Qodirova Ro‘zigul Sadulloyevnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I.    Umumiy ma’lumot 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Adabiy-estetik qarashlar va badiiyat biografiyasi (No`mon Rahimjonov ijodi misolida)”, 10.00.02 ¬–¬ O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Fil2729. 
Ilmiy rahbar: Quvvatova Dilrabo Xabibovna, filologiya fanlari doktori, professor. 
Rasmiy opponentlar: Qobilov Usmon Uralovich, filologiya fanlari doktori, dotsent; Jo‘raqulov Uzoq Haydarovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi (muassasalar), IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSs.03/04.06.2021.Fil.72.09.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
Tadqiqotning maqsadi adabiyoshunos va ijodkor No‘mon Rahimjonovning adabiy-estetik qarashlarini, badiiy ijodiga xos jihatlarini ochib berishdan iborat. 
II.    Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
No‘mon Rahimjonov ilmiy-ijodiy faoliyatining XX asr hamda XXI asr boshlari o‘zbek she’riyatining tarixi, nazariyasi hamda taraqqiyot tendensiyalari, adabiy jarayon psixologiyasi, so‘z san’atkorlarining ijodiy laboratoriyasi, ijod jarayoni, badiiy ijod singari muhim yo‘nalishlarga ega bo‘lganligi aniqlangan; 
No‘mon Rahimjonovning yangi tipdagi poema nazariyasi, lirik poema, poetik polotno, liro-epik poema, poema-trilogiya, dramatik doston janr ko‘rinishlari haqidagi qarashlari ochib berilgan; 
olimning XX asr o‘zbek adabiyoti namoyandalari ijodi, hozirgi adabiy jarayon tadqiqiga bag‘ishlangan tadqiqotlarida biografik, germenevtik, analitik, qiyosiy-tarixiy metodlarning yetakchilik qilishi asoslangan;
badiiy ijodkor No‘mon Rahimjonov dilbitiklarida qo‘llangan tibbiyotga oid “jigar sirrozi”, “Ibn Sino”, “Tib qonunlari’’, “doktor”, “UZD apparati” kabi so‘z va so‘z birikmalarining o‘z ma’nosida qo‘llanganligi hamda “dori”, “shifobaxsh”, “davo”, “kasal”, “tabib” singari atamalarning ramziylik kasb etganligi lingvistik jihatdan aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Olingan ilmiy natijalar quyidagi ishlarda joriylangan:
No‘mon Rahimjonovning ilmiy-ijodiy faoliyatining XX asr hamda XXI asr boshlari o‘zbek she’riyati tarixi, nazariyasi hamda taraqqiyot tendensiyalari, adabiy jarayon psixologiyasi, so‘z san’atkorlarining ijodiy laboratoriyasi, ijod jarayoni, badiiy ijod singari muhim yo‘nalishlari aniqlanganligi bilan bog‘liq ilmiy qarashlardan FA-F1-OO5 «Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyoshunosligi tarixini tadqiq etish» (2017-2020 y.y.) mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2022-yil yanvardagi 17.01/18-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha XX-XXI asrlar adabiy-estetik tafakkuri taraqqiyotiga oid yangi ma’lumotlar bilan boyitilgan;
No‘mon Rahimjonovning yangi tipdagi poema nazariyasi, uning lirik poema, poetik polotno, liro-epik poema, poema-trilogiya, dramatik doston kabi janr ko‘rinishlari xususiyatlari haqidagi qarashlari yoritilgan; olimning XX asr o‘zbek adabiyoti namoyandalari ijodiga, hozirgi adabiy jarayon tadqiqiga bag‘ishlangan tadqiqotlarida biografik, germenevtik, analitik, qiyosiy-tarixiy metodlarning yetakchilik qilishi asoslangan nazariy xulosalaridan FA-F1-OO5 «Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyoshunosligi tarixini tadqiq etish» (2017-2020 y.y.) mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2022-yil yanvardagi 17.01/18-son ma’lumotnomasi). Natijada adabiy-estetik qarashlar va badiiyat biografiyasi haqida olib borilgan tadqiqotlarning ilmiy saviyasini oshirishga xizmat qilgan.
adabiyoshunos va badiiy ijodkor No‘mon Rahimjonov dilbitiklarida qo‘llangan tibbiyotga oid “jigar sirrozi”, “Ibn Sino”, “Tib qonunlari’’, “doktor”, “UZD apparati” kabi so‘z va so‘z birikmalarining o‘z ma’nosida qo‘llanganligi hamda “dori”, “shifobaxsh”, “davo”, “kasal”, “tabib” singari atamalarning ramziylik kasb etganligi lingvistik jihatdan aniqlangan ilmiy fikr va xulosalardan A-OT-2021-2-raqamli “Tibbiyotga oid atamalar elektron platformasini yaratish” (2020-2021) mavzusidagi amaliy loyihani bajarishda foydalangan (Buxoro davlat universitetining 2023-yil 17-fevraldagi 04-04/01-307-son ma’lumotnomasi). Natijada badiiy matn tarkibida qo‘llangan bunday atamalar tibbiy ma’nodan tashqari metaforik ma’nolarni ham bildirganligi, hayotiy mazmunni ifodalashga xizmat qilganligi bilan bog‘liq qarashlar izohli lug‘atlarni va soha lingvistikasi terminlarining boyish imkonini bergan
No‘mon Rahimjonovning olimning adabiyot nazariyasi, XX-XXI asr o‘zbek adabiyoti, adabiy jarayon masalalariga bag‘ishlangan tadqiqotlariga xos muhim jihatlar, uning ilmiy yondashuv oydinlashtirilgan; badiiy ijodkorning adabiy ertak, qissa janridagi asarlari, dilbitiklari mazmuni, kompozisiyasi, obrazlar olami, badiiy til xususiyatlari ochib berilgan fikr va qarashlardan Buxoro viloyat teleradiokompaniyasining «Adabiy muhit», «She’riyat gulshani» ko‘rsatuvlarining 2020-yil aprel va iyun sonidagi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Buxoro Viloyati teleradiokompaniyasining 2020-yil 29-dekabrdagi 1/339-son ma’lumotnomasi). Natijada teletomoshabinlarning XX-XXI asr adabiy-estetik tafakkuri rivojiga katta hissa qo‘shgan adabiyoshunos va ijodkor, professor No‘mon Rahimjonov asarlari bilan yaqindan tanishishlariga imkon yaratgan, adabiy ko‘rsatuvlar zahirasini boyitishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish