Maxsumxonov Qulfiddinxon A’zamxonovichning
fan doktori (DSs) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonda tugallangan suisidning ijtimoiy-tibbiy va sud-tibbiy masalalari», 14.00.24 – Sud tibbiyoti (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.DSc/Tib102.
Ilmiy maslahatchi: Giyasov Zaynitdin Asamutdinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi DSc.04/30.12.2019.Tib.30.03.
Rasmiy opponentlar: Iskandarov Alisher Iskandarovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Rustamova Xamida Elemesovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Mariya Antonia Martinez, MD (Ispaniya)
Yetakchi tashkilot: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tugallangan suisid holatlarida sud-tibbiy ekspertizalarni tayinlash, tashkil etish va o‘tkazishni takomillashtirish hamda o‘zini o‘ldirish holatlarining oldini olishga doir maqsadli yo‘naltirilgan tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekistonda sud-tibbiy ekspertiza materiallari bo‘yicha tugallangan suisiddan o‘lim turlari strukturasi, ularni suisidentlarning jinsi, yoshi, etnik guruhlari, hududlar bo‘yicha xususiyatlari, shuningdek, hodisalarning sodir etilishini hafta kunlari, oy, yil mavsumlari bo‘yicha xususiyatlarga ega ekanligi isbotlangan;
mamlakatning turli hududlarida (Toshkent shahri, Samarqand, Farg‘ona, Xorazm viloyatlari), turli davrlarda sodir etilgan suisid holatlarining qiyosiy, dinamik xususiyatlari shuningdek, tugallangan suisidning gender xususiyatlari mavjudligi asoslangan; 
ilk bor alkogolli ichimliklarni iste’mol qilish bilan suisiddan o‘lim ko‘rsatkichlari o‘rtasida bevosita bog‘liqlik mavjud emasligi isbotlangan;
tugallangan suisid hodisalari o‘zining ichki mohiyatga ega bo‘lgan ijtimoiy hodisa va uning ichki xususiyatlari hodisalarning mazkur hudud uchun doimiyligi va o‘lim ko‘rsatkichlari dinamikasiga xos bo‘lgan davriyligida namayon bo‘lishi isbotlangan;
suisid hollarida murdalarning sud-tibbiy ekspertizasini amalga oshirishda ekspertizagacha bo‘lgan davrida, ekspertiza jarayonidan va undan keyingi bosqichlarning  sifatini oshirish va tartibini takomillashtirish  chora-tadbirlari ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekistonda tugallangan suisidning ijtimoiy-tibbiy va sud-tibbiy masalalarini optimallashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
suisid holatlarida sud-tibbiy ekspertizalarni tashkil etish va o‘tkazish algoritmi mamlakatdagi Davlat sud-tibbiy ekspertiza muassasalari faoliyati bo‘yicha olingan tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «Tugallangan suisid holatlarida sud-tibbiy ekspertizalarni tashkil etish va o‘tkazish algoritmi» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 24 fevraldagi 8n-z/100-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma o‘zini o‘ldirish holatlarida o‘tkaziladigan sud-tibbiy ekspertiza xulosalarining ob’ektivligi va ilmiy asoslanganligi holatlariga ijobiy ta’sir etish imkonini bergan;
tugallangan suisid holatlarida sud-tibbiy tashxisga kasalliklarning xalqaro tasnifi-10 ga mos tarzda kod raqami berish bo‘yicha olingan tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «Tugallangan suisid holatlarida «o‘lim haqidagi tibbiy guvohnoma»ni rasmiylashtirish algoritmi» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 24 fevraldagi 8n-z/100-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma sud-tibbiy tashxisga kod raqami berish va «o‘lim haqidagi tibbiy guvohnoma»ni rasmiylashtirish jarayonlarining takomillashtirilishi o‘z navbatida mamlakatda o‘lim ko‘rsatkichlari statistikasini ishonchliligiga bevosita ta’sir etadigan omillarni ajratish, haqqoniy statistik ma’lumotlar mavjud bo‘lgandagina o‘lim holatlarini kamaytirishga yo‘naltirilgan samarali profilaktika chora-tadbirlar ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish imkonini bergan;
tugallangan suisidning ijtimoiy-tibbiy va sud-tibbiy masalalarini optimallashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika sud tibbiy ekspertiza ilmiy amaliy markazining Andijon, Farg‘ona, Namangan, Samarqand va Toshkent viloyatlari filiallarning sud-tibbiy ekspertiza amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2023 yil 11 yanvardagi 08-00210-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarning amaliyotga joriy qilinishi suisidning namoyon bo‘lishiga xos bo‘lgan xususiyatlar, ya’ni doimiyligi va davriyligi mazkur hodisalarni ko‘proq ijtimoiy hodisa sifatida yondoshuvni talab etish, o‘zining o‘ldirish hodisalarining sodir etilishida tibbiy, iqtisodiy muammolar emas, balki, aynan har bir jamiyatda qaror topgan o‘ziga xos ijtimoiy–demografik omillar (madaniyat, din, ta’lim, urf-odatlar va h.k.), shuningdek, hududlarning geografik joylashuvi va mavsumlar bilan bog‘liq bo‘lgan tabiy omillar ko‘proq ahamiyatga ega ekanligi to‘g‘risida xulosa qilish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish