Avlakulov Aktam Mavlonkulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Texnogen sivilizatsiyaning ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy taraqqiyotda namoyon bo’lish jarayonlari”, 09.00.02 – Ong, madaniyat va amaliyot shakllari falsafa (siyosat falsafasi) (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Fal660.
Ilmiy rahbar: Atamuratov Sadulla, falsafa fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.01.05.
Rasmiy opponentlar: Abdullayeva Nasiba Bo‘ronovna, falsafa fanlari doktori, dotsent; Kushayev Umidjon Raximovich, falsafa fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy-amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mamlakatimizda ijtimoiy davlat taraqqiyotida an’anaviy jamiyatdan texnogen sivilizatsiya transformasiyasi jarayonida texnogen sivilizatsiyaning murakkab jarayonlarini siyosiy-falsafiy jihatdan ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
texnogen ongning in’ikosi sifatida yuzaga kelgan va dinamik rivojlanish xususiyatiga ega bo‘lgan texnogen sivilizatsiyaning inson ma’naviy hayoti, jamiyat barqarorligi hamda davlat boshqaruviga o‘tkazayotgan ijobiy va salbiy ta’sirlarida ijtimoiy makonda texnooptimizm hamda texnopissimizm shakllanishi asoslangan;
odamlar ehtiyojini qanoatlantirish, milliy intellektual salohiyatni yuksaltirish, insonlarning yaratuvchanlik qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarish globallashuv tendensiyalari sharoitida an’anaviy va zamonaviy jamiyat hamda texnogen sivilizatsiyani shakllantiruvchi omillar ekanligi falsafiy empirizm jihatidan dalillangan;
texnogen sivilizatsiya va milliy-ma’naviy taraqqiyotni ta’minlashning ijtimoiy zaruriyat sifatida dialektik aloqadorlikda kechishi aniqlanib, ular o‘rtasidagi qarama-qarshilikning mintaqaviy shart-sharoit, texnika taraqqiyoti, innovatsiya va novatsiya bilan bog‘liq obyektiv hamda shaxsiy identifikatsiya, manfaatlar to‘qnashuvi, siyosiy tizimga oid subyektiv omillari falsafiy determinizm nuqtayi nazaridan ochib berilgan;
mamlakatimizda texnogen sivilizatsiya yutuqlaridan jamiyat taraqqiyoti yo‘lida samarali foydalanish imkoniyatlari aniqlanib, uning mamlakat iqtisodiy barqarorligi, ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy taraqqiyoti hamda istiqboliga qaratilgan ekologik, iqtisodiy, texnologik muammolarni hal qilishdagi strategik ahamiyati siyosiy-falsafiy jihatdan asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Texnogen sivilizatsiyaning ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy taraqqiyotda namoyon bo’lish jarayonlariga oid ishlab chiqilgan ilmiy natijalar asosida:
texnogen ongning in’ikosi sifatida yuzaga kelgan va dinamik rivojlanish xususiyatiga ega bo‘lgan texnogen sivilizatsiyaning inson ma’naviy hayoti, jamiyat barqarorligi hamda davlat boshqaruviga o‘tkazayotgan ijobiy va salbiy ta’sirlarida ijtimoiy makonda texnooptimizm hamda texnopissimizm shakllanishi asoslanganligi bilan bog‘liq ilmiy yangilikdan O‘zbekiston «Adolat» sotsial-demokratik partiyasining «Yosh adolatchilar» qanoti va «Ayollar qanoti» a’zolari orasida texnogen sivilizatsiya davrida texnika va texnologiyalardan foydalanish qoidalari to‘g‘risidagi amaliy takliflardan foydalanilgan. Jumladan, partiyaning «Yosh adolatchilar» qanoti Nizomining 2.1 bandida yoshlarga jamiyatning muhim, qimmatli milliy resursi sifatida qarab, ularning mustaqil fikr va keng dunyoqarashga egaligi, shuningdek, intiluvchanligi va zamonaviy axborot texnologiyalaridan faydalanish qoidalari belgilangan bo‘lib, natijada yoshlar ishtirokida «Yoshlarni virtual olam tahdidlaridan himoya qilish zarurati» hamda «Virtual olamning ko‘rinmas tahdidi» mavzularidagi tadbirda foydalanilgan (O‘zbekiston «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashining 2023 yil 15 martdagi 01-04/65-son ma’lumotnomasi). Natijalar partiyaning texnogen sivilizatsiya sharoitida yoshlarni virtual olam tahdidlaridan himoyalanish borasidagi targ‘ibot ishlarida foydalanishga xizmat qilgan;
odamlar ehtiyojini qanoatlantirish, milliy intellektual salohiyatni yuksaltirish, insonlarning yaratuvchanlik qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarish globallashuv tendensiyalari sharoitida an’anaviy va zamonaviy jamiyat hamda texnogen sivilizatsiyani shakllantiruvchi omillar ekanligi falsafiy empirizm jihatidan dalillanganligiga oid ilmiy yangilikdan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023 yil uchun chora-tadbirlar dasturining III yo‘nalishida belgilangan «G‘oya va mafkura masalasi hamda ilm-fan va ma’rifat targ‘iboti» 13-bandi «Yangi ma’naviy makonni shakllantirishning dolzarb masalalari, bu borada ma’rifatparvar, ziyolilar, davlat va jamoat faollarini birlashtirish hamda «Yangi O‘zbekiston orzusi»ni ro‘yobga chiqarish bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlarini tashkil etish» mavzusidagi targ‘ibot ishlarini o‘tkazishda dissertatsiya materiallaridan foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2023 yil 11 martdagi 90-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalar mamlakatimizda texnogen sivilizatsiyaning imkoniyatlaridan samarali foydalanish va uning ijobiy natijalarini milliy ma’naviy taraqqiyotga yo‘naltirish, salbiy oqibatlaridan yoshlarni himoyalashning siyosiy-falsafiy jihatlarini tahlil qilish, texnogen ongni rivojlantirishning milliy g‘oya bilan yonma-yon kechishini ta’minlash, yangi O‘zbekiston yoshlariga uning ahamiyatini tushuntirishga xizmat qilgan;
texnogen sivilizatsiya va milliy-ma’naviy taraqqiyotni ta’minlashning ijtimoiy zaruriyat sifatida dialektik aloqadorlikda kechishi aniqlanib, ular o‘rtasidagi qarama-qarshilikning mintaqaviy shart-sharoit, texnika taraqqiyoti, innovatsiya va novatsiya bilan bog‘liq obyektiv hamda shaxsiy identifikatsiya, manfaatlar to‘qnashuvi, siyosiy tizimga oid subyektiv omillari falsafiy determinizm nuqtayi nazaridan ochib berilganligi borasidagi ilmiy yangilikdan O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasining 2023 yil 15 martdagi 02/02-13-son ma’lumotnomasi). Natijalar partiya tizimidagi hodimlarning ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishdagi bilim va ko‘nikmalarini oshirishga xizmat qilgan;
mamlakatimizda texnogen sivilizatsiya yutuqlaridan jamiyat taraqqiyoti yo‘lida samarali foydalanish imkoniyatlari aniqlanib, uning mamlakat iqtisodiy barqarorligi, ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy taraqqiyoti hamda istiqboliga qaratilgan ekologik, iqtisodiy, texnologik muammolarni hal qilishdagi strategik ahamiyati siyosiy-falsafiy jihatdan asoslanganligi bilan bog‘liq ilmiy yangilik O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi huzuridagi Yoshlar ishlari agentligi faoliyatida tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi huzuridagi Yoshlar ishlari agentligining 2023 yil 16 martdagi 4-13-21-688-son ma’lumotnomasi). Natijada, amalga oshirilayotgan islohotlar va mamlakatimiz yoshlarining ma’naviy-axloqiy dunyoqarashini o‘stirishga qaratilgan targ‘ibot ishlariga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish