Boyxonova Gulnisa Abdug‘afforovnaning
dissertatsiya himoyasisiz seleksiya yutug‘i (ixtiro patenti) asosida falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini berish bo‘yicha e’lon matni
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “G`o`zaning G.barbadense L. turiga mansub madaniy shakllaridan foydalanib istiqbolli seleksion ashyo yaratish”, 06.01.05–Seleksiya va urug‘chilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Taqdimot mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Qx1011.
Ilmiy rahbar: Ravshanov A`zam Erkinovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Ilmiy-tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy tadqiqot instituti PhD.05/27.02.2020.Qx.42.02
O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan: g‘ozaning “Surxon-111” navi (NAP 00427).
O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining “baza.ima.uz” saytida patentning xuquqiy xolati to‘g‘risida ma’lumotlar joylashtirilgan.
II. Tadqiqotning maqsadi g‘ozaning G.barbadense L. turiga mansub istiqbolli ashyolarini analitik seleksiya usulidan foydalangan xolda o‘rganish va baholash asosida yangi ingichka tolali g‘oza navini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
G.barbadense L. turiga mansub boyitilgan genotipga ega g‘o‘za tizmalarini xo‘jalik uchun qimmatli belgilari bo‘yicha baholash hamda genetik jihatdan farqlanuvchi biotiplarni tanlashda analitik seleksiya usulining samaradorligi ilmiy asoslangan;
analitik seleksiya, variatsion va statistik tahlil hamda birlamchi urug‘chilik usullaridan foydalanish orqali seleksiya jarayonini jadallashtirish mumkinligi tasdiqlangan;
turli genotipga ega ingichka tolali g‘o‘za tizmalarini analitik seleksiya usuli yordamida xo‘jalikda qimmatli belgilarini o‘rganish orqali genetik jihatdan boyitilgan tezpishar, hosildor, yuqori tola chiqimi va sifatining ijobiy majmuasiga ega seleksion ashyolarni yaratish mumkinligi isbotlangan;
analitik seleksiya usulidan foydalangan holda g‘ozaning G.barbadense L. turiga mansub “Surxon-111” navi yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Respublikaning janubiy mintaqalariga mos, hosildor, tola sifati I-A tipga mansub bo‘lgan ingichka tolali g‘o‘za navini yaratish yuzasidan olib borilgan tadqiqotlar natijasida:
ingichka tolali g‘o‘zaning yangi “Surxon-111” navining navdorligini davlat andozalari talablariga yetkazish xamda original urug‘larini ko‘paytirish bo‘yicha 2020-2022 yillarda Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ITI ishlab chiqarish bo‘limida 2,1 gektar maydonda amalga oshirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 3 martdagi 01-05/08-703-son ma’lumotnomasi). Natijada Surxon-111 ingichka tolali g‘o‘za navining yuqori sifatli original urug`lik ashyolari tayyorlanib, yangi navlarni dastlabki ko`paytirish elita xo`jaliklari etarli miqdorda ashyolar bilan ta`minlangan;
Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumanidagi “Orifjon” yangi g‘o‘za navlari urug‘larini dastlabki ko‘paytirish elita xo‘jaligida 2,2 gektar maydonga joriy qilinib, yuqori sifatli urug‘lik ashyolari tayyorlangan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 3 martdagi 01-05/08-703-son ma’lumotnomasi). Natijada, yangi ingichka tolali g‘o‘za navining rentabelligi, ya’ni o‘rtacha 1 gektar maydondan terib olingan paxta xom ashyosidan olingan sof daromad 2 795 ming so‘mni tashkil etib, “Surxon-16” andoza naviga nisbatan 22,3% yuqori natija ko‘rsatgan;
“Surxon-111” navi Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti qoshidagi “G‘o‘za kolleksiyasi va introduksiyasi laboratoriyasi”ga taqdim etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 3 martdagi 01-05/08-703-son ma’lumotnomasi). Natijada ingichka tolali g‘o‘za kolleksiyasi genofondini yanada boyitish bilan bir qatorda, “Qishloq xo‘jaligi, biotexnologiya, ekologiya va atrof-muhit muhofazasi” ustuvor yo‘nalishidagi fundamental va amaliy loyihalarda boshlang‘ich ashyo sifatida foydalanish imkonini bermoqda.