Rajabov To‘xtamurod Abdullayevichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I.    Umumiy ma’lumot. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Zamonaviy o‘zbek she’riyatida badiiy ko‘chim poetikasi”, 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Fil2730.
Ilmiy rahbar: Rajabov Dilshod Zaripovich, filologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Rasmiy opponentlar: Olim Sadriddinovich Qayumov, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Shodmonov Nafas Namozovich, filologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi (muassasalar), IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSs.03/04.06.2021.Fil.72.09.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi zamonaviy o‘zbek she’riyatida yaratilgan badiiy ko‘chimlarning asoslari va xususiyatlarini aniqlash, ularning yuzaga kelish jarayonini tishunoslik va adabiyoshunoslik tamoyillari asosida ochib berishdan iborat.
 III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
poetik ko‘chimlarning badiyat hosil qiluvchi va obrazlilik, ifodaviylik, ta’sirchanlikni yuzaga chiqaruvchi hodisa ekanligi, metonimiya fikrni ta’kidlab, kuchaytirib ko‘rsatish vazifasini bajarishi, metaforaning falsafiy mazmunni ifodalashga xizmat qilganligi, metafora va metonimiyaninig uyg‘un holda namoyon bo‘lishi asoslangan; 
lirik matn va ko‘chim, so‘z va ko‘chim, fikr va ko‘chim tushunchalari orasidagi munosabatlar yoritilgan, metaforalarning lingivistik (turg‘un, an’anaviy) metafora va xususiy (muallif nutqi metaforalari, erkin metafora) ko‘rinishlari aniqlangan, metonimiyaning muayyan o‘y-fikr, his-kechinma ifoda etishi, arxetip sinekdoxalarning shakl hodisasi sifatida kelishi yoritilgan; 
zamonaviy o‘zbek she’riyatidan olingan misollar vositasida poetik ko‘chimlar vositasida tashbeh, ta’dil, ruju, istiora mubolag‘a, tashxis, intoq, anafora sinagari badiiy san’atlarning yuzaga kelishi dalillangan; 
poetik ko‘chimlarning mumtoz she’riyatdagi ifodasi Alisher Navoiy Zahiriddin Bobur baytlari orqali dalillangan va zamonaviy she’riyatdagi ma’no-mazmun yangilanishlari ochib berilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Olingan ilmiy natijalar quyidagi ishlarda joriylangan:
poetik ko‘chimlarning badiyat hosil qiluvchi va obrazlilik, ifodaviylik, ta’sirchanlikni yuzaga chiqaruvchi hodisa ekanligi, metonimiya fikrni ta’kidlab, kuchaytirib ko‘rsatish vazifasini bajarishi, metaforaning falsafiy mazmunni ifodalashga xizmat qilganligi, metafora va metonimiyaninig uyg‘un holda namoyon bo‘lishi O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida bajarilgan FA-F1-OO5 “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyoshunosligi tarixini tadqiq etish” (2017 – 2020y.y.) mavzusidagi fundamental ilmiy loyihalarni bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2023-yil 17-yanvardagi 17.01/226-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘z asarlari bilan poetik an’analarga sadoqat barobarida individualligini to‘la namoyon eta olgan ijodkorlarning badiiy-estetik tajribalari haqidagi ilmiy xulosalar adabiyot va adabiyoshunoslik tarixini yoritish tamoyillarini belgilashda o‘z o‘rniga egaligini asoslashga xizmat qilgan; 
lirik matn va ko‘chim, so‘z va ko‘chim, fikr va ko‘chim tushunchalari orasidagi munosabatlar yoritilgan, metaforalarning lingivistik (turg‘un, an’anaviy) metafora va xususiy (muallif nutqi metaforalari, erkin metafora) ko‘rinishlari aniqlangan, metonimiyaning muayyan o‘y-fikr, his-kechinma ifoda etishi, arxetip sinekdoxalarning shakl hodisasi sifatida kelishi 2021-2022-yillarda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Buxoro viloyati bo‘limi huzuridagi “Nilufar” adabiy to‘garagi mashg‘ulotlari materiallarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yozuvchilar uyushmasi Buxoro viloyati bo‘limining 2022-yil 26-dekabrdagi 32-son ma’lumotnomasi). Natijada to‘garak mashg‘ulotlarida she’riy matnlardan keng foydalanilgan;
zamonaviy o‘zbek she’riyatidan olingan misollar vositasida poetik ko‘chimlar vositasida tashbeh, ta’dil, ruju, istiora mubolag‘a, tashxis, intoq, anafora sinagari badiiy san’atlarning yuzaga kelishi dalillanganligi asosida dissertastiyadagi ilmiy-nazariy natijalaridan fundamental loyihani bajarishda yosh olimlarning Yo-A-1-9 raqamli “Aholining turli qatlamlariga psixologik xizmat ko‘rsatish” mavzusidagi amaliy loyihasi (2016-2017 y.y.) mavzusidagi fundamental ilmiy loyihalarni bajarishda foydalanilgan (Buxoro davlat universitetining 2023-yil 31-martdagi 04-04/01-441(01)-son ma’lumotnomasi). Natijada badiiy san’atlarning yuzaga kelishida poetik ko‘chimlar ko‘lami kengaygan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish