Murodov Erkin Ergashevichning
falsafa doktori (RhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Umumiy o‘rta ta’lim bitiruvchilari egallashi lozim bo‘lgan kompetensiyalarni hayotda qo‘llash mexanizmlarini takomillashtirish”, 13.00.07 – Ta’limda menejment (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Ped4273.
Ilmiy rahbar: Yuldashev Maksud Abdullaevich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: A.Avloniy nomidagi pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalarga o‘rgatish milliy-tadqiqot instituti, DSc.28/30.12.2019.Ped.68.01.  
Rasmiy opponentlar: Xalikov A’zam Abdusalomovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Axmedov Murodjon Ubaydullaevich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi umumiy o‘rta ta’lim muassasalari bitiruvchilari egallashi lozim bo‘lgan kompetensiyalarni hayotda qo‘llash mexanizmlarini takomillashtirishga oid ilmiy va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kasbga yo‘naltirish jarayonlarini boshqarish jarayonlari o‘qituvchilarning o‘qitish samaradorligi (X1), o‘quvchilarning ta’limdan qoniqishi (X2), o‘quvchilarning muvaffaqiyat motivatsiyasi (Y), o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasi (Z) kabi o‘zgaruvchan omillarning empirik produktivligi validligini bevosita hisobga olish orqali aniqlashtirilgan;
o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish jarayonlarini amalga oshirish mazmuni metakognitivlikka asoslangan o‘quv-bilishga doir (o‘qish, yozish, matematik, tabiiy-ilmiy savodxonlik), ijtimoiy-hissiy (o‘z-o‘zini boshqarish, kommunikativlik, intiluvchanlik) ko‘nikmalarning kasbiy (jamoada ishlash, buyurtmachiga yo‘naltirish, iqtisodiy samaradorlikni belgilash) kompetensiyalar bilan integrativlik darajasini qat’iy belgilash orqali takomillashtirilgan;
o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirishning tashkiliy-funksional modelining jarayonli-baholovchi komponentlari an’anaviy va dual o‘qitish tizimini uyg‘unlashtirishga yo‘naltirilgan vitagen (hayotiy tajriba), pragmatik (amaliy yo‘naltirilgan), ijtimoiy-kasbiy trening kabi texnologiyalarni psixosotsial, madaniy va lingvistik baholash bilan qayta aloqasi identivligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish jarayonlarini boshqarish mexanizmi maktab, professional ta’lim, ishlab chiqarish korxonalarining integratsiyasini ta’minlashga xizmat qiladigan elektron tizimi (http://kasb.maktab.uz, http://profnavigator.uz) ergonomiyasining interaktivlik darajasini vertikal va gorizontal yo‘nalishlarda kengaytirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari bitiruvchilari egallashi lozim bo‘lgan kompetensiyalarni
hayotda qo‘llash mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari asosida:
o‘quvchilarning kasb-hunarga bo‘lgan qiziqishi va moyilligidan kelib chiqib ikkinchi xorijiy til hamda zamonaviy kasblarga o‘rgatish asosida kasbga yo‘naltirishga oid takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilariga ikkinchi xorijiy til hamda zamonaviy kasblarga o‘rgatish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori loyihasini ishlab chiqilishida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktab va maktabgacha ta’lim vazirligining 2023 yil 1 maydagi 02-02/2-574-son ma’lumotnomasi). Natijada har bir tuman (shahar)ning bittadan umumiy o‘rta ta’lim muassasasining o‘quvchilari 10-sinfdan boshlab Milliy malaka ramkasining 2-darajasiga mos bo‘lgan kasb-hunarlarga o‘qitilishi amaliyoti yo‘lga qo‘yilgan;
umumiy o‘rta ta’lim maktablarida kasb-hunarga o‘rgatish kurslarini tashkil etish tartibini joriy etishga oid takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholini tadbirkorlikka jalb qilish tizimini takomillashtirish va tadbirkorlikni rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori loyihasini ishlab chiqilishida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktab va maktabgacha ta’lim vazirligining 2023 yil 1 maydagi 02-02/2-574-son ma’lumotnomasi). Natijada kasb-hunarga o‘rgatish kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan maktab o‘quvchilariga o‘z biznesini tashkil etish uchun mikrokreditlar ajratish amaliyoti joriy qilingan;
umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘quvchilarning kasb-hunarga bo‘lgan qiziqishi va moyilligidan kelib chiqib ishchi kasblarga, tadbirkorlikka hamda axborot texnologiyalari va “kreativ industriya” yo‘nalishi bo‘yicha zamonaviy kasbga o‘rgatish mexanizmlarini joriy qilish tamoyillari bo‘yicha xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Maktab va maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktab va maktabgacha ta’lim vazirligining 2023 yil 1 maydagi 02-02/2-574-son ma’lumotnomasi). Natijada umumiy o‘rta ta’lim maktablarida yuqori sinf o‘quvchilarining ishchi kasblarga, “Yoshlar - kelajagimiz” jamg‘armasi orqali tadbirkorlikka, axborot texnologiyalari va “kreativ industriya” yo‘nalishlari (veb-dizayner, dasturchi va boshqalar) bo‘yicha kasblarga o‘rgatilishi joriy qilingan;
o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish jarayonlarini boshqarish mexanizmi maktab, professional ta’lim, ishlab chiqarish korxonalarining integratsiyasini ta’minlashga xizmat qiladigan elektron tizimi (http://kasb.maktab.uz, http://profnavigator.uz) ergonomiyasining interaktivlik darajasini vertikal va gorizontal yo‘nalishlarda kengaytirish asosida takomillashtirilgan xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Maktab va maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktab va maktabgacha ta’lim vazirligining 2023 yil 1 maydagi 02-02/2-574-son ma’lumotnomasi). Natijada umumiy o‘rta ta’lim muassasasi o‘quvchilarini ish va hayotga tayyorlash uchun kasbiy bilim va texnik malakalarini oshirish mexanizmlari takomillashtirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish