Shukparov Asilbek Bayadilovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): 
«Dental implantatsiyada alveolyar o‘siqni remodellashtirishda osteoplastik materiallar qo‘llash samaradorligini oshirish», 14.00.21-Stomatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.DSc/Tib661
Ilmiy maslahatchi: Shomurodov Qaxramon Erkinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent Davlat stomatologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat stomatologiya instituti DSc.04/30.12.2019.Tib.59.01
Rasmiy opponentlar: Shalabaeva Klara Zulxarnaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor (Kozog‘iston); Xabilov Nigmon Lukmonovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Raxmatova Muqaddas Xoltaevna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.  
Yetakchi tashkilot: Kuban davlat tibbiyot universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: 
Dental implantatsiyasi uchun optimal sharoitlarni yaratishda jag‘larda al`veolyar o‘siq atrofiyasi bo‘lgan bemorlarda suyak va milk plastika usullarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yo‘naltirilgan suyak regeneratsiyasidan avval resipient sohaning yumshoq to‘qimalarining hajmi gidrogel` tipidagi kengaytirgich yordamida o‘rtacha 864,8±62,6 mm3 ga oshganligi aniqlangan;
atrofiyaga uchragan al`veolyar o‘siq sohasini turli xil osteoplastik materiallardan foydalangan holda qayta modellashtirish natijalari va rezorbsiya ko‘rsatkichlari dinamikasi asoslangan;
autologik suyak transplantati va morfogenetik suyak oqsili qo‘shilgan tabiiy buqa suyagi asosidagi «Medpark Bone-D» ksenomaterialini 50/50 nisbatda qo‘llanilishidan 6 oydan so‘ng o‘tkazilgan densitometriya ko‘rsatkichlariga ko‘ra o‘rnatilgan transplantatning Xaunsfild ko‘rsatkichi eng yuqori 1240 HU ga teng bo‘lganligi aniqlangan;
og‘iz ichi donor zonalardan suyak autotransplantatni olish uchun g‘altaksimon olmos arralaridan foydalanish olingan suyak materiallarida osteogen hujayralar etarli miqdorda saqlanib qolinishi morfometrik tekshiruv orqali isbotlangan;
yumshoq to‘qimalarni ekspander bilan kengaytirilgan va YSRda armirlangan suyak transplantati qo‘llanilgan bemorlarda o‘tkazilgan suyak plastikasidan keyin o‘rnatilgan dental implantatlarning birlamchi barqarorligi Osstell ISQ ning normal referens ko‘rsatkichlari 70±15 sh.b.ga teng bo‘lganligi aniqlangan;
ilk bor gidrogel` tipidagi yumshoq to‘qimalarni kengaytirgichning ta’sirida mahalliy gemodinamika parametrlari normal ko‘rsatkichlargacha o‘zgarishi, suyak rekonstruktiv operatsiyalaridan keyin suyak to‘qimalarining atrofiya sohasi hududida mikrotomirlar tarmog‘ining tiklanganligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Gidrogel` tipidagi milk kengaytirgich va turli sun’iy osteoplastik materiallardan foydalanish samaradorligi bo‘yicha ilmiy tadqiqotning klinik natijalari asosida:
jag‘ suyagi to‘qimalarining atrofiyasi va qisman ikkilamchi adentiyasi mavjud bo‘lgan bemorlarni davolashda yo‘naltirilgan suyak regeneratsiyasidan jarohat chetlarini tarangsiz birlashtirish uchun optimal sharoitlarga erishishga imkon beradigan resipient sohasining yumshoq to‘qimalarini dastlabki ekspander kengaytirgichdan foydalanish samaradorligi isbotlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: yo‘naltirilgan suyak regeneratsiyasidan oldin resipient sohaning yumshoq to‘qimalari hajmini oldindan kengaytirish bo‘yicha qulay va xavfsiz usuli Samarqand viloyat stomatologiya klinikasi va hususiy MChJ «Beauty dent» klinikalariga joriy qilingan (2022 yil 14 sentyabrdagi dalolatnoma). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: • yo‘naltirilgan suyak regeneratsiyasi jarroxlik amaliyoti vaqtida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan asoratlar va xatolar sonini minimallashtirish; • operatsiyadan keyingi reabilitatsiya sifatini oshirish; • bemorlarning hayot sifatini yaxshilash; • takroriy jarrohlik aralashuvlar zaruratini kamayishi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Yo‘naltirilgan suyak regeneratsiyasidan oldin resipient sohaning yumshoq to‘qimalari hajmini oldindan kengaytirish usulini joriy qilinishi hisobiga asoratlarni bartaraf etilishi va qayta jarrohlik (ikkinchi jarroxlik) amaliyoti darajasini kamaytirish hisobiga o‘rtacha           2 400 000 so‘m iqtisod qilinadi. Hulosa: gidrogel` tipidagi ekspander yordamida resipient sohaning yumshoq to‘qimalari hajmini oldindan kengaytirish usulini joriy qilinishi hisobiga asoratlarni bartaraf etilishi va qayta jarrohlik (ikkinchi jarroxlik) amaliyoti darajasini kamaytirish hisobiga bir nafar bemor hisobiga o‘rtacha 2 400 000 so‘m iqtisod qilinadi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Dental implantatsiyada alveolyar o‘siqni remodellashtirishda osteoplastik materiallar qo‘llash samaradorligini oshirish» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga TDSI rektori tomonidan 2022 yil 24 noyabrdagi №03-1903-sonli xat yuborilgan.
jag‘ suyagi to‘qimalarining atrofiyasi va qisman ikkilamchi adentiyasi mavjud bo‘lgan bemorlarni davolashda klinik vaziyatdan kelib chiqgan holda yo‘naltirilgan suyak regeneratsiyasida qo‘llash uchun optimal suyak material turini tanlashni imkonini beradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: yo‘naltirilgan suyak regeneratsiyasi uchun optimal suyak materialidan foydalanish tamoyillari va usuli Samarqand viloyat stomatologiya klinikasi va hususiy MChJ «Beauty dent» klinikalariga joriy qilingan (2022 yil 14 sentyabrdagi dalolatnoma). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: • davolash jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan asoratlar va xatolar sonini minimallashtirish; • YSRdan keyin hosil bo‘ladigan suyak regenerati sifatini oshirish va rezorbsiyaga uchraydigan suyak miqdorini kamaytirish;    • implantat atrofi suyak to‘qimasi rezorbsiya tezligini kamaytirish hisobiga implantat barqarorligi va xizmat qilish muddatini uzaytirish;  • bemorlarning hayot sifatini yaxshilash. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: Yo‘naltirilgan suyak regeneratsiyasi uchun osteoplastik materialni tanlash tamoyillarini joriy qilinishi hisobiga asoratlarni bartaraf etilishi va qayta jarrohlik (ikkinchi jarroxlik) amaliyoti darajasini kamaytirish hisobiga o‘rtacha 2 400 000 so‘m iqtisod qilinadi. Hulosa: gidrogel` tipidagi ekspander yordamida resipient sohaning yumshoq to‘qimalari hajmini oldindan kengaytirish usulini joriy qilinishi hisobiga asoratlarni bartaraf etilishi, suyak rezorbsiyasini oldini olish va qayta jarrohlik (ikkinchi jarroxlik) amaliyoti darajasini kamaytirish va dental implantatlarning hizmat davrini uzaytirish hisobiga bir nafar bemor hisobiga kamida 2 400 000 so‘m iqtisod qilinadi. Ilmiy yangilikning kengaytirilgan holda foydalanishi: «Dental implantatsiyada alveolyar o‘siqni remodellashtirishda osteoplastik materiallar qo‘llash samaradorligini oshirish» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga TDSI rektori tomonidan 2022 yil 24 noyabrdagi №03-1903-sonli xat yuborilgan.
