Sattorov Ulugbek Fayzullayevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
“O‘zbek xalq toponimik nasrining tasnifi va poetikasi”, 10.00.08 – Folklorshunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.DSc/Fil112.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zR FA Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyi.
Ilmiy maslahatchilar: [Mamatqul Jo‘rayev], filologiya fanlari doktori, professor; Eshonqulov Joppor Saliyevich, filologiya fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zR FA O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti, DSc.02/30.12.2019.Fil.46.02.
Rasmiy opponentlar: Jumanazarov Umurzak Abdurazakovich, filologiya fanlari doktori, professor; Kayumov Olim Sadriddinovich, filologiya fanlari doktori; Palimbetov Kamal Sarsenbayevich, filologiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek nasri xalq toponimik afsona va rivoyatlarining o‘ziga xos belgilari, janriy xususiyalari, semantik ko‘lamini aniqlash, ularning og‘zaki epik janrlar tizimida tutgan o‘rni, syujet tizimi, motivlar tarkibi va obrazal silsilasining poetik evolyusiyasini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
hozirga qadar yozib olingan, turli folklor to‘plamlari, kitoblar, ilmiy va adabiy manbalar, vaqtli matbuot nashrlari va boshqa manbalarda ommalashtirilgan toponimik nasr namunalariga ko‘ra mamlakatimizning qadimiy folklor an’analari saqlanib qolgan hududlarida joy nomlari bilan aloqador toponimik afsona hamda rivoyatlar asoslangan;
o‘zbek xalq toponimik nasrining yozib olinishi, nashr etilishi va tadqiq etishi “Tuyoqli”, “Erganakli”, “Nayman”, “Kenegas”, “Baliqchi”, “Jaloyir”, “Mang‘it”, “Juvondur”, “Karvak”, “Pichoqchi”, “Jig‘achi” singari oykonimik afsona va rivoyatlarda muayyan joyda ilk bor yashagan kishilarning urug‘i toponimning kelib chiqishi dalillangan;
o‘zbek xalq toponimik nasrida izohlanayotgan joy nomlarining atalish motivatsiyalariga ko‘ra bir-birlaridan farqlanishi toponimik afsonalar va rivoyatlarni oykonimik, gidronimik, oronimik, nekronimik kabilarga ajratib dalillangan;
o‘zbek toponimik nasri, afsona va rivoyatlarining folklor janrlariga oid boshqa xarakterdagi folklor asarlari, xususan, tarixiy afsona va rivoyatlar, mifologik afsonalardan bugungi kunga qadar lokal xususiyatlari va o‘zining jonli ijro holatini saqlab kelishi kabi farqli jihatlari aniqlanib, toponimik nasrning o‘ziga xos spesifik xususiyatlarini ko‘rsatib beruvchi epik zamonning tarixan muayanlik kasb etishi, tinglovchi voqelikni hayotiy haqiqat, deb qabul qilishi bilan bog‘liq eng muhim yetakchi motivlari aniqlangan;
o‘zbek toponimik nasri syujetining shakllanish tarixi, manbalari, obrazlar badiiy evolyusiyasi va asosiy motivlar tarkibining rang-barangligini ko‘rsatib beruvchi o‘ziga xos xususiyatlarining hozirgi holati toponimik afsonalarning qahramonlik motivlari bilan aloqador qarashlari va toponimik nasr namunalarining poetikasi ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalapining jopiy qilinishi. O‘zbek xalq toponimik nasrining o‘ziga xos xususiyatlari, genezisi va poetikasini tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
