Sharipov Azizbek Tolibovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tungi enurezli bolalarni davolashda xalq tabobati usullari» 14.00.41 – Xalq tabobati (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Tib1813.
Ilmiy rahbar: Ergasheva Nargiza Obidjonovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.04.2022.Tib.31.02.
Rasmiy opponentlar: Raimova Malika Muxamedjanovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Abdullaev Obidjon Shaxobidinovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Janubiy – Qozog‘iston tibbiyot akademiyasi
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi xalq tabobatini qo‘llagan holda bolalarda tungi enurezni tashhislash va kompleks davolashning zamonaviy algoritmlarini ishlab chiqish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bolalarda tungi enurezni keltirib chiqaruvchi xavf omillarini aniqlash va kasallik kechishining klinik belgilari va tashxisotning urofluometriya ko‘rsatkichlariga asoslanib xalq tabobati usulida davolash mezonlari ishlab chiqilgan;
tungi enurez namoyon bo‘lish darajasi va bolalardagi uyquni buzilishi, giperaktivlik, siydik qopi tonusining o‘zgarishi, vegetativ buzilishlar kabi psixonevrologik ko‘rsatkichlar orasidagi korrelyasion bog‘liqlik aniqlangan;
bolalarda tungi enurezni xalq tabobati usullari (akupunktura va fitoterapiya) bilan davolashda siydik qopi tonusi tipini (giperreflektor, giporeflektor va normoreflektor) aniqlash va unga asoslanib muolaja turini tanlash tamoyillari ishlab chiqilgan.
bolalardagi enurezni erta tashxislash, davolashning an’anaviy va xalq tabobati usullari kompleks qo‘llash dasturi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Xalq tabobati usullarini kiritish orqali bolalarda tungi enurezni tashhislash va davolashni optimallashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida :
bolalarda tungi enurez rivojlanishiga olib keluvchi endogen va ekzogen xavf omillari mavjudligini kasallikning erta davrlarida zamonaviy darajada o‘rganish bolalarda tungi enurezning tarqalganligini va kasallik klinik kechishini nazorat qilishga imkon beradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 11.11.2022 yildagi, Qashqadaryo viloyati, G‘uzor tumani «Ixlos-medikal» xususiy klinikasi bo‘yicha 08.11.2022 yildagi va Toshkent shahri “Modernamed Clinic” klinikasi bo‘yicha 07.11.2022 yildagi joriy qilish dalolatnomalariga asosan amaliyotga joriy etildi. Sog‘liqni saqlash vazirligining 24.11.2022 yildagi 8n-z/628 sonli xulosasi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: bolalarda tungi enurez rivojlanishiga olib keluvchi endogen va ekzogen xavf omillari mavjudligini kasallikning erta davrlarida aniqlash bemor bolalarning bolalar hayot sifatini yaxshilash; “nam kechalar miqdori” minimallashtirish; • kompleks davolashdan keyingi reabilitatsiya sifatini oshirish; • takroriy kasallanishlar chastotasini kamaytirishga erishildi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tungi enurez bilan og‘rigan bemor bolalarda erta tashhisot jarayonida kasallikni aniqlash va kasallik asoratlanishini oldini olishga erishishi orqali davolashda sarflanadigan xarajatlarini uchun sarflanadigan byudjet mablag‘larini 623 110 so‘mga iqtisod qilishga erishildi. Xulosa: tungi enurez bilan og‘rigan bemor bolalarda bolalarda tungi enurezni xalq tabobati usullarini qo‘llagan holda kompleks davolash usulini qo‘llash natijasida har bir bemor uchun sarflanadigan byudjet mablag‘larini 623 110 so‘m iqtisod qilish imkonini bergan.
aniqlangan klinik belgilar bolalarda tungi enurez rivojlanishining erta alomatlarini ajratib olishga yordam beradi, sog‘liqda ruhiy-nevrologik muammolardan holi bo‘lish uchun bemorning hayot tarzini o‘z vaqtida korreksiyalash imkonini beradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Ilmiy tadqiqot natijalari Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 11.11.2022 yildagi, Qashqadaryo viloyati, G‘uzor tumani «Ixlos-medikal» xususiy klinikasi bo‘yicha 08.11.2022 yildagi va Toshkent shahri “Modernamed Clinic” klinikasi bo‘yicha 07.11.2022 yildagi joriy qilish dalolatnomalariga asosan amaliyotga joriy etildi. Sog‘liqni saqlash vazirligining 24.11.2022 yildagi 8n-z/628 sonli xulosasi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: o‘tkazilgan tadqiqotlarda siydik pufagi tipini hisobga olish bilan maktab yoshidagi bolalarda akupunktura va fitoterapiyaning seanslarini, dori vositalari bilan davolashni birga qo‘llab birlamchi tungi enurezni majmuaviy davolashda 85% holatlarda ijobiy samaradorlikka erishilgan. Bu o‘z navbatida enurez bilan og‘rigan bolalarni yuritish algoritmi va mazkur davolash taktikasidan foydalanishning maqsadga muvofiqligi, shuningdek yuqori ijtimoiy samaradorligidan guvohlik beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: tungi enurez aniqlangan bemorlarda taklif etilgan diagnostika algoritmini qo‘llash natijasida samarali davolash holatlari 2 martaga oshib, bemorlarning takroriy davolanish seanslari qisqarishi hisobidan xar bir nafar bemorga sarflanadigan xarajatlar 1 214 000 so‘mga iqtisod qilindi. Xulosa: Tungi enurez bo‘lgan bemor bolalarda kasallik rivojlanishi zo‘rayishi va asoratlanishini oldini olish maqsadida tashhisot jarayonida psixonevrologik statusini o‘rganish va ularning erta korreksiyasini amalga oshirish orqali bemorlarning samarasiz davolash holatlarini 2 martaga qisqardi, ya’ni tadqiqotga jalb etilgan 62 nafar bemorda kasallik qaytalanishi kuzatilmadi. Buning evaziga byudjet xisobidan saffrflaadigan xarajatlardan 57 216 000 so‘m, byudjetdan tashqari xarajatlardan 18 062 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
bolalarda tungi enurezni erta klinik (Giyom-Veyn jadvali, PedSQLTM 4.0 so‘rovnomasi, Shul`te jadvali, Luriya testi) baholash, shu bilan birga, instrumental tekshiruvlar (EEG, urofloumetriya) o‘tkazish, davolashga akupunktura va fitoterapiya muolajalarini kiritish bemorlar va ularning ota-onalarining hayot sifatini ahamiyatli darajada oshiradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Ilmiy tadqiqot natijalari Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 11.11.2022 yildagi, Qashqadaryo viloyati, G‘uzor tumani «Ixlos-medikal» xususiy klinikasi bo‘yicha 08.11.2022 yildagi va Toshkent shahri “Modernamed Clinic” klinikasi bo‘yicha 07.11.2022 yildagi joriy qilish dalolatnomalariga asosan amaliyotga joriy etildi. Sog‘liqni saqlash vazirligining 24.11.2022 yildagi 8n-z/628 sonli xulosasi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: bolalarda tungi enurezni davolash ijtimoiy hayot tarzi, psixonevrologik va etiopatogenetik omillarni ta’sirini kamaytiradi va bolalarning hayot sifatini yaxshilaydi. Kasallik kechishini nazorat qilish hisobidan qaytalanish holatlari kamayadi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: bolalarda tungi enurezni erta klinik belgilarini test va so‘rovnomalar yordamida aniqlash, davo jarayoniga akupunktura va fitoterapiya muolajalarini kiritish kasallik tashxisoti xarajatlaridan har bir bemorga 117 008 so‘m, ortiqcha dori vositalarini qo‘llashni kamaytirish hisobiga 514 000 so‘m iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: Tungi enurez bo‘lgan bemor bolalarda kaallikni erta aniqlash va davolashda taklish etilgan usullarni qo‘llash natijasida bir bemorga 631 008 so‘m iqtisod qilishga erishilgan, bunda tadqiqotga jalb qilingan barcha bemorlar (n=120) bo‘yicha byudjet hisobidan 489 102 so‘m, byudjetdan tashqari xarajatlardan 141 906 so‘m iqtisodiy samaradorligini oshiradi.
birlamchi tungi enurezli bemorlarni tashhislash va kuzatish taktikasi algoritmini qo‘llash erta tashxisot va samarali davolash natijalarni optimallashtirishi aniqlandi, bu esa tungi enurezi bo‘lgan bolalarni davolashda xalq tabobati usullarini qo‘llash katta samaradorlikka ega ekanligini tasdiqladi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Ilmiy tadqiqot natijalari Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 11.11.2022 yildagi, Qashqadaryo viloyati, G‘uzor tumani «Ixlos-medikal» xususiy klinikasi bo‘yicha 08.11.2022 yildagi va Toshkent shahri “Modernamed Clinic” klinikasi bo‘yicha 07.11.2022 yildagi joriy qilish dalolatnomalariga asosan amaliyotga joriy etildi. Sog‘liqni saqlash vazirligining 24.11.2022 yildagi 8n-z/628 sonli xulosasi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: • bolalarda tungi enurezni davolashda kompleks terapiyani qo‘llash jismoniy rivojlanish, psixosomatik ko‘rsatkichlarni shakllanishiga ijobiy ta’sir etadi. • xalq tabobati usullarini kiritish bilan birlamchi tungi enurezli (BTE) bolalarda tashxislashning zamonaviy algoritmi va kuzatish taktikasi ishlab chiqildi, u birlamchi tungi enurezni kompleks davolashning 85% holatida ijobiy natijaga erishish imkonini bergan; Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 85% hollarda birlamchi tungi enurezni maktab yoshidagi bolalarda siydik pufagi tipini hisobga olgan holda medikamentoz, akupunktura seanslari va fitoterapiya usullari orqali kompleks davolash yuqori samardorlikni ko‘rsatgan. Xulosa: birlamchi tungi enurezni erta aniqlash va asoratlanishini oldini olishga qaratilgan taklif etilgan diagnostika va davo usullari yordamida bir yilda Tungi enurez bo‘lgan bemor bolalarda kaallikni erta aniqlash va davolashda taklish etilgan usullarni qo‘llash natijasida bir bemorga 631 008 so‘m iqtisod qilishga erishilgan. Tadqqotga jalb etilgan barcha bemorlar bo‘yicha davlat byudjetidan 75 720 960 so‘m iqtisod qilish imkonini bergan. A.T.Sharipovning «Tungi enurezli bolalarni davolashda xalq tabobati usullari» mavzusidagi dissertatsion tadqiqotida olingan yuqoridagi 4 ta ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazining 2022 yil 14 noyabrdagi 01/08-1878 sonli xati Sog‘liqni saqlash vazirilgiga taqdim etilgan.