jag‘ suyagi to‘qimalarining atrofiyasi va qisman ikkilamchi adentiyasi mavjud bo‘lgan bemorlarni davolash uchun amalga oshirilayotgan yo‘naltirilgan suyak regeneratsiyasida qo‘llash uchun optimal suyak material turini tanlashni imkonini beradi va hosil bo‘ladigan suyak regeneratining optimal zichligi keyinchalik o‘rnatiladigan dental implantatlar barqarorligini ta’minlab beradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Yo‘naltirilgan suyak regeneratsiyasi uchun optimal suyak materialidan foydalanish tamoyillari va usuli Samarqand viloyat stomatologiya klinikasi va hususiy MChJ «Beauty dent» klinikalariga joriy qilingan (2022 yil 14 sentyabrdagi dalolatnoma). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: • operatsiyadan keyingi asoratlar rivojlanishining oldini olish; • implantatlarga o‘rnatiladigan protezlarni xizmat qilish muddatini uzaytirish; • implantatlar barqarorligini optimal ko‘rsatkichlariga qisqa muddatda erishish hisobiga davolash davomiyligini qisqartirish. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: ushbu band nazariy ahamiyatga ega va olingan natijalar ishlab chiqilgan uslubiy tavsiyalarda aks etilgan. Hulosa: Yo‘naltirilgan suyak regeneratsiyasi uchun osteoplastik materialni tanlash tamoyillarini joriy qilinishi hisobiga asoratlarni bartaraf etilishi va qayta jarrohlik (ikkinchi jarroxlik) amaliyoti darajasini kamaytirish, etarli xajmga ega suyak regeneratini shakllanishi hisobiga bitta bemor hisobiga kamida 2 400 000 so‘m iqtisod qilinadi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Dental implantatsiyada alveolyar o‘siqni remodellashtirishda osteoplastik materiallar qo‘llash samaradorligini oshirish» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga TDSI rektori tomonidan 2022 yil 24 noyabrdagi №03-1903-sonli xat yuborilgan.
yupqa olmosli kesuv-arralari yordamida suyakdan atravmatik autotransplantat na’muna olish usuli ishlab chiqildi, bu suyak va yumshoq to‘qimalarning jarohatlanishini oldini oladi, osteointegratsiya vaqtini qisqarishiga, suyak autotransplantat hujayra elementlarini maksimal darajada saqlab qolishga yordam berishi asoslangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Yo‘naltirilgan suyak regeneratsiyasi uchun optimal suyak materialidan foydalanish tamoyillari va usuli Samarqand viloyat stomatologiya klinikasi va hususiy MChJ «Beauty dent» klinikalariga joriy qilingan (2022 yil 18 oktyabrdagi dalolatnoma). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: • og‘iz ichi donor zonalaridan autosuyakni olish davomida atrofdagi to‘qimalarni jarohatlanishini oldini olish; • olingan autosuyakni sifati, tirik xujayralar miqdori etarligi hisobiga YSR natijasini yaxshilash; • autosuyak olingan donor zonasidagi jarohatni bitish davrini qisqartirish; • davolash natijalarini yaxshilash. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: Yo‘naltirilgan suyak regeneratsiyasi uchun osteoplastik materialni tanlash tamoyillarini joriy qilinishi hisobiga asoratlarni bartaraf etilishi va qayta jarrohlik (ikkinchi jarroxlik) amaliyoti darajasini kamaytirish hisobiga o‘rtacha 2 400 000 so‘m iqtisod qilinadi. Hulosa: Yo‘naltirilgan suyak regeneratsiyasi uchun osteoplastik materialni tanlash tamoyillarini joriy qilinishi hisobiga asoratlarni bartaraf etilishi (autotransplantat olish vaqtidagi suyak kuyishi va keyinchalik nekrozga uchrashi) va etarli xajmga va morfologik tuzulishga ega suyak transplantatini olinishi hisobiga YSRdan keyin sifatli suyak regeneratini shakllanishi hisobiga bitta bemor hisobiga kamida 2 400 000 so‘m iqtisod qilinadi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Dental implantatsiyada alveolyar o‘siqni remodellashtirishda osteoplastik materiallar qo‘llash samaradorligini oshirish» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga TDSI rektori tomonidan 2022 yil 24 noyabrdagi №03-1903-sonli xat yuborilgan.