“Toponomik rivoyatlarning o‘ziga xos xususiyatlari” (2000), “Xalq toponimikasi va uning rivoyat va afsonalar bilan aloqadorligi” (2018) kabi maqolalari hamda “O‘zbek xalq toponomik rivoyatlari” (2013) monografiyasidagi o‘zbek xalq nasrining tarixiy ildizlari va badiiyatiga doir ilmiy nazariy qarashlaridan hamda joy nomlari bilan aloqador toponimik afsona va rivoyatlarning ilmiy tavsifi O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limida 2014-2015 yillarda bajarilgan I1-FA-0-14244 raqamli “Qoraqalpoq xalq prozasining ilgari chop etilmagan namunalarini nashrga tayyorlash va chop etish” (100 jidlik “Qoraqalpoq folklori” to‘plami bo‘yicha)” mavzusidagi innovatsion loyihasida foydalanilgan (O‘zR FA Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2022-yil 9-dekabrdagi 511/1-son ma’lumotnomasi). Natijada turkiy xalqlar afsonalarining janr sifatida takomillashuvi, genezisi va tipologiyasini o‘rganishda, shuningdek, xalq afsonalari va rivoyatlarining g‘oyaviy-tematik, obrazlar tizimidagi syujet, kompozision qurilishi, asosiy motivlarini ochib berishdagi ilmiy-tipologik imkoniyatlari kengaygan;
jahon xalqlari toponomik nasri tasnifi masalalari, xususan, o‘zbek xalq toponomik nasrning o‘ziga xos xususiyatlari, tasnifi va badiiyati masalasiga doir materiallari va ilmiy-nazariy qarashlaridan Navoiy viloyati Madaniyat boshqarmasining nomoddiy madaniy meros ob’ektlarini aniqlash, xalq og‘zaki ijodi namunalarining ijrochilari ro‘yxatini shakllantirish va ulardan toponimik rivoyat va afsonalar namunalarini yozib olish bilan bog‘liq amaliy faoliyatida foydalangan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi 2023-yil 07-iyuldagi 05-11-15-1485-son ma’lumotnomasi Natijada nomoddiy madaniy meros ob’ektlarining mahalliy va respublika ahamiyatiga molik ro‘yxatlarini shakllantirish, folklor toponimik asarlarini janriy tabiatidan kelib chiqib, arxivlashtirish va folklor-etnografik jamoalari repertuarini sahnalashtirish metodikasi takomillashtirilgan;
o‘zbek xalq toponimik nasrining tarixiy-genetik asoslari va o‘zbek mifologiyasi tahliliga doir materiallar va ilmiy-nazariy xulosalardan Navoiy viloyati tarix va madaniyati muzeyining Sarmishsoy ochiq osmon ostidagi muzey qo‘riqxonasiga tashrif buyurgan sayyohlarga qoyatosh suratlari mohiyati va ma’nosini tushuntirish amaliyotida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi 2023-yil 6-iyundagi 04-06/1876-son ma’lumotnomasi) Natijada xalqimizning qadimiy mifopoetik tasavvurlari aks etgan osori-antiqalar mohiyatini keng targ‘ib etish imkoniyatlari kengaytirilgan;
o‘zbek xalq toponomik nasrining areal xususiyatlari, joy nomlari bilan bog‘liq afsona va rivoyatlarning tarixiy asoslari va mifologik talqiniga doir ilmiy qarashlaridan O‘zbekiston Respublikasi Navoiy viloyati teleradiokompaniyasi “Milliy qadriyat” rukni ostida teleko‘rsatuvlari, viloyat radiosining “Bobo meros qadriyatlarlar tarixi” turkum eshittirishlari, “Navro‘z” umumxalq bayrami munosabati bilan tayyorlangan turkum ko‘rsatuvlari va radioeshittirishlarini tayyorlashda keng foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradio kompaniyasi Navoiy viloyati teleradio kompaniyasining 2022-yil 30-sentyabrdagi 01-04/145-son ma’lumotnomasi). Natijada xalqimiz badiiy tafakkurining ko‘p asrlik qadriyatlari tizimining yosh avlod ma’naviy kamolotidagi tutgan muhim o‘rni va ahamiyati xususidagi yangi ma’lumotlar keng tomoshabinlar ommasiga yetkazilgan.