Kurbanov Djamshid Djurayevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Markaziy Osiyo ijtimoiy-falsafiy tafakkuri tarixining diniy fundamentalizm va ekstremizmga qarshi kurashdagi ahamiyati”, 09.00.03 –Falsafa tarixi (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Fal591.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat pedagogika instituti.
Ilmiy rahbar: Safarova Nigora Olimovna, falsafa fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, RhD.03/27.02.2020.F.72.08.
Rasmiy opponentlar: Sharipova Oygul Tursunovna, falsafa fanlari doktori, dotsent; To‘rayev Baxtiyor Omonovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Markaziy Osiyo mutafakkirlari ma’naviy merosining diniy fundamentalizm va ekstremizmga qarshi kurashdagi g‘oyaviy ahamiyatini asoslab berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Markaziy Osiyo muhaddislari (Imom Termiziy, Imom Buxoriy) merosida diniy fundamentalizm va ekstremizmning destruktiv mohiyatiga oid axloqiy va ma’naviy xilma-xilligiga qarshi kurash, aqidaviy tamoyillarni aql dalillaridan ustun qo‘yish hamda bugungi kunni umumiy qoralash va norozilik bildirish kabi illatlarning bartaraf etish tamoyillari ilmiy-nazariy jihatdan asoslangan;
Markaziy Osiyo mutasavviflari manaviy merosining diniy fundamentalizm va ekstremizmda qarshi g‘oyaviy kurashda ishonchli manbalar orqali fitnalarni rad etish, islom dinining asl mohiyatini anglash barobarida odob-axloq, bag‘rikenglik, murosa, hamkorlik va hamjihatlik kabi insoniy fazilatlarni shakllantirishdagi ma’naviy-ma’rifiy roli asoslab berilgan;
Markaziy Osiyo mutafakkirlari ilmiy merosining tinchlik va barqarorlikni taminlashdagi falsafiy qarashlarining “Jaholatga qarshi ma’rifat” konsepsiyasi bilan farovonlikni targ‘ib qilish, ezgulikka da’vat etish, yoshlarni radikallashuv va zo‘ravonlik “virusi” dan har tomonlama himoya qilishda hozirgi davr bilan uyg‘unligi hamda dialektik aloqadorligi ochib berilgan;
Yangi O‘zbekiston jamiyatida bag‘rikenglik va insonparvarlik madaniyatini rivojlantirishda diniy fundamentalizm va ekstremizmning zo‘ravonlik, beqarorlik kabi salbiy oqibatlarini bartaraf etishning yoshlar sog‘lom tafakkurini shakllantirish, milliy qadriyatlarimiz va tariximizga hurmat ruhida tarbiyalash, dinning insonparvarlik mohiyatini ochib berish, oila, mahalla va ta’lim maskanlari hamkorligini yo‘lga qo‘yish zarurati isbotlab berilgan.
IV. Tadqiqotning natijalarining joriy qilinishi. Markaziy Osiyo ijtimoiy-falsafiy tafakkuri tarixining diniy fundamentalizm va ekstremizmga qarshi kurashdagi ahamiyatini tadqiq etish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy natijalar asosida:
Markaziy Osiyo muhaddislari (Imom Termiziy, Imom Buxoriy) merosida diniy fundamentalizm va ekstremizmning destruktiv mohiyatiga oid axloqiy va ma’naviy xilma-xilligiga qarshi kurash, aqidaviy tamoyillarni aql dalillaridan ustun qo‘yish hamda bugungi kunni umumiy qoralash va norozilik bildirish kabi illatlarning bartaraf etish tamoyillariga oid ilmiy-nazariy tahlillar va taklif-tavsiyalaridan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi markaziy kengashining yoshlarni ma’naviy-axloqiy jihatdan vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda tarixiy xotira, milliy g‘urur va o‘zlikni anglash, ro‘y berayotgan voqealarga daxldorlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat tuyg‘ularini shakllantirish kabi vazifalari bilan bog‘liq amaliy loyihalarini shakllantirishda, ularni mazmuni va samaradorligini oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy kengashining 2021 yil 3 maydagi 04-13/811-son ma’lumotnomasi). Natijada, globallashuv davrida yoshlar ongiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan g‘oyaviy tahdidlar, diniy fundamentalizm va ekstremizmning oldini olishga hamda diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlik mavzuiga doir targ‘ibotning samaradorligini oshishiga xizmat qilgan;
Markaziy Osiyo mutasavviflari manaviy merosining diniy fundamentalizm va ekstremizmda qarshi g‘oyaviy kurashda ishonchli manbalar orqali fitnalarni rad etish, islom dinining asl mohiyatini anglash barobarida odob-axloq, bag‘rikenglik, murosa, hamkorlik va hamjihatlik kabi insoniy fazilatlarni shakllantirishdagi ma’naviy-ma’rifiy roliga doir ilmiy xulosalaridan Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining ilmiy xodimlari tomonidan nashr etilgan sof islom e’tiqodi va ta’lim tarbiyaga oid tayyorlangan «Nafs odobi», «Nafs riyozati» va «Kasb tirikchilik bayoni» nomli risolalarini tayyorlashda va mazmunini to‘ldirishda foydalanilgan (Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining 2021 yil 22 dekabrdagi 01-07/191-son ma’lumotnomasi). Natijada, O‘zbekistonning dunyo hamjamiyatida diniy fundamentalizm, ekstremizm, terrorizm va boshqa destruktiv g‘oyalarga qarshi kurashda amalga oshirilayotgan zamonaviy islohotlarning mohiyatini chuqur anglashda Markaziy Osiyo ijtimoiy-falsafiy merosining ahamiyatini oshirish bilan bog‘liq sohalarda olib borilayotgan faoliyatning samaradorligini oshishiga xizmat qilgan;
Markaziy Osiyo mutafakkirlari ilmiy merosining tinchlik va barqarorlikni taminlashdagi falsafiy qarashlarining “Jaholatga qarshi ma’rifat” konsepsiyasi bilan farovonlikni targ‘ib qilish, ezgulikka da’vat etish, yoshlarni radikallashuv va zo‘ravonlik “virusi” dan har tomonlama himoya qilishda hozirgi davr bilan uyg‘unligi hamda dialektik aloqadorligiga doir taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi «O‘zbekiston» telekanalining «Hidoyat sari», «Ta’lim va taraqqiyot» dasturlari senariysida (2021 yil fevral-mart oylari) foydalanilgan («O‘zbekiston» teleradiokanali DUKning 2021 yil 19 martdagi O‘zR-1-28-2-son ma’lumotnomasi). Natijada, tadqiqot ishining ilmiy yangiliklari mazkur dasturlarning sifati, mazmuni va samaradorligini oshirishda xizmat qilgan;
Yangi O‘zbekiston jamiyatida bag‘rikenglik va insonparvarlik madaniyatini rivojlantirishda diniy fundamentalizm va ekstremizmning zo‘ravonlik, beqarorlik kabi salbiy oqibatlarini bartaraf etishning yoshlar sog‘lom tafakkurini shakllantirish, milliy qadriyatlarimiz va tariximizga hurmat ruhida tarbiyalash, dinning insonparvarlik mohiyatini ochib berish, oila, mahalla va ta’lim maskanlari hamkorligini yo‘lga qo‘yish zaruratiga oid ilmiy yangiliklardan ilmiy-nazariy tahlillar, falsafiy xulosalar va taklif-tavsiyalardan Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining «Jaholatga qarshi ma’rifat» nomli ma’naviy-axloqiy tarbiyaviy tadbirlarini amalga oshirishga yo‘naltirilgan qo‘llanmalarni tayyorlashda, Markaz faoliyati rejasidagi "Internet orqali radikallashuv: muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari» maqzusida onlayn respublika ilmiy-amaliy konferensiyasini o‘tkazishda hamda «Islomofobiyani bartaraf etish omillari», «Islomda ijtimoiy illatlar muolajasi», «Yevropada islomofobiyaning jadallashuvi» kabi risolalar, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalarni tayyorlashda foydalanilgan (Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining 2022 yil 17 fevraldagi 02/78-son ma’lumotnomasi). Natijada, O‘zbekistonning xalqaro tashkilotlar va dunyo hamjamiyatida bilan hamkorlikda diniy fundamentalizm va ekstremizmga qarshi kurashda amalga oshirilayotgan islohotlarni tushunishda ahamiyat kasb etgan.