Matekova Gulara Aytmuratovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertasiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Tabiiy muhitning degradatsiyasi sharoitida Amudaryoning quyi oqimi suv-botqoq qushlarining ekologiyasi», 03.00.10 – Ekologiya (biologiya fanlari). 
Dissertasiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/B408.
Ilmiy rahbar: Ametov Yakub Idrisovich biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertasiya bajarilgan muassasalar nomi: Qoraqalpoq tabiiy fanlar ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq tabiiy fanlar ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.02/30.04.2021.V.79.01.
Rasmiy opponentlar: Asenov Gappar, biologiya fanlari doktori, professor; Turaev Muxtar Murodovich, biologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertasiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: tabiiy muhitning degradatsiyasi sharoitida Amudaryoning quyi oqimi suv-botqoq qushlarining ekologiyasini aniqlashdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Amudaryoning quyi oqimida suv-botqoq qushlarining 13 turkum 29 oilaga mansub 142 turdan tarkib topgan zamonaviy tur xilma-xilligi aniqlangan;
ilk bor xaley Larus heuglini va uzundumli chittak Aegithalos caudatus O‘zbekiston faunasi uchun, hamda kichik baliqchi Larus minutus va haydarqush Aythya marila Qoraqalpog‘iston faunasi uchun yangi tur sifatida topilgan va aniqlangan; 
ilk bor zax loyxo‘rak (Haematopus ostralegus) va oq qanotli chigirtchi (Chlidonias leucopterus) ning Amudaryoning quyi oqimida uya qurib ko‘payishi isbotlangan; 
Jaltirbas ko‘lida tarqalgan suv-batqoq qushlarining xarakterli turlarining soni aniqlangan va ularning mavsumiy o‘zgarishlari ochib berilgan;
Amudaryoning quyi oqimida tarqalgan suv-batqoq qushlarining xarakterli 10 ta turining bioekologik xususiyatlari ochib berilgan;
Akpetki ko‘llar tizimi va yondosh Aralqum cho‘li “O‘zbekistonning muhim ornitologik hududlari” tarkibiga kiritish asoslangan; 
kamyob suv-batqoq qush turlarini muhofaza qilish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Yashash muhitining o‘zgaruvchan sharoitida Amudaryoning quyi oqimi suv-batqoq qushlari faunasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
kamyob va yo‘qolib borayotgan qushlarning bosh sonini aniqlash, ularni salbiy ekologik omillardan va brakonerlardan muhofaza qilish bo‘yicha olingan ishlab chiqilgan tavsiyalar Taxtako‘pir, Muynoq, Kegeyli va Qo‘ng‘irot tumani tabiatni muhofaza qilish amaliyotiga joriy qilingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasining 2020 yil 20 maydagi 02-18/1055-son ma’lumotnomasi). Natijada, Respublika hududida uchraydigan noyob qushlarning, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan pushti saqoqush, kichik qoravoy, qoravoy, vishildoq oqqush, oq dumli suvburguti va boshqa qushlarning bosh sonini aniqlash va ularni yo‘qolib ketish xavfini kamaytirish imkonini bergan; 
o‘rmon fondi yerlarida yashovchi ovlanadigan qushlarning bosh sonini aniqlash, davlat kadastrini tuzish va ulardan oqilona foydalanish bo‘yicha ishlab chiqilgan amaliy tavsiyalar Ellikqala, Taxtako‘pir, Muynoq, Buzatov va Qanliko‘l tumani o‘rmon xo‘jaligi amaliyotiga joriy qilingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi qo‘mitasining 2020 yil 22 maydagi 190-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘rmon xo‘jaligi hududlarida ovlanadigan qushlar, shu jumladan qoravoy Phalacrocorax carbo, yovvoyi g‘oz Anser anser, yovvoyi o‘rdak Anas platyrhynchos, olmabosh o‘rdak Netta rufina, qashqaldoqlarning Fulica atra va qirg‘ovul Phasianus colchicus bosh sonini aniqlash va populyasiya turg‘unligini saqlab qolish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish