To‘xtayeva Matluba Xakim qizi
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Imom Buxoriy ma’naviy merosida diniy tasavvurlarning milliy qadriyatlarga sinkretlashuv xususiyatlari”, 09.00.03 – Falsafa tarixi (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Fal622.
Ilmiy rahbar: Madayeva Shaxnoza Omonullayevna, falsafa fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.01.05.
Rasmiy opponentlar: Turayev Baxtiyor Omonovich, falsafa fanlari doktori, professor; Siddiqov Ilyosjon Baxromovich, falsafa fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy-amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Imom Buxoriy ma’naviy merosida diniy tasavvurlarning milliy qadriyatlarga sinkretlashuv xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Imom Buxoriy milliy merosining falsafiy, tarixiy retrospektiv jihatlari, alloma hadisshunoslik ilmidagi diniy-falsafiy tamoyillarni ratsional uyg‘unlashtiruvchi novatorlik g‘oyalari va hadis sanadining ob’ektivligini ta’minlovchi diniy bag‘rikenglik va insonparvarlik, ezgulik va javonmardlik tamoyillarining sinkretik diniy-falsafiy mohiyati ochib berilgan;
Imom Buxoriyning hadisshunoslik ilmidagi milliy va diniy qadriyatlar falsafasining islom aqoid qoidalarining milliy qadriyatlarga uyg‘unligi sinkretik, yondoshuv jihatlarining transformatsion xususiyatlari, ularning islom shariati normalari va tamoyillariga oid yangi hadis sanadi (12 tamoyiliy sharti), ma’rifatli ma’naviy makon barpo etishda hamda yoshlarni umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashda substansional asosga ega ekanligi ochib berilgan;
Imom Buxoriy sahih hadislarida mavjud bo‘lgan milliy va diniy qadriyatlar transformatsiyasini bayon qilish va zamonaviy hadisshunoslikning ratsional ilmiy-metodologik muammolari yechimidagi ontologik-gnoseologik tasniflash yo‘llari, aksiologik asoslarining konseptual nazariy ahamiyati asoslangan;
Imom Buxoriy hadislarining ta’lim-tarbiyaviy axloqiy kategoriyalar imperativligiga doir diniy-falsafiy, kognitiv yondashuvlari aniqlangan va undan bugungi kun yoshlari tarbiyasida samarali foydalanish yuzasidan tarixiy tajribaga asoslangan sahih hadislarning milliy tiklanish va ma’naviy yuksalish jarayonidagi konseptual goyalarni tatbiq qilishning kreativ usullari real jarayonga yonaltirilganligi, ularni chuqur anglashdagi mental-intellektual, jismoniy, nafsoniy, ruhiy jihatlari ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Imom Buxoriy ma’naviy merosida diniy tasavvurlarning milliy qadriyatlarga sinkretlashuv xususiyatlari mavzusidagi tadqiqot natijalari asosida:
Imom Buxoriyning hadisshunoslik ilmidagi milliy va diniy qadriyatlar falsafasining sinkretik, transformatsion xususiyatlari, ularning islom shariati normalari va tamoyillariga oid xulosalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022 yilda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturining IX yo‘nalishida belgilangan, respublikamizdagi keng qamrovli islohotlar mazmunini aholining turli qatlamlariga tushuntirish va mafkuraviy immunitetni mustahkamlash, buzg‘unchi g‘oyalardan ogoh etishga qaratilgan «Jaholatga qarshi ma’rifat», «Islom aqidaparastlikni qoralaydi», «Yoshlar ekstremizmga qarshi», «Islom terrorizmga qarshi» kabi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023 yil 2 fevraldagi 02-22/88-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalar Imom Buxoriy sahih hadislarining hozirgi kundagi ahamiyati va barkamol avlodni tapbiyalashga qaratilgan bilimlarning keng yoyilishiga zamin yaratgan;
Imom Buxoriy hadislar to‘plamida bayon etilgan milliy va diniy qadriyatlar transformatsiyasini bayon qilish va zamonaviy hadisshunoslikning ilmiy-metodologik muammolari echimidagi ahamiyatiga oid xulosalardan Imom Buxoriy xalqaro ilmiy tadqiqot markazining O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-son «2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida»gi Farmonining «Ma’naviy taraqqiyotni ta’minlash va sohani yangi bosqichga olib chiqish» beshinchi ustuvor yo‘nalishida o‘zbek xalqining milliy qadriyatlari va ma’naviy merosini asrab-avaylash, buyuk ajdodlarimizning boy ilmiy ta’limotlarini chuqur o‘rganish va uni keng targ‘ib etish bo‘yicha o‘tkazilgan targ‘ibot - tashviqot faoliyatida foydalanilgan (Imom Buxoriy xalqaro ilmiy tadqiqot markazining 2023 yil 8 fevraldagi 02/59-son ma’lumotnomasi). Natijalar yurtimiz yoshlari ongi, tafakkuriga Imom Buxoriy sahih hadislarini to‘g‘ri singdirishga qaratilgan ma’naviy targ‘ibot va tashviqot ishlarini tashkil etishga xizmat qilgan;
Imom Buxoriy hadislarining ta’lim-tarbiyaviy, axloqiy kategoriyalar tasnifi imperativligiga doir ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarida, targ‘ibot-tashviqot ishlarida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2023 yil 17 fevraldagi 4-13-21-480-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, islom dunyosining buyuk muhaddis va allomasi Imom Buxoriyning ilmiy-ma’naviy merosi, ijodiy faoliyati va shaxsiyati bilan bog‘liq ma’naviy-ma’rifiy merosini yoshlar orasida keng targ‘ib qilish hamda ilmiy-madaniy jamoatchilikni keng xabardor etish imkonini bergan;
Imom Buxoriy milliy merosining tarixiy petrospektiv jihatlari va alloma hadisshunoslik ilmidagi novatorlik g‘oyalari va innovatsion tamoyillarining falsafiy mohiyatiga doir ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining «O‘zbekiston tarixi» telekanali «Ochiq dars» ko‘rsatuvi senariysini yozishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2021 yil 21 dekabrdagi 40-40-1927-son ma’lumotnomasi). Natijada, senariyning nazariy-metodologik asoslari takomillashib, teletomoshabinlar tafakkurida Imom Buxoriy hadislarining ahamiyati to‘g‘risida tasavvur hosil qilishga xizmat qilgan.