Buranova Madina Uktamovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tibbiyot oliy o‘quv yurtlarida talabalarga o‘qishni o‘rgatishda noan’anaviy usullarning joriy qilinishi” (ingliz tili materialida), 13.00.02 - Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Ped2236
Ilmiy rahbar: Tuxtasinov Ilxomjon Madaminovich, pedagogika fanlari doktori,  professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat chet tillar instituti, PhD.03/30.12.2019.Fil/Ped.83.01.
Rasmiy opponentlar: Lutfullaev Maxmud Xasanovich, pedagogika fanlari  doktori (DSc), professor; Axmedova Laylo Tolibjanovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tibbiyot oliy o‘quv yurti talabalari uchun kasbiy yo‘naltirilgan ingliz tilidagi maqolalarni o‘qish ko‘nikmalarini rivojlantirishning noan’anaviy pedagogik texnologiyalari va usullarini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tibbiyot oliy o‘quv yurtlari talabalariga o‘qish malakasini o‘rgatish metodikasi o‘zga tildagi matnni o‘qishga o‘rgatish yuzasidan uslubiy yondashuvlar,  matn oldi va matndan keyingi topshiriqlarni bajarish, ma’lumotlarni tahlil va sintez qilishga qaratilgan mash va topshiriqlar  innovatsion o‘qitish strategiyalariga ko‘ra takomillashtirilgan;
tibbiyot oliy o‘quv yurtlari talabalarining o‘qish ko‘nikmalari  asliyatdagi matnda yuz berayotgan voqealarning mohiyatini mantiqiy tiklash, leksik birliklarni  tahlil qilib ulardan nutqiy muloqotda o‘rinli foydalanish uch bosqichli  “oddiy”, “biroz murakkab”,  “murakkab” tamoillari orqali  rivojlantirish asoslangan;
talabalarni tibbiy yo‘nalishdagi materiallarni o‘qishga o‘rgatishda autentik materiallar asosida intensiv o‘qish, tanqidiy idrok etish, mantiq va tafakkurni rivojlantirish, o‘rganilayotgan mavzuning o‘ziga xos terminologiyasini tushinishga qaratilgan mashqlar noan’anaviy usullar yo‘rdamida rivojlantirilgan;
tibbiyot sohasidagi maqolalarni lug‘ati bilan ishlash orqali o‘qish ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida ishlab chiqilgan «Labirint», «Piramida», «Refleksiya» yangi pedagogik texnologiyalari ta’limning kommunikativ yondashuvga ko‘ra holda takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tibbiyot oliy o‘quv yurtlari talabalarini o‘qishga o‘rgatishning noan’anaviy usullarini amalga oshirishga qaratilgan nazariy va amaliy takliflar asosida:
muloqotga kirishuvchanlik ko‘nikmalarini shakllantirish, kasbga yo‘naltirilgan terminologiyani innovatsion strategiyalar yo‘rdamida tushinishga doir nazariy va amaliy xulosalaridan «Samarqand sadosi» radiosi eshittirishlarini tayyo‘rlashda  foydalanilgan (Samarqand viloyati teleradiokompaniyasining 2022 yil 15 oktyabrdagi 01-12/392-raqamli ma’lumotnomasi). Natijada innovatsion yondashuv bo‘yicha barcha taklif va tavsiyalar ommalashtirilgan.
talabalarning ijodiy tafakkurini faollashtirish,  kirishimlilik, kreativlik, o‘zini namoyon etish kabi ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan tavsiyalardan  561624-ERR-1-2015-UK-EPPKA2-CBHE-SP-ERASMUS+CBHE IMEP «O‘zbekistonda oliy ta'lim tizimi jarayonlarini modernizatsiyalash va xalqarolashtirish» amaliy loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2022 yil 7 oktyabrdagi 2812/30.02.01-raqamli ma’lumotnomasi). Natijada tibbiyot oliy o‘quv yurtlari talabalariga o‘qishni o‘rgatish metodikasi takomillashtirilgan.
talabalarning umumiy intellektual va kommunikativ salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan autentik materiallaridan I-204-4-5 «Ingliz tili mutaxassislik predmetlaridan axborot-kommunikatsion texnolgiyalari asosida virtual resurslar yaratish va o‘quv jarayoniga joriy etish» amaliy loyihasida  foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2022 yil 7 oktyabrdagi 2811/30.02.01-raqamli ma’lumotnomasi). Natijada tibbiyot oliy o‘quv yurtlari talabalarini kasbga yo‘naltirilgan asl manba materiallarini talqin qilishga o‘rgatish sifatini oshirishga qaratilgan metodik yondashuv takomillashtirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish