Uzokov Jamol Kamilovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «YuIK bemorlarida klopidogrel metabolizmini boshqaruvchi genlarni hisobga olgan holda teri orqali koronar aralashuvdan keyingi antiagregant davoni samaradorligi», 14.00.06 – Kardiologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/Tib1076.
Ilmiy rahbar: Alyavi Baxromxon Anisxonovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy–amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.64.01.
Rasmiy opponentlar: Zakirov Nodir Uzuevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Tashkenbaeva Eleonora Negmatovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek populyasiyasidagi yurak ishemik kasalligi bilan og‘rigan hamda tojsimon arteriyalarda stentlash amaliyoti o‘tkazgan bemorlarda CYP2C19 genining polimorfizmlariga qarab samarali antiagregant davo sxemasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Klinik amaliyotda ilk bor o‘zbek populyasiyasidagi yurak ishemik kasalligi bilan og‘rigan hamda tojsimon arteriyalarda rejali ravishda stentlash amaliyoti o‘tkazgan bemorlarda klopidogrelga chidamli bemorlarlarning klinik toifasini aniqlash usuli ishlab chiqilgan.
yurak ishemik kasalligi bilan og‘rigan tojsimon arteriyalarda stentlash amaliyoti o‘tkazgan klopidogrelga chidamli bemorlarda klopidogrelga sezgir bemorlarga nisbatan stenokardiya klinik belgilarining yaqqol ifodalanganligi, sistolik qon bosimi va yurak qisqarishlari sonining yuqori bo‘lishi hamda exokardiografik tekshiruv asosida chap qorinchaning otish fraksiyasini kam ekanligi, chap qorincha so‘ngi sistolik va diastolik hajmining yuqori bo‘lishi kabi noxush me’zonlarning xarakterli ekanligi aniqlangan;
YuIK bemorlarida klopidogrelga chidamlilik rivojlanishi tabiati, chastotasi va darajasini interleykinlar va yallig‘lanish omillari miqdori, lipid ko‘rsatkichlari hamda koagulyasion gemostaz faoliyatiga bog‘liqligi isbotlangan;
o‘zbek populyasisidagi YuIK bemorlarida klinik, laborator va instrumental tekshiruvlar bilan bir qatorda klopidogrel metabolizmini boshqaruvchi genlar faoliyatini molekulyar-genetik tekshiruv natijalariga binoan antiagregant davoning samarali personallashgan rejimini ishlab chiqilgan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Yurak ishemik kasalligi bilan og‘rigan tojsimon arteriyalarda stentlash amaliyoti o‘tkazish rejalashtirilgan bemorlarda klopidogrel metabolizmini boshqaradigan gen polimorfizmlarini inobatga olgan holatda hamda antiagregant davoni samaradorligini baholash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
YuIK bilan og‘rigan hamda tojsimon arteriyalarda stentlash amaliyoti o‘tkazish rejalashtirilgan o‘zbek populyasiyasidagi bemorlarda antiagregant davoning samaradorligini baholash maxsus usulga ko‘ra takomillashtirib, ushbu usul kuzatilishi mumkin bo‘lgan asoratlar kamaytiradi va shifo jarayonini tezlashtiradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: YuIK bilan og‘rigan tojsimon arteriyalarda stentlash amaliyoti o‘tkazish rejalashtirilgan o‘zbek populyasiyasidagi bemorlar uchun ishlab chiqilgan personallashgan antiagregant davo usuli Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi (15.08.2022 y.), Buxoro viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (08.09.2022 y.), Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Qarshi filiali (14.09.2022 y.) hamda Navoiy viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida (23.08.2022 y.) joriy qilish dalolatnomalariga asosan amaliyotga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: • YuIK bemorlarida tojsimon arteriyalardagi stentlash amaliyoti bo‘yicha stentlash amaliyoti vaqtida va undan keyin yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan trobotik asoratlar sonini minimallashtiradi; • amaliyotdan keyingi reabilitatsiya sifatini oshiradi; • bemorlarning hayot sifatini yaxshilaydi; • takroriy invaziv aralashuvlar chastotasini 16% gacha kamaytiradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: yangi personallashgan usulining joriy qilinishi hisobiga 1 nafar bemor uchun 2 240 000 so‘m iqtisod qilindi. Qayta jarrohlik amaliyoti darajasini 16% foizga kamaytirgan (1 nafar bemordan 2 240 000 so‘m iqtisod qilinsa yiliga 110 nafar bemordan 18 nafar bemorga ikkilamchi invaziv amaliyot kamaytirildi, demak bir nafar bemordan 2 240 000 so‘m iqtisod qilinsa yillik iqtisodiy kursatkich 40 320 000 so‘mni (18 nafar bemor uchun) tashkil etadi. Xulosa: yangi jarroxlik amaliyotining joriy qilinishi bir nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 4 480 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 2 240 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «YuIK bemorlarida klopidogrel metabolizmini boshqaruvchi genlarni hisobga olgan holda teri orqali koronar aralashuvdan keyingi personallashgan davo usuli» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 7 oktyabrdagi 8n-z/528-sonli xulosasi olingan.
tojsimon arteriyalarda stentlash amaliyoti o‘tkazish kerak bo‘lgan bemorlarda antiagregant davoni optimallashtirish maqsadida ishlab chiqilgan usullar klopidogrel bilan o‘tkazilgan antiagregant davoga chidamlilik rivojlanishini bashorat qilish bilan bir qatorda asoratlar rivojlanishini sezilarli darajada kamaytiradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi (15.08.2022 y.), Buxoro viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (08.09.2022 y.), Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Qarshi filiali (14.09.2022 y.) hamda Navoiy viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida (23.08.2022 y.) joriy qilish dalolatnomalariga asosan amaliyotga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: • tojsimon arteriyalarda stentlash amaliyotida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan asoratlar sonini minimallashtiradi; • asoratlarning chastotasini kamaytirish orqali bemorlar amaliyotdan keyingi reabilitatsiya tez amalga oshadi va faol ijtimoiy va mehnat faoliyatiga qaytaradi; • ushbu kasallika chalingan bemorlarning hayot sifatini yaxshilaydi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: kasallikni keltirib chiqaruvchi va asoratlarni paydo bo‘lishiga olib keluvchi omillarning aniqlanishiga ko‘ra 1 nafar bemor uchun 2 240 000 so‘m iqtisod qilindi (intervension kardiologik jarroxlik amaliyotlari paytida kasallik asoratlari rivojlanishini oldini oladi, bu esa yiliga umumiy bemorlarning 16% yurak ishemik kasallikli bemorlar gospitalizatsiyasini va davolashni kamaytiradi va bemorlar umumiy xarajatlarini 53 760 000 (24 nafar bemor uchun) sumga iqtisod qiladi). Xulosa: yangi jarroxlik amaliyotining joriy qilinishi bir nafar bemor hisobidan byudjet mablag‘larini 33 600 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 20 160 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini beradi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «YuIK bemorlarida klopidogrel metabolizmini boshqaruvchi genlarni hisobga olgan holda teri orqali koronar aralashuvdan keyingi personallashgan davo usuli» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 7 oktyabrdagi 8n-z/528-sonli xulosasi olingan.
qondagi yallig‘lanish va qoldiq yallig‘lanish, interleykinlar, lipid hamda koagulyasion gemostaz ko‘rsatkichlari miqdori yuqori bo‘lsa klopidogrelga chidamlilik rivojlanish xavfi yuqori bo‘ladi, bu esa stentlash amaliyoti natijalarini prognozlash va davolash imkonini yaxshilaydi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi (15.08.2022 y.), Buxoro viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (08.09.2022 y.), Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Qarshi filiali (14.09.2022 y.) hamda Navoiy viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida (23.08.2022 y.) joriy qilish dalolatnomalariga asosan amaliyotga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: • stentlash amaliyotidan keyingi asoratlar rivojlanishining oldini olish choralarini belgilaydi; • stentlash amaliyotidan keyingi asoratlarni bartaraf etish usullarini optimallashtiradi; • ushbu amaliyotdan keyin bemorlarning hayot sifatini yaxshilaydi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1 nafar bemor uchun stentlash amaliyotidan keyingi klopidogrel bilan o‘tkazilgan ikki karra antiagregant davo samaradorligi bilan chambarchas bog‘liq bulib, ishlab chiqilgan usul bemorlarning amaliyotdan keyingi kasalxonadan tashqari reabilitatsiyasi va davlolash xarajatlarining quyidagicha iqtisod bulishiga olib keldi: qayta kurik – 55 000 sum; qayta koronarografiya tahlili – 3 400 000 sum; dori- darmonlar xarajati – 50 000 sum (umumiy iqtisodiy samaradorlik 1 bemor uchun 3 505 000 sum tashkil qildi, yillik qaytalangan bemorlar soni 3, umumiy iqtisodiy samaradolik esa 10 515 000 so‘mni tashkil qildi). Xulosa: yangi jarroxlik amaliyotining joriy qilinishi 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 2 336 664 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 1 168 336 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «YuIK bemorlarida klopidogrel metabolizmini boshqaruvchi genlarni hisobga olgan holda teri orqali koronar aralashuvdan keyingi personallashgan davo usuli» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 7 oktyabrdagi 8n-z/528-sonli xulosasi olingan.
yurak ishemik kasalligi bilan og‘rigan hamda tojsimon arteriyalarda stentlash amaliyoti o‘tkazgan o‘zbek populyasiyasidagi bemorlarda klinik, laborator, instrumental va molekulyar-genetik tekshiruv natijalariga binoan antiagregant davo taktikasi optimallashtirilgan bo‘lib, bu orqali YuIK bilan og‘rigan bemorlarda teri orqali koronar aralashuvdan keyingi tromboz bilan aloqador asoratlarni kamayishiga va umr davomiyligini ortishiga erishiladi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi (15.08.2022 y.), Buxoro viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (08.09.2022 y.), Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Qarshi filiali (14.09.2022 y.) hamda Navoiy viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida (23.08.2022 y.) joriy qilish dalolatnomalariga asosan amaliyotga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: • tojsimon arteriyalarda stentlash amaliyotidan keyingi antiagregant davoni optimallashtirish orqali yurak ishemik kasalligi bilan og‘rigan bemorlarni davolash natijalarini yaxshilaydi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1 nafar bemorning shifoxonadagi davri uchun iqtisodiy kursatkich: • bemorning shifoxonada qolish muddatini 5,2 kundan 3,2 kunga (2 kunga) qisqartirtirib, shifoxonada qolish to‘lov miqdori 300 000 so‘mga kamaytirdi (RIT va TRIATMning preyskurantiga ko‘ra shifoxonada 1 kun qolish 150 000 so‘mni tashkil qiladi); • shifoxonada bo‘lish davrining 2 kunga qisqartirilishi hisobiga 350 000 so‘mlik dori-darmon kam talab etiladi (1 kunga o‘rtacha 175 000 so‘m dori vositalari sarflanadi). Yuqoridagilarga ko‘ra 1 bemor uchun iqtisodiy samaradorlik 650 000 so‘mni, jami yillik iqtisodiy samaradorlik 71 500 000 so‘mni tashkil etadi (110 ta bemordagi amaliyot bo‘yicha 650 000*110=71 500 000 so‘mni tashkil etadi (reabilitatsiya xarajatlarini kamaytirish hisobiga; byudjet mablag‘larini 48 260 000 so‘m va byudjetdan tashqari mablag‘larni 23 240 000 so‘m). Xulosa: yangi usulni joriy qilinishi 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 433 330 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 216 670 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «YuIK bemorlarida klopidogrel metabolizmini boshqaruvchi genlarni hisobga olgan holda teri orqali koronar aralashuvdan keyingi personallashgan davo usuli» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 7 oktyabrdagi 8n-z/528-sonli xulosasi olingan.