armirlangan suyak transplantatidan foydalanish optimal zichlikdagi suyak regenerati hosil bo‘lishi hisobiga keyinchalik o‘rnatilgan dental implantatlar barqarorligi protezlash uchun optimal darajaga qisqa muddatga erishilganligi davolash davomiyligini qisqartiradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Yo‘naltirilgan suyak regeneratsiyasi uchun optimal suyak materialidan foydalanish tamoyillari va usuli Samarqand viloyat stomatologiya klinikasi va hususiy MChJ «Beauty dent» klinikalariga joriy qilingan (2022 yil 14 sentyabrdagi dalolatnoma). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: • davolanish davomiyligini qisqartirish; • davolash natijalarini yaxshilash; • bemor hayot sifatini yaxshilash va funksional tiklanishini qisqa muddatda ta’minlash; • implantatlarga o‘rnatiladigan protezlarni xizmat qilish muddatini uzaytirish. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: Yo‘naltirilgan suyak regeneratsiyasi uchun osteoplastik materialni tanlash tamoyillarini joriy qilinishi hisobiga asoratlarni bartaraf etilishi va qayta jarrohlik (ikkinchi jarroxlik) amaliyoti darajasini kamaytirish hisobiga o‘rtacha 2 400 000 so‘m iqtisod qilinadi. Hulosa: Yo‘naltirilgan suyak regeneratsiyasi uchun osteoplastik materialni tanlash tamoyillarini joriy qilinishi hisobiga asoratlarni bartaraf etilishi va qayta jarrohlik (ikkinchi jarroxlik) amaliyoti darajasini kamaytirish, implantatlarning etarli darajadagi barqarorligiga qisqa muddatlarda erishilishi bemorning davolanish davrini qisqartiradi va har bir bemor uchun kamida 2 400 000 so‘m iqtisod qilinadi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Dental implantatsiyada alveolyar o‘siqni remodellashtirishda osteoplastik materiallar qo‘llash samaradorligini oshirish» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga TDSI rektori tomonidan 2022 yil 24 noyabrdagi №03-1903-sonli xat yuborilgan.
yumshoq to‘qimalar hajmini oshirish uchun tavsiya etilgan usul lokal gemodinamik parametrlarni barqarorlashtirish orqali osteoplastik amaliyot natijalarini yaxshilash imkoniga egaligi asoslab berilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Yo‘naltirilgan suyak regeneratsiyasi uchun optimal suyak materialidan foydalanish tamoyillari va usuli Samarqand viloyat stomatologiya klinikasi va hususiy MChJ «Beauty dent» klinikalariga joriy qilingan (2022 yil 14 sentyabrdagi dalolatnoma). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: • yo‘naltirilgan suyak regeneratsiyasi jarroxlik amaliyoti natijasini yaxshilash, suyak regeneratini hosil bo‘lishini tezlashtirish; • operatsiyadan keyingi reabilitatsiya sifatini oshirish; • bemorlarning hayot sifatini yaxshilash; • takroriy jarrohlik aralashuvlar zaruratini kamayishi; • autosuyak olingan donor zonasidagi jarohatni bitish davrini qisqartirish; • davolash natijalarini yaxshilash. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: Yo‘naltirilgan suyak regeneratsiyasi uchun osteoplastik materialni tanlash tamoyillarini joriy qilinishi hisobiga asoratlarni bartaraf etilishi va qayta jarrohlik (ikkinchi jarroxlik) amaliyoti darajasini kamaytirish hisobiga o‘rtacha 2 400 000 so‘m iqtisod qilinadi. Hulosa: Asoratlarni bartaraf etilishi va qayta jarrohlik (ikkinchi jarroxlik) amaliyoti darajasini kamaytirish hisobiga o‘rtacha 2 400 000 so‘m iqtisod qilinadi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Dental implantatsiyada alveolyar o‘siqni remodellashtirishda osteoplastik materiallar qo‘llash samaradorligini oshirish» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga TDSI rektori tomonidan 2022 yil 24 noyabrdagi №03-1903-sonli xat yuborilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish