Jumaev Orifjon Qilichboevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Ega vazifasidagi ajratilgan bo‘laklarning sintaktik-semantik va kommunikativ-stilistik xususiyatlari (nemis tili misolida), 10.00.04 - Evropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Fil2740.
Ilmiy rahbar: Yaxshiev Ashur Abdievich, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat chet tillar instituti, PhD.03/30.12.2019.Fil/Ped.83.01.
Rasmiy opponentlar: Bushuy Tatyana Anatolievna, filologiya fanlari doktori, professor; Ro‘ziev Yarash Bozorovich, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Nemis tilidagi ega vazifasini bajaradigan ajratilgan bo‘laklarining sodda gaplarni murakkab gaplarga aylantirish xususiyatlarini sintaktik, semantik, stilistik va kommunikativ aspektlarini sintaksem usullardan foydalanib yoritib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ega shaklidagi ajratilgan gap bo‘laklarining matn doirasida yoyilish darajasiga aniqlik kiritilgan va ushbu bo‘laklar ajralishiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar aniqlanib, ularga bevosita tobe bo‘lgan ma’lum bo‘laklar orasidagi aloqa vositalarining lingvistik asoslari isbotlangan;
ega shaklidagi sintaktik qurilmalarning kengayish usullari, semantikasi va strukturasi, ularga xos bo‘lgan xususiyatlari hamda ularning mono – va polifunksionallik holatlari ochib berilgan va ega shaklidagi ajratilgan gap bo‘laklarining matn doirasida yoyilish darajasiga aniqlik kiritilgan;
ajratilgan gap bo‘laklari o‘ziga xos sintaktik kategoriyani hosil qilishiga ko‘ra ular ishtirokida hosil bo‘lgan tuzilmalarni murakkab tuzilishdagi sodda gapning struktur tiplari sifatida izohlash haqidagi xulosalar, ega shaklidagi ajratilgan gap bo‘laklarining tobe komponentiga nisbatan pozitsiyasi aniqlangan hamda ularning stilistik, semantik va kommunikativ-pragmatik vazifalari dalillangan;
ega vazifasini bajaradigan ajratilgan gap bo‘laklari tarkibining zaruriy, ixtiyoriy xarakterdagi komponentlari, ega shaklidagi ajratilgan gap bo‘laklari hamda ularga tobe bo‘lgan komponentlarga nisbatan qo‘llanilayotgan tushunchalar aniqlanib, ular stilistik va kommunikativ jihatdan asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Nemis tili materiallari asosida eganing ajratilgan bo‘lak sifatida bajarib keladigan funksiyalari tadqiqi bo‘yicha olingan natijalar asosida:
innovatsion tadqiqot loyihasi doirasida gap bo‘laklarining ajratilishiga ta’sir qiluvchi omillar aniqlanganligi, ega shaklidagi ajratilgan gap bo‘laklarining matn doirasida yoyilish darajasiga aniqlik kiritilganligi va egani ajratib tahlil qilish metodlarining o‘rganilishi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida bajarilishi 2018-2020-yillarga mo‘ljallangan BV-Atex-2018 (143) raqamli “Ko‘zi ojiz shaxslar uchun kompyuter texnikasidan foydalanish, matnlarni o‘qish va yozish imkonini beruvchi o‘zbek tiliga asoslangan gapiruvchi dasturiy ta’minot va ovoz sintezatorini ishlab chiqish” mavzusidagi amaliy grant loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2022- yil 25- noyabrdagi 01-3218- son ma’lumotnomasi). Natijada, ajratilga gap bo‘laklariga bevosita tobe bo‘lgan ma’lum bo‘laklar orasidagi aloqa vositalarining lingvistik asoslari isbotlangan;
gapning ajratilgan bo‘laklari semantikasi va strukturasi va ularning o‘ziga xos xususiyatlari tahlili ilmiy-nazariy ahamiyat kasb etishi bo‘yicha xulosalar Samarqand davlat chet tillar institutida Evropa Ittifoqining Erazmus+ dasturi 585845-EPP-1-2017-1-ES-EPPKA2-CBHE-JP CLASS: “Computational Linguistics at Central Asian universities” grant loyihasi doirasida tadqiqotning ilmiy natijalari, amaliy taklif va tavsiyalaridan foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2022-yil 15-iyuldagi 2012/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada, ajratilgan gap bo‘laklariga xos bo‘lgan xususiyatlari tahlilining ilmiy-nazariy ahamiyati hamda mono – va polifunksionallik holatlari ochib berilgan;
ajratilgan gap bo‘laklari o‘ziga xos sintaktik kategoriyani hosil qilishini e’tiborga olib, ular ishtirokida hosil bo‘lgan tuzilmalarni murakkab tuzilishdagi sodda gapning struktur tiplari sifatida izohlash haqidagi xulosalar Samarqand davlat chet tillar instituti “60230100-Filologiya va tillarni o‘qitish (nemis tili)”, bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va “5A120100-Lingvistika (nemis tili)” magistratura mutaxassisliklarining o‘quv rejalari malaka talablariga singdirilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2022-yil 15-iyuldagi 2014/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada, ega orqali ifodalangan ajratilgan gap bo‘laklarining gap tarkibini murakkablashtiruvchi, semantik-sintaktik ma’nosini konkretlashtiruvchi xususiyatlari tahlili amalga oshirilgan va ega orqali ifodalangan ajratilgan bo‘laklarning o‘ziga xos xususiyatlarining muloqot jarayonida foydalanilishi va o‘rganilishida ishonchli manba bo‘lib xizmat qilishi dalillangan;
nemis tilida ega vazifasini bajaradigan ajratilgan gap bo‘laklari tarkibining zaruriy va ixtiyoriy xarakterdagi komponentlar va ega shaklidagi ajratilgan gap bo‘laklarining stilistik va kommunikativ jihatdan majmuaviy tahlilining ilmiy xulosalaridan Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining “Assalom Samarqand”, “Ta’lim va taraqqiyot” kabi o‘quv-ma’rifiy hamda ilmiy-ommaviy teleko‘rsatuvlarida (2022-yil avgust-sentyabr oylarida) foydalanilgan (Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining 2022-yil 25-noyabrdagi 01-12/446- son ma’lumotnomasi). Natijada, ega shaklidagi ajratilgan gap bo‘laklarining stilistik va kommunikativ jihatdan majmuaviy tahlili ilmiy jihatdan asoslangan.