O‘rinov Jasurbek Zuxriddinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Maktab yoshigacha bo‘lgan bolalarda tug‘ma maymoqlikni davolashni takomillashtirish», 14.00.22 – Travmatologiya va ortopediya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022/3/PhD/Tib506.
Ilmiy rahbar: Djuraev Axrarbek Maxmutovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.DSc.04/30.12. 2019.Tib.62.01.
Rasmiy opponentlar: Xo‘janazarov Ilxom Eshqulovich, tibbiyot fanlari doktori; Umarxo‘jaev Fatxulla Riqsixodjaevich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi tug‘ma maymoqlikni tashxislash, xirurgik davolash va reabilitatsiya qilishni takomillashtirish orqali davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
erta yoshdagi tug‘ma maymoq bolalarda Axill payini ignaning kesuvchi qismi yordamida ko‘ndalang xarakatlar bilan kesilib, pay oxirlarini bir-biridan uzoqlashtirib, maxsus tovush xosil bo‘lgunigacha kesilib, oyoq panjasi kaft usti bukilishini 20-25° gacha ko‘payishiga olib keluvchi kaminvaziv teriosti ko‘ndalang tenotomiya usuli ishlab chiqililgan.
tug‘ma maymoq bolalarda qo‘llanilanish uchun ishlab chiqilgan ortezli moslamaning reabilitatsiya davrida qo‘llanilishi oyoq panjasining erishilgan korreksiya xolatida ushlab turilishini ta’minlab va tug‘ma maymoqliq residivini oldini olinishi isbotlangan.
tug‘ma maymoqlikni og‘irlik darajasini tashxislovchi podometrik usul bilan jarroxlik amaliyotidan oldingi va keyingi davrlarda oyoq panjasi old qismi adduksiya burchagini sxematik ravishda aniqlab, ob’ektiv baxolash imkoniyati beruvchi tashxislash usuli ishlab chiqilgan.
tug‘ma maymoqlikni qiyosiy tashxislash uchun Pirani baxolash shkalasi, rentgenologik va podometrik burchaklari ma’lumotlaridan foydalangan xolda oyoq panjasi deformatsiyasi xolatiga asoslanib, og‘irlik darajasini baxolavchi tashxislash usuli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy markazi Ekspert kengashining 2023 yil 24 mayidagi 03/10-son xulosasiga ko‘ra (ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘likni saqlash vazirligiga Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy markazining 2022 yil 12 dekabrdagi 03/1531-sonli xati yuborilgan): Erta yoshli tug‘ma maymoq bolalarda ambulator ravishda davo samarasini pasaytirmagan xolatda, yaxshi kosmetik natijaga erishildi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Respublika bolalar ortopediya markazi (23.10.2021y.; №41), Namangan viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi klinik shifoxonasi (11.09.2021y.; №52) amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: erta yoshli tug‘ma maymoq bolalarda operatsiyadan so‘nggi chandiqlarni oldini olib va shuning xisobiga nuqson residivini kamaytirish imkonini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1) Kaminvaziv axillotomiya jarayonida tibbiyot xodimlari vaqti va bog‘lov materiallarining tejab qolishiga erishildi. 2) Kaminvaziv axillotomiya o‘tkazilgandan so‘nggi davrlarda operatsiyadan so‘nggi jaroxat chandig‘i xajmining kichikligi tufayli residiv xolatini kamaytirilishiga va bu o‘z navbatida bemor uchun sarflanadigan ota-onalar va davlat byudjeti mablag‘larining tejalishiga olib keldi. Xulosa: Bolalar tug‘ma maymoqligini kaminvaziv axillotomiya usulida davolanganda iqtisod qilish imkonini berdi. O‘rinov Jasurbek Zuxriddinovichning «Maktab yoshigacha bo‘lgan bolalarda tug‘ma maymoqlikni davolashni takomillashtirish» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining 2022 yil 12 dekabrdagi 03/1531-sonli xati yuborilgan.
tug‘ma maymoqlikni reabilitatsion davo davrida qo‘llash uchun ishlab chiqilgan ortezli moslama xamyonbop va qo‘llashga qulayligini isbotladi. Davolashning erta va kechki davrlarida o‘z samarasini berdi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Respublika bolalar ortopediya markazi (23.10.2021y.; №41), Namangan viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi klinik shifoxonasi (11.09.2021y.; №52) amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: bolalarda tug‘ma mayoqlikni davolash bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalari asosida ishlab chiqilgan «Maymoqlikni davolash uchun moslama» qo‘llanilgan bemorlarda  olingan natijalar davolashning yaqin va uzoq natijalarini 89,4%gacha yaxshilanishiga, operatsiyadan keyingi asoratlarning 1,88 barobar kamayishiga olib keldi va davolash sifatini yaxshilanganligi di. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: TMni reabilitatsiya davrida qo‘llanishi uchun ishlab chiqilgan ortezli moslama xorijda ishlab chiqarilgan moslama bilan taqqoslangandi 650.000 so‘m arzonga tayyor  bo‘lganligi aniqlandi. Xulosa: tug‘ma maymoqlik bilan davolanayotgan bolalarda reabilitatsiya davrida deformatsiya komponentlarining residiv berishini oldini olishda o‘z samarasini berib,iqtisod qilish imkonini berdi. O‘rinov Jasurbek Zuxriddinovichning «Maktab yoshigacha bo‘lgan bolalarda tug‘ma maymoqlikni davolashni takomillashtirish» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining 2022 yil 12 dekabrdagi 03/1531-sonli xati yuborilgan.
ishlab chiqilgan bu usul davolashdan oldingi, erta va kechki natijalarni solishtirish imkonini berdi. Bu usul shifokorlar vaqtini tejab statsionar va ambulator ravishda tekshirish imkonini yaratdi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Respublika bolalar ortopediya markazi (23.10.2021y.; №41), Namangan viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi klinik shifoxonasi (11.09.2021y.; №52) amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Poliklinika yoki statsionar sharoitlarda qisqa muddatda tashxislash imkonini yaratdi. Olingan natijalarni erta va kechki davrlarida bir-biri bilan solishtirish imkonini berdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Tug‘ma maymoqlik bilan davolanayotgan bolalarni vaqtini va moliyaviy xolatini tejagan xolda, qisqa muddatlarda tashxislash va olingan ma’lumotlarni tasdiqlashni ta’minladi. Xulosa: Ishlab chiqilgan tashxislash va davo usulini tanlash dasturi oyoq panjasi nuqsoni og‘irlik darajasini to‘g‘ri baxolab, kerakli davo usulini tanlash imkonini yaratib, iqtisod qilish imkonini berdi. O‘rinov Jasurbek Zuxriddinovichning «Maktab yoshigacha bo‘lgan bolalarda tug‘ma maymoqlikni davolashni takomillashtirish» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining 2022 yil 12 dekabrdagi 03/1531-sonli xati yuborilgan.
tug‘ma maymoqlikni og‘irlik darajasini qisqa fursatlarda baxolash va kerakli davo turini tanlash imkonini yaratdi. Bu usuldan ambulator sharoitda xam foydalanish imkoniyati mavjud. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Respublika bolalar ortopediya markazi (23.10.2021y.; №41), Namangan viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi klinik shifoxonasi (11.09.2021y.; №52) amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tug‘ma maymoqlikni og‘irlik darajasi va jarroxlik amaliyotidan oldingi va keyingi davrlarda qiyosiy tashxislash mezonlarini aniqlash, residiv xolatlari kuzatilganda davo-choralarini ilmiy asoslangan ravishda tanlash, va jarroxlik amaliyotida kaminvaziv axillotomiya usulidan foydalanilgandan so‘nggi natijalarni baxolash, jarroxlik amaliyotidan keyingi davrlarda ijobiy kosmetik natija olinishini o‘rganishga xissa qo‘shishi bilan izohlanadi. Olingan natijalar davolashning yaqin va uzoq natijalarini 95,3 % gacha yaxshilanishiga, operatsiyadan keyingi residivlarning 1,8 barobar kamayishiga olib kelgan va tashxislash usulining samaraligigi isbotlangan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1) 1 yoshgacha bo‘lgan bolalarda Pirani baxolash shkalasidan foydalanildi. 2) 1 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarda rentgenologik va podometrik burchaklari ma’lumotlaridan foydalangan xolda oyoq panjasi deformatsiyasi xolatiga asoslanib, patologiyani korreksiyalashda xal qiluvchi imkoniyatga ega ekanligi isbotlangan.  Taklif etilgan tashxislash va davolash usullarini tadbiq qilish orqali 1,8 %  gacha ijobiy natija olinganligi isbotlangan. Xulosa:ingichka ichak atreziyasi bilan tug‘ilgan chaqaloqlarda  operatsiyadan oldingi va keyingi davrlarda  o‘limga olib keluvchi omillarni erta bartaraf etish chora tadbirlari ishlab chiqish va amaliyotda qo‘llanilishi iqtisod qilish imkonini berdi. O‘rinov Jasurbek Zuxriddinovichning «Maktab yoshigacha bo‘lgan bolalarda tug‘ma maymoqlikni davolashni takomillashtirish» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining 2022 yil 12 dekabrdagi 03/1531-sonli xati yuborilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish