Jamolova Zilola Nizomovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumot.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “O‘zbek tanqidchiligida adabiy obzor: tabiati va taraqqiyoti”, 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Fil3075.
Ilmiy rahbar: Axmedova Shoira Nematovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi (muassasalar), IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSs.03/04.06.2021.Fil.72.09.
Rasmiy opponentlar: Rasulova Umida, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Meliyev Suvon, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi o‘zbek tanqidchiligida adabiy obzor janrining tabiati va taraqqiyotini ochib berishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
adabiy tanqid janrlari tizimida adabiy obzorning o‘rni, dastlabki adabiy obzorlar tasniflanib, obzorning janriy xususiyati, tabiati belgilanib, uning boshqa janrlardan farqli (maqsadi, vazifasi, hajmi, usullari) jihatlari, turli manbalardan olingan ma’lumotlarni qiyoslash, ushbu bilimlarning rivojlanish tamoyillarini ko‘rsatuvchi yangi bilimlarning umumiy ko‘rinishi, adabiy muammoning yangi yo‘nalishlarini ajratib ko‘rsatish, istiqbolli g‘oyalarni ilgari surish kabi jihatlari aniqlangan;
adabiy obzor janrining har bir davrdagi rivojini kuzatish, XX asr boshlaridagi murakkab adabiy jarayonda, shuningdek, sho‘ro davri va mustaqillik yillaridagi taraqqiyoti dalillanib, ichki shakllari aniqlangan, shu orqali adabiyot rivojidagi o‘rni hamda adabiy obzor yaratishda sintezlashuv va differensiyalashish jarayoni asoslangan;
adabiy obzor poetikasiga xos (tili, kompozisiyasi, turli usullardan foydalanish) xususiyatlarni yoritish, badiiy matn mukammalligini belgilash, sharhdagi umumlashtiriluvchi muhim jihatlar ko‘rsatilib, obzorning ilmiy-nazariy jihatlaridan adabiy obzor janrining nazariy jihatlarini qiyoslash hamda janrning poetik xususiyatlari masalalari isbotlangan;
adabiy obzor janri taraqqiyotiga xos turli qarashlar, badiiy matn yuksakligi uchun xizmat qiladigan adabiy obzorning tabiatiga xos jihatlar, ichki shakllari (xronologik, ilmiy-nazariy, sintezlashgan, turkum, obzor maqola) hamda adabiyotdagi yutuqlar va kamchiliklar, janr mukammalligini ta’minlovchi turli vositalar (ritorik so‘roq, iqtibos, murojaat, kinoya), tavsiyalardan foydalanish dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Olingan ilmiy natijalar quyidagi ishlarda joriylangan:
adabiy tanqid janrlari tizimida adabiy obzorning o‘rni, dastlabki adabiy obzorlar tasniflanib, obzorning janriy xususiyati, tabiati belgilanib, uning boshqa janrlardan farqli (maqsadi, vazifasi, hajmi, usullari) jihatlari, turli manbalardan olingan ma’lumotlarni qiyoslash, ushbu bilimlarning rivojlanish tamoyillarini ko‘rsatuvchi yangi bilimlarning umumiy ko‘rinishi, adabiy muammoning yangi yo‘nalishlarini ajratib ko‘rsatish, istiqbolli g‘oyalarni ilgari surish kabi ilmiy-nazariy qarashlaridan FA-F1-GOO2- raqamli “Qoraqalpoq folklori va adabiyoti janrlarining nazariy masalalarini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental loyihada (2017-2020-yy.) foydalanilgan (O‘zFA Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar ilmiy-tadqiqot institutining 2023-yil 9-yanvardagi 227-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek tanqidchiligidagi janrlar tarkibini boyitishga hissa qo‘shgan adabiy obzorning adabiy jarayonni rivojlantirishga tizimli ishtiroki mavjudligini aniqlashga imkon bergan;
adabiy obzor janrining har bir davrdagi rivojini kuzatish, XX asr boshlaridagi murakkab adabiy jarayonda, shuningdek, sho‘ro davri va mustaqillik yillaridagi taraqqiyoti tadqiq etilgan, ichki shakllari tasnif qilingan, shu orqali adabiyot rivojidagi o‘rni hamda adabiy obzor yaratishda sintezlashuv va differensiyalashish jarayoni FA-F1-OO5- raqamli “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyoshunosligi tarixini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental loyihani bajarishda (2012-2016-yy.) foydalanilgan (O‘zFA Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar ilmiy-tadqiqot institutining 2023-yil 9-yanvardagi 228-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek tanqidchiligida adabiy obzorning badiiy matn tahlili bilan bog‘liqligini asoslash imkonini bergan;
adabiy obzor poetikasiga xos (tili, kompozisiyasi, turli usullardan foydalanish) xususiyatlarni yoritish; badiiy matn mukammalligini belgilash, sharhdagi umumlashtiriluvchi muhim jihatlar ko‘rsatilgan; obzorning ilmiy-nazariy jihatlariga doir ilmiy xulosalaridan adabiy obzor janrining nazariy jihatlarini qiyoslab tadqiq etish hamda janrning poetik xususiyatlarini tahlil qilishda A–OT-2019-10 raqamli “O‘zbek tilida neymning : me’yoriy – huquqiy asoslarini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihani bajarishda (2019-2022-yy.) foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2023-yil 1-apreldagi 661-son ma’lumotnomasi). Natijada, loyihada istiqbolli g‘oyalarni ilgari surish kabi masalalarni tahlil qilish imkonini bergan;
adabiy obzor janri taraqqiyotiga xos turli qarashlar, badiiy matn yuksakligi uchun xizmat qiladigan adabiy obzorning tabiatiga xos jihatlar, ichki shakllari (xronologik, ilmiy-nazariy, sintezlashgan, turkum, obzor maqola) hamda adabiyotdagi yutuqlar va kamchiliklar, janr mukammalligini ta’minlovchi turli vositalar (ritorik so‘roq, iqtibos, murojaat, kinoya),tavsiyalar ilmiy natijalaridan Buxoro viloyat teleradiokompaniyasining “Menga so‘z bering”, “Assalom, Buxoro”, “Jahon tamadduni durdonalari”, “Asrlarning asraganlari” “Sakkizinchi mo‘jiza”, “Muloqot va munozara”, “Qadriyatlar qadim beshigi” radioeshittirishlari ssenariylarida unumli foydalanilgan (Buxoro viloyat teleradiokompaniyasining 2023-yil 7-fevraldagi 02.02/37-son ma’lumotnomasi). Natijada teletomoshabinlarning adabiyot, badiiy matn imkoniyatlari, badiiy adabiyotning o‘ziga xos tomonlari, adabiy obzor muammolari bo‘yicha tasavvur-tushunchalarini boyitish imkonini bergan.