Shamshimetov Dilshod Fayzaxmatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Katta boldir suyagi do‘ngliklari eskirgan bo‘gim ichi sinishlarini tashxislash va davolashni optimallashtirish”, 14.00.22–Travmatologiya va ortopediya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/ Tib1266.
Ilmiy rahbar: Irismetov Murodjon Ergashevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.62.01.
Rasmiy opponentlar: Xujanazarov Ilxom Eshkulovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Akramov Voxidjon Rustamovich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi katta boldir suyagi do‘ngliklari eskirgan bo‘g‘im ichi sinishlarini xirurgik davolash usulini artroskop qo‘llash orqali optimallashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
artroskop yordami bilan katta boldir suyagi do‘ngligi eskirgan kompression sinishlarini noto‘g‘ri bitgan suyak bo‘laklarini osteotomiya qilish, gialin tog‘ay kavatini subxondral suyak bilan ko‘tarish, do‘nglik bo‘g‘im yuzasini tiklash, jaroxatlangan meniskni va chandiq to‘qimalarni olib tashlash, plastina va vintlar bilan osteosintez qilish orqali amalga oshiriladigan jarroxlik amaliyoti usuli ishlab chiqilgan.
noto‘g‘ri bitgan yoki bitayotgan katta boldir suyagi sinishlarini artroskop yordamida bo‘g‘im yuzasidan 45° burchak ostida yarimoysimon osteotomiyasi takomillashtirilgan, bu usul orqali bo‘g‘im yuzasi bo‘laklarini artroskopik repozisiya qilish amalga oshirilib, bo‘g‘imning tayanch yuzasini kengaytirish va bo‘g‘im xarakatini engillashtirish asoslangan;
katta boldir suyagi do‘ngligi eskirgan bo‘g‘im ichi sinishlarini xirurgik davolashning optimallashtirilgan stabil miniinvaziv usulini tanlash taktikasi keng ko‘lamli diagnostika tekshiruvlari natijalari bo‘yicha ishlab chiqilgan ball tizimiga asoslangan, bunda artroskop yordami bilan bajarilgan osteotomiya va osteosintez muolajalari 15 balldan yuqori bo‘lishi muhimligi isbotlangan.
bo‘g‘im yuzasining 4 mmdan ortiq bo‘lgan qoldiq impressiyasi, katta boldir suyagi do‘ngligining 1/2gacha deformatsiyasi va tizza bo‘g‘imi suyaklari o‘qining varus/valgusli og‘ishi operativ muolaja uchun ko‘rsatma ekanligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy markazi Ekspert kengashining 2023 yil 23 martidagi 03/5-son xulosasiga ko‘ra (ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘likni saqlash vazirligiga Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy markazining 2023 yil 20 yanvardagi 03/80a-son xati yuborilgan):
katta boldir suyagi do‘ngligi eskirgan bo‘g‘im ichi sinishlarini davolash uchun tavsiya etilgan usuli jarrohlik vaqtini kamaytirishi, erta reabilitatsiyani boshlash imkonini berishi va tizza bo‘g‘imi funksiyasining to‘liq tiklaninishga imkon berdi (Intellektual mulk agentligining patenti IAP 05726, 25.12.2018). Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy markazi (11.08.2020 y.; №109a), Buxoro (13.08.2020 y.; №42) va Samarqand (13.08.2020 y.; №23) viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi klinikalari amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: • jarrohlik davolash usulini ishlab chiqish oyoq o‘qini tekislashi, jarrohlik aralashuvi vaqtini qisqartirishi, erta reabilitatsiya boshlash va tizza bo‘g‘imlari funksiyasini to‘liq tiklash imkoniyati tufayli qoniqarsiz natijalar ulushini 7,1% gacha kamaytirishga imkon beradi; • yumshoq to‘qimalarga kam jaroxat etkazish, asoratlarning kamayishi, statsionar davo muddatining qisqarishi, reabilitatsiya muddatlarining kamayishi, 83,9% xollarda yaxshi natijalar olish imkonini beradi; • taklif etilgan jarrohlik davolash usulidan foydalanish katta boldir suyagi do‘ngligi eskirgan bo‘g‘im ichi sinishlarini tashxislash va davolash sifatini yaxshiladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1) bemorning shifoxonadagi davri uchun: - bemorning shifoxonada qolish muddatini 12 kundan 5 kungacha qisqartirtirib, shifoxonada qolish to‘lov miqdori taxminan 2065000 so‘mga kamaytirdi (shifoxonada 1 kun qolish 295000 so‘mni tashkil qiladi); - endoprotezlash operatsiyasi bilan takldif etilgan jarrohlik muolajasining farqi 1400000 so‘m iqtisod qilishga imkon beradi; - endoprotez implantlarini ishlatmaslik esa o‘z navbatida yana ishlatilayotgan metall moslamalar bilan farqini 19000000 so‘mni tashkil etadi; 2) yuqoridagi ko‘rsatmalar bo‘yicha davolangan bemorlarning erta reabilitatsiyasini boshlash ularning vertikalizatsiyasi tezlashtiradi va keyinchalik nogironlik sabablarini bartaraf etish imkonini beradi. Xulosa: artroskop yordami bilan katta boldir suyagi do‘ngligi eskirgan kompression sinishlarini noto‘g‘ri bitgan suyak bo‘laklarini osteotomiya qilish, gialin tog‘ay kavatini subxondral suyak bilan ko‘tarish, do‘nglik bo‘g‘im yuzasini tiklash, jaroxatlangan meniskni va chandiq to‘qimalarni olib tashlash, plastina va vintlar bilan osteosintez qilish orqali amalga oshiriladigan jarroxlik amaliyoti usuli 1ta bemor uchun 22465000 so‘m iqtisod qilishga imkon berdi. Shamshimetov Dilshod Fayzaxmatovichning «Katta boldir suyagi do‘ngligi eskirgan bo‘g‘im ichi sinishlarini tashhislash va davolashni optimallashtirish» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘likni saqlash vazirligiga Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy markazining 2023 yil 20 yanvardagi 03/80a-son xati yuborilgan.
noto‘g‘ri bitgan yoki bitayotgan katta boldir suyagi sinishlarini artroskop yordamida bo‘g‘im yuzasidan 45° burchak ostida yarimoysimon osteotomiyasi takomillashtirish katta boldir suyagi do‘ngligi eskirgan bo‘g‘im ichi sinishlarini artrotomiyasiz artroskop yordamida korreksiyalovi osteotomiya qilish bo‘g‘im yuzalari mutanosibligini to‘liq tiklashga yordam berishi va jaroxatdan keyingi osteoartrozning oldini oldi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy markazi (11.08.2020 y.; №109a), Buxoro (13.08.2020 y.; №42) va Samarqand (13.08.2020 y.; №23) viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi klinikalari amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: • Olingan natijalar katta boldir suyagi do‘ngligi eskirgan sinishi bo‘lgan bemorlarni diagnostika va sifati davolash samaradorligini oshirishga va endoprotezlashga bo‘lgan talabni 10% ga kamaytirish imkonini bergan shu bilan birga davolash sifatini yaxshiladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: bemorning shifoxonadagi davri uchun: - bemorning shifoxonada qolish muddatini 12 kundan 5 kungacha qisqartirtirib, shifoxonada qolish to‘lov miqdori taxminan 2065000 so‘mga kamaytirdi (shifoxonada 1 kun qolish 295.000 so‘mni tashkil qiladi); - endoprotezlash operatsiyasi bilan takldif etilgan jarrohlik muolajasining farqi 1400000 so‘m iqtisod qilishga imkon beradi; - endoprotez implantlarini ishlatmaslik esa o‘z navbatida yana ishlatilayotgan metall moslamalar bilan farqini 19000000 so‘mni tashkil etadi. Xulosa: noto‘g‘ri bitgan yoki bitayotgan katta boldir suyagi sinishlarini artroskop yordamida bo‘g‘im yuzasidan 45° burchak ostida yarimoysimon osteotomiyasi takomillashtirish 1ta bemor uchun 22465000 so‘m iqtisod qilishga imkon berdi. Shamshimetov Dilshod Fayzaxmatovichning «Katta boldir suyagi do‘ngligi eskirgan bo‘g‘im ichi sinishlarini tashhislash va davolashni optimallashtirish» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘likni saqlash vazirligiga Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy markazining 2023 yil 20 yanvardagi 03/80a-son xati yuborilgan.
klinik-rentgenologik, MRT va MSKT ma’lumotlarini tahlil qilish asosida katta boldir suyagi do‘ngligi eskirgan bo‘g‘im ichi sinishlarini davolash uchun ishlab chiqilgan algoritm funksional va anatomik natijalarni yaxshilashga va davolanish vaqtini qisqartirishga imkon beradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy markazi (11.08.2020 y.; №109a), Buxoro (13.08.2020 y.; №42) va Samarqand (13.08.2020 y.; №23) viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi klinikalari amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: • klinik va rentgenologik, MRT va MSKT ma’lumotlarini tahlil qilish asosida ishlab chiqilgan algoritmdan foydalanib, katta boldir suyagi do‘ngligi eskirgan bo‘g‘im ichi sinishlarini davolashning funksional va anatomik natijalarini yaxshiladi, jarrohlik va umumiy davolanish vaqtini qisqartirdi, erta reabilitatsiyani boshlash va bo‘g‘im funksiyasini to‘liq tiklash imkonini berdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: katta boldir suyagi do‘ngligi eski bo‘g‘im ichi sinishlari diagnostikasi kopleksli bo‘lishi va uning fizikal va rentgen tekshiruvlarga asoslanib qabul qilingan algoritmini MSKT, MRT va artroskopiya bilan to‘ldirish tavsiya etilishi, rentgenologik, MSKT, MRT va artroskopik tekshiruvlarga ko‘ra, katta boldir suyagi do‘ngligi eski bo‘g‘im ichi sinishlari bo‘lgan bemorlarni jarrohlik davolash usulini tanlash uchun ishlab chiqilgan algoritm travmadan keyingi asoratlarni oldini olish uchun to‘g‘ri jarrohlik davolash taktikasini tanlashga imkon berish natijasida nogironlik darajasini pasaytirish iqtisod qilish imkonini berdi. Xulosa: katta boldir suyagi do‘ngligi eskirgan bo‘g‘im ichi sinishlarini xirurgik davolashning optimallashtirilgan stabil miniinvaziv usulini tanlash taktikasini qo‘llash noto‘g‘ri va qimmat davo turlarini qo‘llamaslik hisobiga mablag‘larni iqtisod qilishga imkon berdi. Shamshimetov Dilshod Fayzaxmatovichning «Katta boldir suyagi do‘ngligi eskirgan bo‘g‘im ichi sinishlarini tashhislash va davolashni optimallashtirish» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘likni saqlash vazirligiga Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy markazining 2023 yil 20 yanvardagi 03/80a-son xati yuborilgan.
bo‘g‘im yuzasining 4 mmdan ortiq bo‘lgan qoldiq impressiyasi, katta boldir suyagi do‘ngligining 1/2gacha deformatsiyasi va tizza bo‘g‘imi suyaklari o‘qining varus/valgusli og‘ishi operativ muolaja uchun ko‘rsatmadan foydalanish oyoq o‘qini tekislashi, jarrohlik aralashuvi vaqtini qisqartirishi, erta reabilitatsiya boshlash va tizza bo‘g‘imlari funksiyasini to‘liq tiklash imkoniyati tufayli qoniqarsiz natijalar ulushini 7,1% gacha kamaytirdi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy markazi (11.08.2020 y.; №109a), Buxoro (13.08.2020 y.; №42) va Samarqand (13.08.2020 y.; №23) viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi klinikalari amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: • artroskopik yordamdan foydalanish katta boldir suyagi do‘ngligi eski bo‘g‘im ichi sinishlari bo‘lgan bemorlarning jarrohlik usulida davolash ko‘rsatkichlarini kengaytiradi va 83,9% hollarda yaxshi natijalarga erishishga imkon beradi, bu esa jarroxlik amaliyoti vaqtida to‘qimalarning kamroq shikastlanishi, minimal asoratlar, statsionar davolanishning qisqa muddati va tizza bo‘g‘imining funksional tiklanish vaqtini qisqartirish bilan davolash sifatini yaxshiladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1) bemorning shifoxonadagi davri uchun: - bemorning shifoxonada qolish muddatini 12 kundan 5 kungacha qisqartirtirib, shifoxonada qolish to‘lov miqdori taxminan 2065000 so‘mga kamaytirdi (shifoxonada 1 kun 295000 so‘mni tashkil qiladi); - endoprotezlash operatsiyasi bilan takldif etilgan jarrohlik muolajasining farqi 1400000 so‘m iqtisod qilishga imkon beradi; - endoprotez implantlarini ishlatmaslik esa o‘z navbatida yana ishlatilayotgan metall moslamalar bilan farqini 19000000 so‘mni tashkil etadi; 2) yuqoridagi ko‘rsatmalar bo‘yicha davolangan bemorlarning erta reabilitatsiyasini boshlash ularning vertikalizatsiyasi tezlashtiradi va keyinchalik nogironlik sabablarini bartaraf etish imkonini beradi. Xulosa: artroskop yordami bilan katta boldir suyagi do‘ngligi eskirgan kompression sinishlarini noto‘g‘ri bitgan suyak bo‘laklarini osteotomiya qilish, gialin tog‘ay kavatini subxondral suyak bilan ko‘tarish, do‘nglik bo‘g‘im yuzasini tiklash, jaroxatlangan meniskni va chandiq to‘qimalarni olib tashlash, plastina va vintlar bilan osteosintez qilish orqali amalga oshiriladigan jarroxlik amaliyoti usuli 1ta bemor uchun 22465000 so‘m iqtisod qilishga imkon berdi. Shamshimetov Dilshod Fayzaxmatovichning «Katta boldir suyagi do‘ngligi eskirgan bo‘g‘im ichi sinishlarini tashhislash va davolashni optimallashtirish» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘likni saqlash vazirligiga Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy markazining 2023 yil 20 yanvardagi 03/80a-son xati yuborilgan.