Sayidov Qaxramon Bekturdiyevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Shahar urbanizatsiyasi va uning ijtimoiy-madaniy rivojlanishiga ta’siri”, 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Fal757.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Xajiyeva Maqsuda Sultanovna, falsafa fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami; Buxoro davlat universiteti, RhD.03/27.02.2020.F.72.08. 
Rasmiy opponentlar: Choriyev Sanjar Anvarovich, falsafa fanlari doktori, professor; Hakimov Nazar Hakimovich, falsafa fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi shahar urbanizatsiyasining ijtimoiy-madaniy taraqqiyotga ta’sirini asoslab berishdan iborat.                     
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
urbanizatsiyaning ijtimoiy-madaniy, jug‘rofiy, etnosotsial, boshqarish, demografiya va migratsiya, aglomeratsiya kabi ilmiy talqinlari, sivilizatsiya bilan bog‘liq mehnat taqsimoti, ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanganligi, o‘ziga xos infratuzilmaning shakllangani va aglomeratsiyalarning vujudga kelishi, umumiy til va etnomadaniy qonuniyatlarning insoniylashtirish, madaniylashtirish, qulaylashtirish, nafosatlashtirish kabi umumijtimoiy va hududiy-lokal funksiyalari asoslangan;    
urbanizatsion rivojlanishning zamonaviylik, submadaniyat yaratish, gigantograd poytaxt va yirik shaharlar qurish kabi xorijiy rivojlanish modeli hamda shahar madaniyatining differensial xususiyatlari, ma’naviy voqelik sifatida idrok etish, o‘zini asrash, identligini yo‘qotmaslik kabi multikulturistik mintaqaviy tajribalari asosida ijtimoiy-madaniy taraqqiyotga oid xususiyatlari ochib berilgan;         
Yangi O‘zbekistonda urbanizatsiyani rivojlantirish konsepsiyasining shahar madaniyatini, shaharga xos infratuzilma yaratishda ijtimoiy-iqtisodiy, demografik, madaniy, xizmatlar ko‘rsatish kabi paradigmal tamoyillari, hududlarni kompleks rivojlantirishda uy-joy siyosatini amalga oshirish, ish bilan ta’minlash, texnoparklar tashkil etish, servis sohalarini rivojlantirish, ijtimoiy-ishbilarmonlik zonalar hududlarini kengaytirish kabi yo‘nalishlari takomillashtirilgan;
“Obod mahalla”, “Obod qishloq”, “Yangi Namangan”, “Yangi Andijon” va “Yangi O‘zbekiston” massivlarining urbanizatsion rivojlanishga hamda aglomeratsiyalarni shakllantirish mamlakatni sivilizatsion va urbanizatsion yuksaltirish, uni ijtimoiy-madaniy rivojlanishning drayveriga aylantirish, keng qamrovli (siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy, ma’rifiy, qurilish, servis) kabi kompleks chora-tadbirlarning gumanistik va ratsional taraqqiyot asoslari aniqlashtirilgan. 
IV. Tadqiqotning natijalarining joriy qilinishi. SHahar urbanizatsiyasining ijtimoiy-madaniy rivojlanishga ta’sirini tadqiq etish bo‘yicha olingan xulasalar asosida:
urbanizatsiyaning ijtimoiy-madaniy, jug‘rofiy, etnosotsial, boshqarish, demografiya va migratsiya, aglomeratsiya kabi ilmiy talqinlari, sivilizatsiya bilan bog‘liq mehnat taqsimoti, ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanganligi, o‘ziga xos infratuzilmaning shakllangani va aglomeratsiyalarning vujudga kelishi, umumiy til va etnomadaniy qonuniyatlarning insoniylashtirish, madaniylashtirish, qulaylashtirish, nafosatlashtirish kabi umumijtimoiy va hududiy-lokal funksiyalari oid xulosalaridan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Xorazm Ma’mun akademiyasida bajarilgan “I-FA-2019-25 Xorazm shaharlarining tarixi, madaniy meroslari, obidalari va san’at asarlarining tadqiqotlari asosida SMART texnalogiyalarni yaratish” (2019-2020 yy) amaliy loyihalada belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Xorazm Ma’mun akademiyasining 2022 yil 22 sentyabrdagi 140/2-22-son ma’lumotnomasi). Natijada, urbanizatsiyaning ilmiy talqinlari, sivilizatsiya bilan bog‘liq qonuniyatlari, umumijtimoiy va hududiy-lokal funksiyalarini aniqlashda muhim manba bo‘lib hamda loyihaning ijtimoiy-falsafiy jihatlarini ochib berishga xizmat qilgan;
urbanizatsion rivojlanishning zamonaviylik, submadaniyat yaratish, gigantograd poytaxt va yirik shaharlar qurish kabi xorijiy rivojlanish modeli hamda shahar madaniyatining differensial xususiyatlari, ma’naviy voqelik sifatida idrok etish, o‘zini asrash, identligini yo‘qotmaslik kabi multikulturistik mintaqaviy tajribalari asosida ijtimoiy-madaniy taraqqiyotga oid xususiyatlariga oid tahlillar va ilmiy xulosalaridan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanalining 2021-2022 yillarda efirga uzatilgan “Millat va ma’naviyat”, “O‘zbekiston yoshlari”, “Ta’lim va taraqqiyot” dasturlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali davlat muassasasining 2022 yil 21 oktyabrdagi 04-36-1771-son ma’lumotnomasi). Natijada, jamiyat a’zolari, xususan, yoshlarda estetik madaniyatni shakllantirish hamda madaniyatni rivojlanishi bilan bog‘liq dasturlar va innovatsion g‘oyalarni ishlab chiqish ishlarini yanada takomillashtirishga xizmat qilgan;
Yangi O‘zbekistonda urbanizatsiyani rivojlantirish konsepsiyasining milliy-madaniy taraqqiyotga paradigmal ta’siri, innovatsion mohiyati va hududlarni kompleks rivojlantirishdagi ahamiyati borasidagi ilmiy yangiliklar, nazariy xulosalar, metodologik xulosalar hamda amaliy takliflardan O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan KA-3-007-raqamli “O‘zbekistonda fan va ta’lim integratsiyalashuvi jarayonining ijtimoiy, ma’naviy-ahloqiy, konseptual falsafiy muammolar tahlili” (2020-2021 yy) mavzusidagi amaliy tadqiqot loyiha doirasida belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universitetining 2022 yil 1 dekabrdagi 04/11-7756-son ma’lumotnomasi). Natijada, amaliy loyihani yanada takomillashtirishga va keng jamoatchilikka O‘zbekistonda shahar madaniyatini rivojlantirish borasidagi milliy-madaniy tajribalarning retrospektiv shakllanish va to‘planish xususiyatlarini tahlil qilishga xizmat qilgan;
“Obod mahalla”, “Obod qishloq”, “Yangi Namangan”, “Yangi Andijon” va “Yangi O‘zbekiston” massivlarining urbanizatsion rivojlanishga hamda aglomeratsiyalarni shakllantirish mamlakatni sivilizatsion va urbanizatsion yuksaltirish, uni ijtimoiy-madaniy rivojlanishning drayveriga aylantirish, keng qamrovli (siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy, ma’rifiy, qurilish, servis) kabi kompleks chora-tadbirlarning gumanistik va ratsional taraqqiyot asoslariga oid ilmiy va amaliy tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligini 2023 yilga mo‘ljallangan dasturlar bo‘yicha loyihalarini, keng ko‘lamli bunyodkorlik, qurilish, ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari talab etiladigan muammolar mavjud “og‘ir” toifali deb topilgan 1071 ta mahallalarda mahallalarni infratuzilmasi, aholini ijtimoiy holati, yashash sharoiti va boshqa muammolarni o‘rganish hamda mahallalarda obodonlashtirish, qurilish va bunyodkorlik ishlarini amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligining 2022 yil 5 dekabrdagi 04-02/967-son ma’lumotnomasi). Natijada, qishloq turmush darajasini yuksaltirish orqali unga shahar madaniyatini, urbanizatsiyani olib kirish, urbanizasion rivojlanishga, mahallalarning infratuzilmasi, aholini ijtimoiy holati, yashash sharoiti kabi muammolarni bartaraf xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish