Gozibekov Abdumannon Sobirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertasiyasi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertasiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘rmon biotsenozida Eribidae (Lymantriinae) oilasi vakillarining bioekologiyasi va ular sonini boshqarish usullari”, 06.01.09 – O‘simliklarni himoya qilish (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertasiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD /Qx718
Ilmiy rahbar: Kimsanboev Xojimurod Hamroqulovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertasiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.05/04.03.2022.Qx.13.01.
Rasmiy opponentlar: Yusupov Abdusalim Xolboyevich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Mirzayeva Saidaxon Abdusalomovna, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘rmon xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertasiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘rmon biotsenozida Eribidae oila vakillarining sistematikasi va bioekologiyasini hamda ular sonini boshqarishda entomofaglarni ahamiyatini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘rmon biotsenozida uchraydigan Lymantria dispar L, Euproctis kargalika, Leucoma sartus va Orgyia antiqua bioekologiyasi va sistematik tahlil qilingan hamda hududlar bo‘yicha turli populyasiyalari aniqlangan; 
ilk bor Ooecyrtus kuvanae, Anastatus japonicus parazit entomofag turlarini sistematik tahlil qilish, biologik xususiyatlarini o‘rganish va xo‘jayin turlariga nisbatan ixtisoslashganligi aniqlangan; 
mamlakatimizda ilk bor Anastatus japonicus parazit entomofag turini molekulyar identifikatsiya tahlili o‘tkazilgan va DNKsi aniqlangan; 
ilk bor Eribidae oila vakillariga qarshi ixtisoslashgan entomofaglarni biolaboratoriyada ko‘paytirish texnologiyasi yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘rmon biotsenozida Lepidoptera turkumi Eribidae oilasi vakillarining bioekologiyasi va ular sonini boshqarish usullari bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida: 
parazit-entomofaglarni (Calosoma sycophanta, Anastatus japonicus) ko‘paytirish texnologiyasi O‘simliklarni biologik himoya qilish ilmiy tadqiqot markazi DUK biolaboratoriyasiga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 24 iyul 02/021-2263-son ma’lumotnomasi). Natijada mavsumda o‘rmon daraxtlarining xavfli fitofag turlarining samarali entomofaglarni yalpi ko‘paytirish va qo‘llash samaradorligi 3-4 barobar ortgan; 
Calosoma sycophanta va Anastatus japonicus entomofaglari hamda trixogramma va brakon avlodlarini Toshkent va Jizzax viloyatlaridagi o‘rmon daraxtlarida uchraydigan Eribidae oilasining asosiy zararkunandalariga qarshi 8 gektar maydonga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020-yil 24- iyul 02/021-2263-son ma’lumotnomasi). Natijada trixogramma va brakon avlodlari qo‘llanilganda yong‘oq va do‘lana hosili 2,5-3,0 marttagacha ortgan. 
Bracon hebetor ni yong‘oq daraxtida uchraydigan toq ipak qurtiga qarshi Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani Oqtosh va Burchmulla o‘rmon bo‘limlariga tarqatildi. (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 24 iyul 02/021-2263-son ma’lumotnomasi). Natijada Bracon hebetor parazit entomofag turi 1:5 nisbatda qo‘llanilganda o‘rtacha 75,8-84,7 % gacha biologik samaradorlikka erishilgan, bir gektar yong‘oq daraxtida 11,5-12,0 sentnergacha hosil saqlab qolingan; 
Trichogramma dendrolimi ni do‘lana daraxtida uchraydigan toq ipak qurtiga qarshi Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani Qoranqulsoy va Burchmulla o‘rmon bo‘limlarida zararkunandalarga qarshi qo‘llanildi.(Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 24 iyul’ 02/021-2263-son ma’lumotnomasi). Natijada do‘lana daraxtida uchraydigan toq ipak qurti zararkunandasiga qarshi trixogramma turlari 1:5 nisbatda qo‘llanilganda o‘rtacha 59,5-79,2 % gacha biologik samaradorlikka va bir gektar do‘lana daraxtidan 8,5-13,5 sentnergacha hosil saqlab qolish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish