  tug‘ruq vaqtida kuzatiladigan asoratlarni bartaraf etishda yordam berib davolash jarayonini tezlashtiradi va yotoq kunini qisqartiradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Samarqand shahar 3-son tug‘ruqxona majmuasining 19.07.2022 yildagi 36/1-sonli buyruq hamda Buxoro viloyati Buxoro tuman tibbiyot birlashmasining tug‘ruqxona bo‘limi 19.07.2022 yildagi 63/1-sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Preeklampsiyani erta aniqlash usullarini takomillashtirishga yo‘naltirilgan usullar yordamida, olingan natijalar preeklampsiya bilan asoratlangan bemorlarning hayotini yaxshilash hamda ularni statsionar davolash zaruriyatiga bo‘lgan ehtiyojini kamaytirishga olib kelgan; taklif etilgan kompleks yondashuvdan foydalanish preeklampsiya bilan asoratlangan ayollarni erta tashxislash ijobiy natijalar berib, davolash sifatini yaxshilagan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1) bemorning shifoxonadagi davri uchun: taklif etilgan tekshirish usullarini qo‘llaganimizdan so‘ng homilador ayollarning shifoxonada qolish muddatini 10,5 kundan 6 kungacha kunga qisqartirdi, oldingi tekshirish uchun qilingan xarajat 1 bemor uchun 1314000 so‘mni tashkil qilgan bo‘lsa, biz taklif qilgan usulda xarajatlar 468500so‘mni tashkil qildi, yil davomida har bir bemor uchun 845499 so‘m iqtisodiy samaradorlikka erishilgan. Xulosa: Yuqoridagi barcha davolash usullari majmuaviy ishlatilinganida ushbu kasallik bilan bog‘liq bo‘lgan sarf-xarajat kamayib davo samaradorligi oshishi hisobiga byudjetdan tashqari mablag‘larning 22,1% ga kam sarflanishiga erishilgan. Axmedov Farhod Qahramonovichning« Preeklampsiyani erta tashxislash va istiqbolini belgilashda klinik laborator markyorlarning zamonaviy jihatlari» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Buxoro davlat tibbiyot institutining 2022 yil 12 avgustdagi 04/3155-sonli xat yuborilgan.
preeklampsiya xavfi bor va preeklampsiya bilan asoratlangan homilador ayollarni erta tashxislashda markaziy gemodinamika ko‘rsatkichlarini zarb indeksi, hajm fraksiyasi kamayishi, UPTQ oshishi, dopplerometriyada bachadon arteriyalarida IR ning ortishi erta bashoratlovchi prediktor bo‘lib, ularni erta aniqlanishi asoratlarni oldini olishga, tug‘ruqdan keyingi davrni silliq o‘tishi, yotoq kunini qisqartirib, shifo jarayonini tezlashtiradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Samarqand shahar 2-son tug‘ruqxona majmuasining 18.07.2022 yildagi 38/1-sonli buyruq hamda Buxoro viloyati Kogon tuman tibbiyot birlashmasining 17.07.2022 yildagi 65/1-sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: amlakatimiz qishloq tumanlarida preeklampsiya bilan asoratlangan tug‘ruq bo‘limlariga murojaat qiluvchi homilador ayollar orasida ushbu kasalliklar bilan uchrash darajasini kamaytirishga erishilgan; dopplerometrik usullarni qo‘llash, ular asosida korreksiyalovchi terapiyani ishlab chiqish, ushbu kasallik bilan bog‘liq bo‘lgan asoratlar kamayishiga olib kelgan. Undan tashqari shu natijalarga asoslanib, differensiallangan holatda gipertenziv holatlarni biridan ikkinchisiga o‘tishini oldi olinib to‘g‘ri yondashish imkonini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: shifoxonada bo‘lish davrining 5 kunga qisqartirilishi hisobiga 750 ming so‘mlik dori-darmon kam talab etiladi (1 kunga o‘rtacha 150 000 so‘m dori vositalari sarflanadi); • shifoxonada bo‘lish davrining 5 kunga qisqartirilishi hisobiga 195 ming so‘mlik dori-darmon kam talab etiladi (1 kunga o‘rtacha 39 000 so‘m bog‘lanmalar sarflanadi Xulosa: Preeklampsiya bilan asoratlangan homilador ayollarda davolash va tug‘ruqni olib borish vaqtida yo‘l qo‘yilgan qator kamchiliklar yo‘ldoshning vaqtidan oldin ko‘chishi, eklampsiya  kabi kuzatilishi mumkin bo‘lgan asoratlari aniqlanib, bartaraf etish chora tadbirlari ishlab chiqilib, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 68 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 32 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Axmedov Farhod Qahramonovichning « Preeklampsiyani erta tashxislash va istiqbolini belgilashda klinik laborator markyorlarning zamonaviy jihatlari» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Buxoro davlat tibbiyot institutining 2022 yil 12 avgustdagi 04/3155-sonli xat yuborilgan.
preeklampsiya bilan asoratlanishni taklif etilgan markyorlar orqali erta tashxislash, profilaktik davo maqsadida birinchi va ikkinchi tremestrda antioksidant va antiagregant dori vositalarni qo‘llash homiladorlikni asoratsiz kechishiga va tug‘ruq vaqtida kuzatiladigan asoratlarni bartaraf etishda yordam berib davolash jarayonini tezlashtiradi va yotoq kunini qisqartiradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Samarqand shahar 3-son tug‘ruqxona majmuasining 19.07.2022 yildagi 36/1-sonli buyruq hamda Buxoro viloyati Buxoro tuman tibbiyot birlashmasining tug‘ruqxona bo‘limi 19.07.2022 yildagi 63/1-sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Preeklampsiyani erta aniqlash usullarini takomillashtirishga yo‘naltirilgan usullar yordamida, olingan natijalar preeklampsiya bilan asoratlangan bemorlarning hayotini yaxshilash hamda ularni statsionar davolash zaruriyatiga bo‘lgan ehtiyojini kamaytirishga olib kelgan; taklif etilgan kompleks yondashuvdan foydalanish preeklampsiya bilan asoratlangan ayollarni erta tashxislash ijobiy natijalar berib, davolash sifatini yaxshilagan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1) bemorning shifoxonadagi davri uchun: taklif etilgan tekshirish usullarini qo‘llaganimizdan so‘ng homilador ayollarning shifoxonada qolish muddatini 10,5 kundan 6 kungacha kunga qisqartirdi, oldingi tekshirish uchun qilingan xarajat 1 bemor uchun 1314000 so‘mni tashkil qilgan bo‘lsa, biz taklif qilgan usulda xarajatlar 468500 so‘mni tashkil qildi, yil davomida har bir bemor uchun 845499 so‘m foyda bilan chiqdik; 2) bemorning shifoxonadan tashqaridagi davri uchun (boshqa tibbiy muassasalarda davolanishi, masalan kardiologiya, nevrologiya bo‘limida) bir necha kunga qisqartirilishi hisobiga dori-darmon kam talab etilgan. Xulosa: Yuqoridagi barcha davolash usullari majmuaviy ishlatilinganida ushbu kasallik bilan bog‘liq bo‘lgan sarf-xarajat kamayib davo samaradorligi oshadi. Axmedov Farhod Qahramonovichning «Preeklampsiyani erta tashxislash va istiqbolini belgilashda klinik laborator markyorlarning zamonaviy jihatlari» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Buxoro davlat tibbiyot institutining 2022 yil 12 avgustdagi 04/3155-sonli xat yuborilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish