Allabayev Jahongir Djamolidinovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Zamonaviy jamiyatda yoshlarning mehnatdan begonalashuvini oldini olishning ijtimoiy-falsafiy jihatlari”, 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Fal384.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti. 
IK faoliyat ko`rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.02.02
Ilmiy rahbar: Negmatova Shaxzoda Shuxratovna, falsafa fanlari doktori (DSc), professor
Rasmiy opponentlar: Xajiyeva Maksuda Sultanovna, falsafa fanlari doktori, professor; Sharipov Abduxakimjon Ziyoitdinovich, falsafa fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
Dissertatsiya yo`nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi zamonaviy jamiyatda yoshlarning mehnatdan begonalashuvi masalalarini ijtimoiy-falsafiy nuqtai nazardan o‘rganish va mehnatga pozitiv munosabatni shakllantirish yuzasidan taklif-tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mehnatdan begonalashuvga olib keluvchi texnogen taraqqiyot, qo‘rquv, dangasalik, vaqtni ratsional taqsimlay olmaslik, mehnat munosabatlariga aloqador sub’ektlardan nafratlanish kabi ob’ektiv va sub’ektiv omillar insoniy mas’uliyatni pasayishiga olib kelishi dalillangan;
insondagi ojizlik, ma’nosizlik, izolyasiya, o‘z-o‘zini begonalashtirish holatlari asosida mehnatdan begonalashuv va ma’naviy inqirozning dialektik aloqadorligi aniqlangan;
mehnatdan begonalashuv inson hayotining barcha jabhalariga destruktiv ta’sir etib, jamiyatda xaotik holatni vujudga keltirishi determinizm nuqtai nazaridan asoslangan;
mehnatdan begonalashuvning oldini olishda ta’lim va tarbiya tizimida aksiologik yondoshuvning ustuvorlashuviga erishish zaruriyati ijtimoiy-falsafiy nuqtai nazardan asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Zamonaviy jamiyatdagi yoshlarning mehnatdan begonalashuvining o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
mehnatdan begonalashuvga olib keluvchi texnogen taraqqiyot, qo‘rquv, dangasalik, vaqtni ratsional taqsimlay olmaslik, mehnat munosabatlariga aloqador sub’ektlardan nafratlanish kabi ob’ektiv va sub’ektiv omillar insoniy mas’uliyatni pasayishiga olib kelishi dalillanganligiga oid taklif va tavsiyalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022 yilda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi III yo‘nalishiga oid oila, ta’lim tashkilotlari va mahallalarda ma’naviy tarbiyaning uzviyligini ta’minlashga doir chora-tadbirlarning “Yoshlar tarbiyasida an’ana va qadriyatlarimizning o‘rni va ahamiyati” mavzusidagi 14-bandi ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022-yil 18-iyuldagi 02/02/1183-son ma’lumotnomasi). Natijada, dissertatsiyada ilgari surilgan takliflar, tavsiya va xulosalar mamlakatimizni rivojlanishida yosh avlodni mehnatga ratsional munosabatida bo‘lish yosh mutaxassislarning bilim va kasbiy darajasi va ularning mehnat dunyosidagi motivatsiyasini yuksaltirishga xizmat qilgan;
insondagi ojizlik, ma’nosizlik, izolyasiya, o‘z-o‘zini begonalashtirish holatlari asosida mehnatdan begonalashuv va ma’naviy inqirozning dialektik aloqadorligi aniqlanganligiga oid taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi hududiy kengashlari tomonidan o‘tkazilgan yoshlar o‘rtasidagi mehnatdan begonalashuv muammosini siyosiy va ijtimoiy tafakkurini rivojlantirish milliy mentalitetimizdan va milliy qadriyatlarimizdan kelib chiqib, yoshlarni kasb hunarga yo‘naltirish, mehnat bozori holatidan xabardor qilish, aniq mutaxassisliklarga bo‘lgan talab, kasb-xunar ta’limi imkoniyatlari va mexnat qonunchiligi asoslarini tushuntirishga qaratilgan siyosiy-huquqiy tadbirlarida foydalanilgan (O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy kengashining 2022-yil 17-iyundagi 02/05-127-son ma’lumotnomasi). Natijada, 2020-2024 yillarga mo‘ljallangan saylovoldi dasturidagi ustuvor vazifalaridan bo‘lgan aholining elektorat qismi bandligi, birinchi navbatda, xotin-qizlar va yoshlar o‘rtasida hunarmandchilik, oilaviy tadbirkorlik, kasanachilikni rivojlantirish evaziga ularni ish bilan ta’minlashni kengaytirishga qaratilgan tashkiliy-huquqiy shart-sharoitlarni yaratishda asos bo‘lib xizmat qilgan; 
mehnatdan begonalashuv inson hayotining barcha jabhalariga destruktiv ta’sir etib, jamiyatda xaotik holatni vujudga keltirishi determinizm nuqtai nazaridan asoslanganligiga oid taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan F-7-23-raqamli “O‘zbekistonda iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida mehnat bozorining rivojlanish xususiyatlari va aholi bandligini oshirish yo‘llari” mavzusidagi loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini bajarishda foydalanilgan (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining 2023-yil 12-yanvardagi 04/11-138-son ma’lumotnomasi). Natijada, loyihani yanada takomillashtirishga va keng jamoatchilikka uchun mehnatdan begonalashuvning tarixiy genezisi va falsafiy qarashlar yevolyusiyasi hamda hozirgi davrda yoshlarning ma’naviy begonalashuvi va mehnatdan uzoqlashuvining o‘zaro aloqadorligi, ob’ektiv sharoitlar va sub’ektiv omillarni tahlil qilishga xizmat qilgan;
mehnatdan begonalashuvning oldini olishda ta’lim va tarbiya tizimida aksiologik yondoshuvning ustuvorlashuviga erishish zaruriyati ijtimoiy-falsafiy nuqtai nazardan asoslanganiga doir taklif va tavsiyalardan Samarqand viloyat teleradiokompaniyasi tomonidan efirga uzatilgan “Assalom Samarqand” teleko‘rsatuvi dastur ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (2022-yil 20-yanvardagi 01-11/15-son ma’lumotnomasi). Natijada, Uchinchi Renessans bo‘sag‘asida turgan Yangi O‘zbekiston yoshlariga “Mehnat madaniyatini yuksaltirish, zamonaviy ilmlarni mukammal egasi bo‘lish va yurtimizda bo‘layotgan demokratik o‘zgarishlar, yoshlarga bo‘layotgan etibor davlat siyosati darajasida ekanligi, zamonaviy jamiyatda yoshlarning mehnatdan begonalashuvini tanqidiy tahlil qilishda buyuk ajdodlarimizning boy ma’naviy merosini o‘rganish hamda ularning insonparvarlik g‘oyalarini hayotga keng tadbiq etishda ilmiy metadologik qo‘llanma sifatida xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish