Bahramova Mohinur Bahramovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Xalqaro arbitraj faoliyatini raqamlashtirish va huquqiy asoslarini takomillashtirish masalalari”, 12.00.03 – Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.DSc/Yu199.
Ilmiy maslahatchining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Rustambekov Islambek Rustambekovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/30.12.2019.Yu.22.01.
Rasmiy opponentlar: Samet Tatar, yuridik fanlar doktori, professor; Ahmedov Azizxon Dilshodovich, yuridik fanlar doktori; Yakubov Axtam Nusratilloevich, yuridik fanlar doktori.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi xalqaro raqamli arbitraj yurisdiksiyasi nuqtai nazaridan, ular faoliyatini tartibga solishni yanada takomillashtirish va ushbu sohadagi qonun hujjatlari va huquqni qo‘llash amaliyoti samaradorligini oshirishga qaratilgan taklif hamda tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
arbitrni tayinlash, rad etish, vakolatlarining amal qilishini tugatish, arbitraj sudining yurisdiksiyasi masalasi yuzasidan qarorlar qabul qilish, dalillarni olishga ko‘maklashish, shuningdek arbitrajning hal qiluv qarorini bekor qilish masalalari arbitraj joylashgan joy qonuni asosida va joylashgan joydagi davlat vakolatli sudi tomonidan amalga oshirilishi hamda uning vakolatlari doirasida ta’minlash choralarini tan olish va ijroga qaratish asoslarini belgilash zarurati asoslantirilgan;
arbitrlar, arbitraj tomonidan tayinlangan ekspertlar, arbitraj muassasasining xodimlari — arbitraj yoki hakamlik muhokamasi davomida o‘zlariga ma’lum bo‘lib qolgan holatlar yuzasidan guvoh sifatida chaqirilishi va so‘roq qilinishi mumkin emasligi asoslab berilgan;
arbitraj sudida ko‘rilayotgan da’voni ta’minlash choralari arbitraj muhokamasi tarafining arizasiga ko‘ra iqtisodiy sud tomonidan ko‘rilishi mumkinligi, shuningdek, da’vo talablarini qanoatlantirishni rad etish haqidagi arbitrajning hal qiluv qarori ta’minlash choralarini iqtisodiy sud tomonidan bekor qilish uchun asos bo‘lishi asoslangan;
ishda ishtirok etuvchi shaxslarning ushbu nizoni hakamlik sudiga yoki arbitrajga ko‘rish uchun topshirish to‘g‘risidagi kelishuvi mavjud bo‘lib, hakamlik sudiga yoki arbitrajga murojaat qilish imkoniyati boy berilmagan bo‘lsa va, agar ishning iqtisodiy sudda ko‘rilishiga qarshi bo‘lgan javobgar o‘zining nizoning mazmuni bo‘yicha birinchi arizasidan kechiktirmay nizoni hakamlik sudining yoki arbitrajning hal qiluviga o‘tkazish to‘g‘risida iltimosnoma bersa sud da’vo arizasini ko‘rmasdan qoldirishi asoslab berilgan;
birjada tuziladigan shartnomalar yuzasidan vujudga keladigan nizolarni hal etishda Arbitraj komissiyasi o‘rni, ahamiyati va ishni hal etish mexanizmi sifatidagi konseptual huquqiy maqomi asoslab berilgan;
iqtisodiyot sohasida yuzaga keladigan nizolar hamda boshqa ishlar  bo‘yicha qabul qilingan hal qiluv qarorlarini tan olish va ijroga qaratish masalalari, agar arbitraj joyi O‘zbekiston Respublikasida joylashgan bo‘lsa, qarorni tan olish va ijro qilish O‘zbekiston Respublikasining milliy qonunchiligida nazarda tutilgan o‘ziga xos xususiyatlarni inobatga olingan holda hal etilishi asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot ishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalardan quyidagilarda foydalanilgan:
arbitrni tayinlash, arbitrni rad etishni qanoatlantirish, arbitr vakolatlarining amal qilishini tugatish xususida qaror qabul qilish, arbitraj sudining yurisdiksiyasi masalasi yuzasidan qarorlar qabul qilish, dalillarni olishga ko‘maklashish, shuningdek arbitrajning hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi ariza arbitraj joylashgan erdagi iqtisodiy sudga berilishi, ta’minlash choralarini tan olish va ijroga qaratish, arbitraj sudida ko‘rilayotgan da’voni ta’minlash choralarini ko‘rish to‘g‘risidagi ariza arbitraj joylashgan erdagi yoki qarzdor davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan joydagi yoxud, agar qarzdor davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan joy noma’lum bo‘lsa, uning mol-mulki turgan joydagi iqtisodiy sudga berilishi asoslarini belgilash yuzasidan takliflari O‘zbekiston Respublikasi “Xalqaro tijorat arbitraji to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi 2022-yil 16-maydagi O‘RQ–769-sonli Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi Qonunning 37-moddasi beshinchi qismida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2022-yil 15-iyuldagi 06-13/35-son dalolatnomasi). Ushbu takliflar arbitraj sudining yurisdiksiyasi masalasi yuzasidan qarorlar qabul qilish, ta’minlash choralarini tan olish va ijroga qaratish, ta’minlash choralarini ko‘rish, dalillarni olishga ko‘maklashish to‘g‘risidagi arizalari iqtisodiy sud tomonidan ko‘rib chiqilayotganda qo‘llanilishi to‘g‘risida qaror qabul qilishga doir vakolatlarini belgilashga xizmat qilgan;
arbitrlar, arbitraj tarkibi tomonidan tayinlangan ekspertlar, arbitraj muassasasining xodimlari, hakamlik sudyalari — arbitraj yoki hakamlik muhokamasi davomida o‘zlariga ma’lum bo‘lib qolgan holatlar yuzasidan guvoh sifatida chaqirilishi va so‘roq qilinishi mumkin emasligi to‘g‘risidagi takliflari O‘zbekiston Respublikasi “Xalqaro tijorat arbitraji to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi 2022-yil 16-maydagi O‘RQ–769-sonli Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi Qonunning 53-modda ikkinchi qismida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2022-yil 8-iyuldagi 04/2-09/3348-son dalolatnomasi).Ushbu taklifning amalga oshirilishi arbitraj muhokamasida ishtirok etgan shaxslarning jarayon konfedensial tashkil etilganligi munosabati bilan ma’lumot bermaslik majburiyati huquqiy asoslarini takomillashtirishga xizmat qilgan;
arbitraj sudida ko‘rilayotgan da’voni ta’minlash choralari arbitraj muhokamasi tarafining arizasiga ko‘ra iqtisodiy sud tomonidan ko‘rilishi mumkinligi, shuningdek, da’vo talablarini qanoatlantirishni rad etish haqidagi arbitrajning hal qiluv qarori ta’minlash choralarini iqtisodiy sud tomonidan bekor qilish uchun asos bo‘lishi yuzasidan berilgan taklif O‘zbekiston Respublikasi “Xalqaro tijorat arbitraji to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi 2022-yil 16-maydagi O‘RQ–769-sonli Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi Qonunning 93-moddasi oltinchi qismi, 99-moddasi sakkizinchi qismida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2022-yil 15-iyuldagi 06-13/35-son dalolatnomasi). Ushbu takliflar arbitraj sudining da’voni ta’minlash choralarini manfaatdor tomon arizasiga binoan iqtisodiy sudda ko‘rilishi, da’voni ta’minlash choralarini ko‘rish to‘g‘risidagi arizalari iqtisodiy sud tomonidan ko‘rib chiqilayotganda qo‘llanilishi to‘g‘risida qaror qabul qilishga doir vakolatlarini belgilashga xizmat qilgan;
ishda ishtirok etuvchi shaxslarning nizoni hakamlik sudiga yoki arbitrajga ko‘rish uchun topshirish to‘g‘risidagi kelishuvi mavjud bo‘lib, hakamlik sudiga yoki arbitrajga murojaat qilish imkoniyati boy berilmagan bo‘lsa va, agar ishning iqtisodiy sudda ko‘rilishiga qarshi bo‘lgan javobgar o‘zining nizoning mazmuni bo‘yicha birinchi arizasidan kechiktirmay nizoni hakamlik sudining yoki arbitrajning hal qiluviga o‘tkazishi to‘g‘risida iltimosnoma bersa sud da’vo arizasini ko‘rmasdan qoldirishi lozimligi to‘g‘risidagi takliflari O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksi 107-moddasining 2-bandi O‘zbekiston Respublikasi 2022-yil 16-maydagi O‘RQ–769-sonli Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi Qonunning 1-moddasining, 9-bandida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2022-yil 8-iyuldagi 04/2-09/3348-son dalolatnomasi).Ushbu taklifning amalga oshirilishi javobgar o‘zining nizoning mazmuni bo‘yicha birinchi arizasidan kechiktirmay nizoni hakamlik sudining yoki arbitrajning hal qiluviga o‘tkazishi to‘g‘risida iltimosnoma berishi huquqini takomillashtirishga xizmat qilgan;
fyuchers shartnomalarini tuzish va bajarish bilan bog‘liq nizolar birjaning Arbitraj komissiyasi tomonidan hal etilishi to‘g‘risidagi takliflar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Tovar-xom ashyo birjalarida fyuchers savdolarini joriy qilish hamda mahsulotlarni avtotransportda tashish xizmatlarining elektron logistika savdo portalini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2022-yil 14-oktyabrdagi 811-5/6628-son dalolatnomasi). Ushbu taklif tuzilgan fyuchers shartnomalari yuzasidan nizolarning arbitraj komissiyasi tomonidan ko‘rib hal etilishiga xizmat qilgan;
arbitrajning hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish masalalari, agar arbitraj joyi O‘zbekiston Respublikasida joylashgan bo‘lsa, “Xalqaro tijorat arbitraji to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida nazarda tutilgan o‘ziga xos xususiyatlar inobatga olingan holda hal etilishi yuzasidan berilgan taklif O‘zbekiston Respublikasi “Xalqaro tijorat arbitraji to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi 2022-yil 16-maydagi O‘RQ–769-sonli Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi Qonunning 13-bandiga asosan, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksining 248-moddasi beshinchi qismida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2022-yil 8-iyuldagi 04/2-09/3348-son dalolatnomasi).Ushbu taklifning amalga oshirilishi chet davlatlar sudlarining va arbitrajlarining hal qiluv qarorlarini tan olish va ijroga qaratishning o‘ziga xos xususiyatlari O‘zbekiston Respublikasi “Xalqaro tijorat arbitraji to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq amalga oshirilishi lozimligi tartibini belgilab berishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish