Kadirov Iftixor Muradjanovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bolalarda son suyagi tug‘ma chiqishini erta artroskopik tashhislash va kompleks davolash», 14.00.22–Travmatologiya va ortopediya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.DSc/Tib433.
Ilmiy rahbar: Djuraev Axrarbek Maxmutovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi. DSc.04/30.12.2019.Tib.62.01.
Rasmiy opponentlar: Xujanazarov Ilxom Eshkulovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Ryabix Sergey Olegovich, tibbiyot fanlari doktori; Umarxodjaev Fatxulla Rixsixodjaevich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ikki yoshgacha bo‘lgan bolalarda son suyagini tug‘ma chiqishini davolash natijalarini vizualizatsion diagnostikani rivojlantirish va artroskopiya yordamida son suyagi boshchasini jarrohlik yo‘li bilan solish asosida takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
quymich kosasiga tushmaydigan son suyagi tug‘ma chiqishida chanoq-son bo‘g‘imini diagnostik va davolash artroskopiyasiga ko‘rsatmalar aniqlangan va ular 2 yoshgacha bo‘lgan bolalarda son suyagi boshchasini erta kaminvaziv endoskopik usulda bo‘g‘imga solishni amalga oshirish imkonini yaratishi isbotlangan.
2 yoshgacha bo‘lgan bolalarda son suyagi tug‘ma chiqishini endoskopik usulda bo‘g‘imga solish uchun ishlab chiqilgan artroskopik kirish yo‘li son suyagi boshchasini bo‘g‘imga kirishiga to‘sqinlik qiluvchi barcha obstruktiv omillarni bir vaqtning o‘zida eliminatsiya qilish imkonini berishi isbotlangan.
2 yoshgacha bo‘lgan bolalarda chanoq-son bo‘g‘imi patologiyasini tashhislash va davolash uchun ishlab chiqilgan algoritm chanoq-son bo‘g‘imi patologiyasini davolashning optimal usullarini tanlashga imkon berishi isbotlangan.
son suyagi tug‘ma chiqishini ochiq va artroskopik davolashdan so‘ng son suyagi boshchasining aseptik nekrozi rivojlanishining xavf omillari va chastotasi aniqlangan, bu esa son  boshchasining bo‘g‘imga tushmaslik hollarida xirurgik davolashning dastlabki natijalarini tahmin qilish imkonini berishi aniqlangan.
son suyagi tug‘ma chiqishini artroskopik usulda bo‘g‘imga solish paytida son suyagining bir bosqichli korreksiyalovchi osteotomiyasi uchun ko‘rsatmalar aniqlangan, bu esa chanoq-son bo‘g‘imi nostabillik indeksi 62°dan ortiq bo‘lgan bemorlarda chanoq-son bo‘g‘imlarida to‘liq kongruentlikka erishishga imkon berishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Respublika bolalar ortopediyasi markazi, Xorazm viloyat ko‘p tarmoqli bolalar tibbiyot markazi klinikalari (Respublika ixtisoslashtirilgan Travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Ekspert komissiyasining 23.03.2023 yildagi №03/6-son xulosasi) amaliyotiga joriy etildi.
quymich kosasiga tushmaydigan son suyagi tug‘ma chiqishida chanoq-son bo‘g‘imini diagnostik va davolash artroskopiyasiga ko‘rsatmalar aniqlanib 2 yoshgacha bo‘lgan bolalarda son suyagi boshchasini erta kaminvaziv endoskopik usulda bo‘g‘imga solish va erta asoratlarni kamaytirish imkonini beradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Respublika bolalar ortopediyasi markazi, Xorazm viloyat ko‘p tarmoqli bolalar tibbiyot markazi klinikalari (Respublika ixtisoslashtirilgan Travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Ekspert komissiyasining 04.03.2023 yildagi №03/4-son xulosasi) amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: - tushmaydigan son suyagi tug‘ma chiqishini jarrohlik davolashni boshlash uchun optimal yosh, bemorning tanasining somatik holatini hisobga olgan holda, 6 oydan 24 oygacha bo‘lib hisoblandi; - anamnezda son suyagi boshchasini yopiq usulda davolashning muvaffaqiyatsiz urinishning mavjudligi, son suyagi boshchasi va quymich kosachasi o‘lchamlarining mos kelishi, quymich kosachasida son suyagi boshchasini solishga to‘sqinlik qiluvchi interpozisiya qiluvchi omillarning mavjudligi, shuningdek, son suyagi boshchasi solingandan keyin chanoq-son bo‘g‘imida nostabillik borligi artroskopik diagnostika va tushmaydigan son suyagi tug‘ma chiqishini davolashning asosiy ko‘rsatmalari bo‘lib belgilandi; - tushmaydigan son suyagi tug‘ma chiqishi bilan chanoq-son bo‘g‘imi diagnostik va davolash artroskopiyasining ishlab chiqilgan ko‘rsatmalari 2 yoshgacha bo‘lgan bolalarda son suyagi boshchasini erta kaminvaziv endoskopik usulda bo‘g‘imga solish imkon berishi natijasida son suyagi boshchasi aseptik nekrozining chastotasini 20%dan 2%gacha kamaytirishga imkon berdi va tashxislash va davolash sifatini yaxshiladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1) bemorning shifoxonadagi davri uchun: - bemorning shifoxonada qolish muddatini 14 kundan 10 kungacha qisqartirtirib, shifoxonada qolish to‘lov miqdori taxminan 780 ming so‘mga kamaytirdi (shifoxonada 1 kun qolish 195000 so‘mni tashkil qiladi); - shifoxonada bo‘lish davrining bir necha kunga qisqartirilishi hisobiga dori-darmon kam talab etiladi (1 kunga o‘rtacha 110000 so‘m dori vositalari sarflanadi); - qayta operatsiya qilish zaruriyati yo‘qligi tufayli 2390000 so‘m byudjet mablag‘i iqtisod qilinadi; - reabilitatsion fizioterapiya xarajatlarini kamaytiradi (1 kunga o‘rtacha reabilitatsiya uchun ishlatiladigan muolajalar narxi 87000 so‘mni tashkil etadi); 2) yuqoridagi ko‘rsatmalar bo‘yicha davolangan bemorlarning erta reabilitatsiyasini boshlash ularning vertikalizatsiyasi tezlashtiradi va keyinchalik nogironlik sabablarini bartaraf etish imkonini beradi. Xulosa: quymich kosasiga tushmaydigan son suyagi tug‘ma chiqishida chanoq-son bo‘g‘imini diagnostik va davolash artroskopiyasiga ko‘rsatmalarni tadbiq etish 1 bemor uchun 4480000 so‘m iqtisod qilish imkonini berdi. Kadirov Iftixor Muradjanovichning “Bolalarda son suyagi tug‘ma chiqishini erta artroskopik tashhislash va kompleks davolash” mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Respublika ixtisoslashtirilgan Travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Ekspert komissiyasining 04.03.2023 yildagi №03/4-son xulosasi olingan.
2 yoshgacha bo‘lgan bolalarda son suyagi tug‘ma chiqishini endoskopik usulda solish uchun ishlab chiqilgan artroskopik kirish yo‘li son suyagi boshchasini bo‘g‘imga tushishiga to‘sqinlik qiladigan barcha obstruktiv omillarni bir vaqtning o‘zida eliminatsiya qilishga imkon beradi va jarrohlik aralashuvi texnikasini osonlashtiradi (Intellektual mulk agentligining patenti IAP 07175 18.11.2022). Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Respublika bolalar ortopediyasi markazi, Xorazm viloyat ko‘p tarmoqli bolalar tibbiyot markazi klinikalari (Respublika ixtisoslashtirilgan Travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Ekspert komissiyasining 04.03.2023 yildagi №03/4-son xulosasi) amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: - son suyagi tug‘ma chiqishini artroskopik tashhislash va davolashning tavsiya etilgan usuli operatsiyadan keyingi son suyagi boshchasi aseptik nekrozi rivojlanishini kamaytirishi va chanoq-son bo‘g‘imini kongruent rivojlanishiga imkon berdi; - son suyagi tug‘ma chiqishini jarrohlik yo‘li bilan davolash uchun maqbul yoshni aniqlash funksional va anatomik natijalarni yaxshilashga va davolanish muddatini qisqartirishga imkonini berdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1) bemorning shifoxonadagi davri uchun: - bemorning shifoxonada qolish muddatini 14 kundan 10 kungacha qisqartirtirib, shifoxonada qolish to‘lov miqdori taxminan 780000 so‘mga kamaytirdi (shifoxonada 1 kun qolish 195000 so‘mni tashkil qiladi); - shifoxonada bo‘lish davrining bir necha kunga qisqartirilishi hisobiga dori-darmon kam talab etiladi (1 kunga o‘rtacha 110000 so‘m dori vositalari sarflanadi); - qayta operatsiya qilish zaruriyati yo‘qligi tufayli 2390000 so‘m byudjet mablag‘i iqtisod qilinadi; - reabilitatsion fizioterapiya xarajatlarini kamaytiradi (1 kunga o‘rtacha reabilitatsiya uchun ishlatiladigan muolajalar narxi 87000 so‘mni tashkil etadi); 2) yuqoridagi ko‘rsatmalar bo‘yicha davolangan bemorlarning erta reabilitatsiyasini boshlash ularning vertikalizatsiyasi tezlashtiradi va keyinchalik nogironlik sabablarini bartaraf etish imkonini beradi. Xulosa: 2 yoshgacha bo‘lgan bolalarda son suyagi tug‘ma chiqishini endoskopik usulda bo‘g‘imga solish uchun ishlab chiqilgan artroskopik kirish yo‘li taklif etildi va o‘z samarasini berib 1 ta bemorga 4480000 so‘m iqtisod qilish imkonini berdi. Kadirov Iftixor Muradjanovichning “Bolalarda son suyagi tug‘ma chiqishini erta artroskopik tashhislash va kompleks davolash” mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Respublika ixtisoslashtirilgan Travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Ekspert komissiyasining 04.03.2023 yildagi №03/4-son xulosasi olingan.
2 yoshgacha bo‘lgan bolalarda chanoq-son bo‘g‘imi kasalliklarini tashhislash va davolash uchun ishlab chiqilgan algoritm chanoq-son bo‘g‘imi patologiyasini o‘z vaqtida aniqlash, shuningdek, son suyagi tug‘ma chiqishini keyingi davolash taktikasini aniqlashtirib berdi (Intellektual mulk agentligining patenti 28.04.2022dan DGU №15715). Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Respublika bolalar ortopediyasi markazi, Xorazm viloyat ko‘p tarmoqli bolalar tibbiyot markazi klinikalari (Respublika ixtisoslashtirilgan Travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Ekspert komissiyasining 04.03.2023 yildagi №03/4-son xulosasi) amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: - perinatal nevrologik patologiya va gipermobil sindromi bo‘lgan bolalarda chanoq-son bo‘g‘imi o‘zgarishlarni noto‘g‘ri tashhislash va davolash holatlari oldini olish imkoni yaratildi; - nevrologik kasalliklar va gipermobillik sindromi bo‘lgan bolalarda chanoq-son bo‘g‘imi patologiyasini erta tashhislash va davolash uchun to‘g‘ri taktikani tanlash imkonini yaxshiladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: - 2 yoshgacha bo‘lgan bolalarda chanoq-son bo‘g‘imi patologiyasini tashhislash va davolash uchun ishlab chiqilgan algoritm asosida chanoq-son bo‘g‘imi nostabillik indeksining ko‘rsatkichlari to‘g‘ri davolash taktikasini belgilashda yordam beradi; - perinatal nevrologik patologiya va gipermobil sindromi bo‘lgan bolalarda chanoq-son bo‘g‘imi o‘zgarishlarni noto‘g‘ri tashg‘is holatlariga (giperdiagnostika) imkon berilmaydi bu esa ortiqcha ortopedik ko‘riklar va davo muolajarini ko‘llamaslikda paydo bo‘ladigan iqtisodni ta’minlaydi. Xulosa: perinatal nevrologik patologiya va gipermobil sindromi bo‘lgan bolalarda chanoq-son bo‘g‘imi o‘zgarishlarni noto‘g‘ri tashhislash va davolash holatlari oldini olish imkoni yaratilishi va chanoq-son bo‘g‘imi patologiyasi bor holatlarda to‘g‘ri tashhis va davolash taktikasini tanlash iqtisod qilish imkonini berdi. Kadirov Iftixor Muradjanovichning “Bolalarda son suyagi tug‘ma chiqishini erta artroskopik tashhislash va kompleks davolash” mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Respublika ixtisoslashtirilgan Travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Ekspert komissiyasining 04.03.2023 yildagi №03/4-son xulosasi olingan.
2 yoshgacha bo‘lgan bolalarda son suyagini boshchasini ochiq usulda solingandan keyin aseptik nekrozning rivojlanish omillari bo‘lib son suyagini aylanib o‘tuvchi arteriyasining shikastlanishi va son suyagi boshchasida bosimning oshishi bo‘lib, artroskopik usul bilan davolanganda esa yopiq usulni ko‘plab qo‘llash asoratlari bo‘lgan bo‘g‘im elementlarning gialin tog‘ay qobig‘i yaxlitligini buzilishi ekanligini hisobga olish jarrohlik davolashdan keyin son suyagi boshchasi aseptik nekrozi rivojlanishini 20%dan 2%ga tushirdi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Respublika bolalar ortopediyasi markazi, Xorazm viloyat ko‘p tarmoqli bolalar tibbiyot markazi klinikalari (Respublika ixtisoslashtirilgan Travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Ekspert komissiyasining 04.03.2023 yildagi №03/4-son xulosasi) amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: - son suyagi tug‘ma chiqishini ochiq va artroskopik davolashdan so‘ng son suyagi boshchasining aseptik nekrozi rivojlanishining xavf omillari va chastotasini aniqlash operativ davolash usullarini qo‘llashga bo‘lgan tayyorgarlikda ularni bartaraf etishga yordam beradi; - ushbu omillarni e’tiborga olgan holda patologiyani davolash son suyagi boshchasi aseptik nekrozi kabi asoratlarni oldini olish va shu tufayli o‘sayotgan nogironlik darajasini pasaytirishga olib kelib davolash sifatini yaxshilaydi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: son suyagi tug‘ma chiqishini davolashdan keyingi paydo bo‘ladigan asoratlar o‘z navbatida bolalikdagi nogironlikni keltirib chiqaradi va bu bemorlarga byudjetdan pul mablag‘lari ajratiladi. qo‘llanilgan ilmiy yangilik tufayli bunday byudjet to‘lovlari 10 baravarga kamaytirish imkoni tug‘iladi. Xulosa: son suyagi tug‘ma chiqishini ochiq va artroskopik davolashdan so‘ng son suyagi boshchasining aseptik nekrozi rivojlanishining xavf omillari va chastotasini aniqlash va jarrohlik amaliyotini ularni hisobga olgan holda o‘tkazish iqtisod qilish imkonini berdi. Kadirov Iftixor Muradjanovichning “Bolalarda son suyagi tug‘ma chiqishini erta artroskopik tashhislash va kompleks davolash” mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Respublika ixtisoslashtirilgan Travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Ekspert komissiyasining 04.03.2023 yildagi №03/4-son xulosasi olingan.
son suyagi tug‘ma chiqishini artroskopik usulda bo‘g‘imga solish paytida son suyagining bir bosqichli korreksiyalovchi osteotomiyasi uchun ishlab chiqilgan ko‘rsatmalar son suyagi boshchasi aseptik nekrozi chastotasini 20%dan 2%gacha tushirishga imkon berishi isbotlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Respublika bolalar ortopediyasi markazi, Xorazm viloyat ko‘p tarmoqli bolalar tibbiyot markazi klinikalari (Respublika ixtisoslashtirilgan Travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Ekspert komissiyasining 04.03.2023 yildagi №03/4-son xulosasi) amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: - son suyagi tug‘ma chiqishini jarrohlik davolash natijalarini tahlil qilish asosida atsetabulyar burchakning o‘rtacha qiymati 26°ni tashkil etdi (13° dan 40° gacha), artroskopik davolash usuli bilan bu burchak o‘rtacha 23° ni tashkil etdi (11°dan 34°gacha). Shu bilan birga, ochiq usulda solingan guruhidan 50%da og‘ir displastik bo‘g‘im deb hisoblangan, boshqa guruhdan esa atigi 23,5% shunday edi; - chanoq-son bo‘g‘imi nostabillik indeksi 62°dan ortiq bo‘lgan bemorlarda o‘tkazilgan korreksiyalovchi osteotomiya chanoq-son bo‘g‘imi kongruentligini tikladi va takroriy jarrohlik operatsiyalarini o‘tkazishga bo‘lgan zaruratni yo‘q qilishga imkon berdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1) bemorning shifoxonadagi davri uchun: - bemorning shifoxonada qolish muddatini 14 kundan 10 kungacha qisqartirtirib, shifoxonada qolish to‘lov miqdori taxminan 780000 so‘mga kamaytirdi (shifoxonada 1 kun qolish 195000 so‘mni tashkil qiladi); - shifoxonada bo‘lish davrining bir necha kunga qisqartirilishi hisobiga dori-darmon kam talab etiladi (1 kunga o‘rtacha 110000 so‘m dori vositalari sarflanadi); - qayta operatsiya qilish zaruriyati yo‘qligi tufayli 2390000 so‘m byudjet mablag‘i iqtisod qilinadi; - reabilitatsion fizioterapiya xarajatlarini kamaytiradi (1 kunga o‘rtacha reabilitatsiya uchun ishlatiladigan muolajalar narxi 87000 so‘mni tashkil etadi); 2) yuqoridagi ko‘rsatmalar bo‘yicha davolangan bemorlarning erta reabilitatsiyasini boshlash ularning vertikalizatsiyasi tezlashtiradi va keyinchalik nogironlik sabablarini bartaraf etish imkonini beradi. Xulosa: son suyagini artroskopik usulda solish paytida chanoq-son bo‘g‘imi nosstabillik indeksini 62°dan yuqori holatlarda o‘tkazilgan osteotomiya keyinchalik chanoq-son bo‘g‘imi kongruentligini tiklash hisobiga keyinchalik takroriy jarrohlik amaliyotlariga ehtiyojni pasayganligi tufayli 1 bemor uchun 4480000 so‘m iqtisod qilish imkonini berdi. Kadirov Iftixor Muradjanovichning “Bolalarda son suyagi tug‘ma chiqishini erta artroskopik tashhislash va kompleks davolash” mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Respublika ixtisoslashtirilgan Travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Ekspert komissiyasining 04.03.2023 yildagi №03/4-son xulosasi olingan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish