Shirinov Anvar Qanoatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Markaziy Osiyo davlatlarida inson taraqqiyoti konsepsiyasini amalga oshirishning xususiyatlari (ijtimoiy-falsafiy tahlil)”, 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Fal875.
Ilmiy rahbar: Namozov Bobir Bahriyevich, falsafa fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasanomi, IK nomi: Buxoro davlat universiteti, RhD.OZ/27.02.2020.F.72.08.
Rasmiy opponentlar: Nazarov Qiyomiddin Normirzayevich, falsafa fanlari doktori, professor; Norqulov Do‘stmurod Toshpo‘latovich, falsafa fanlar doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi Markaziy Osiyo davlatlarida inson taraqqiyoti konsepsiyasi amalga oshirish asosida inson kapitalining rivojlanish xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Markaziy Osiyoda inson kapitalini rivojlantirishning adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, yashil rivojlanish, xalqchil davlat qurish, resurs tejamkor texnologiyalardan foydalanish, ma’naviy va ma’rifiy islohotlar izchilligi, yaqin qo‘shnichilik va strategik hamkorlikning yo‘lga qo‘yilishi kabi muhim omillarga tayanganligi dalillangan;
barqaror rivojlanishda ijtimoiy infratuzilmalar takomillashuvi, oziq-ovqat xavfsizligi, ekologik barqarorlik va aholining turli tabaqalarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan prinsiplarida “avval – inson, keyin – jamiyat va davlat” konsepsiyasining ustuvorligi isbotlangan;
inson taraqqiyoti konsepsiyasidagi munosib mehnat sharoitini ta’minlash, inson kapitalining rivoji, ijtimoiy-iqtisodiy farovonlik, sifatli ta’lim, sog‘liqni saqlash indikatorlarining kliodinamik transformatsiyasi Yangi O‘zbekiston taraqqiyoti maqsadlarini amalga oshirishga xizmat qilishi aniqlangan;
Qadimgi Sharq va G‘arb mutafakkirlarining inson baxt-saodati, farovonligi, salomatligi, ijtimoiy-madaniy huquqlarining oliy qadriyat sifatida e’tirof etilishi borasidagi ijtimoiy-falsafiy qarashlarida o‘zaro mushtaraklik mavjudligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Markaziy Osiyo mamlakatlarida inson taraqqiyoti konsepsiyasini amalga oshirish xususiyatlarining ijtimoiy-falsafiy tahlili asosida:
Markaziy Osiyoda inson kapitalini rivojlantirishning adolatli ijtimoiy siyosat, yashil rivojlanish, xalqchil davlat qurish, resurs tejamkor texnologiyalardan foydalanish, ma’naviy va ma’rifiy islohotlar izchilligi, yaqin qo‘shnichilik va strategik hamkorlikning yo‘lga qo‘yilishiga tayanganligigiga doir ilmiy xulosa va natijalaridan Buxoro viloyat teleradiokompaniyasining “Asrlarning asraganlari”, “Najot bilimda”, “Sakkizinchi mo‘jiza” teledasturlarida 2022 yilda efirga uzatilgan “Muloqot va munozara”, “Qadriyatlar qadim beshigi” teleko‘rsatuvlar va radioeshittirishlari senariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Buxoro viloyat teleradiokompaniyasining 2023 yil 2 fevraldagi 28-son ma’lumotnomasi). Natijada, teletomoshabinlarning xalqimiz turmush sifati va farovonligini oshirish, yoshlarning ma’naviy-ma’rifiy saviyasini yuksaltirish orqali mamlakatimizni rivojlangan davlatlar qatoridan munosib o‘rin olishi haqidagi ilmiy tasavvur va tushunchalarining boyishiga hamda ko‘rsatuvlarning ilmiyligi va ommaboplignini oshirishga xizmat qilgan;
barqaror rivojlanishda ijtimoiy infratuzilmalar, oziq-ovqat xavfsizligi, ekologik barqarorlik va aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan prinsiplarda “avval inson, keyin davlat” konsepsiyasining ustuvorligining isbotlanganligiga oid ilmiy yangiliklardan O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi professional ta’lim muassasalaridagi boshlang‘ich tashkilotlarning namunaviy Ish rejalari III bob 12 bandidagi “Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz!” mavzuidagi targ‘ibot ishlarini tashkil etishda foydalanilgan (O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining 2023 yil 11 yanvardagi 04-13/19-son ma’lumotnomasi). Natijada, yoshlar o‘rtasida Yangi O‘zbekiston taraqqiyotida inson kapitalini takomillashtirish, sifatli ta’limni rivojlantirish va yoshlar huquqlarini himoya qilishga mas’uliyatli ekanliklari haqidagi tasavvurlarni shakllantirishga xizmat qilgan;
inson taraqqiyoti konsepsiyasidagi munosib mehnat sharoitini ta’minlash, inson kapitalining rivoji, ijtimoiy-iqtisodiy farovonlik, sifatli ta’lim, sog‘liqni saqlashning indikatorlarining islohotlarning kliodinamik transformatsiyasi Yangi O‘zbekiston taraqqiyoti maqsadlarini amalga oshirishga xizmat qilishi kabi ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalardan Resublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022 yilda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturining 49-bandi O‘zbeksiton Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz bir yilligi sanasi munosabati bilan “Inson manfaatlari –hamma narsadan ustun” va “Xalq davlat idoralariga emas, balki davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” tamoyillari asosida targ‘bot-tashviqot ishlarida foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2023 yil 10 yanvardagi 6-son ma’lumotnomasi). Natijada, inson taraqqiyotini konsepsiyasini amalga oshirish, barqaror rivojlanishga erishish, mintaqada hamkorlik, inson kapitalining rivoji, sifatli ta’lim, sog‘liqni saqlash islohotlarining dinamik darajalari ma’rifiy darajada miqdordan sifat o‘zgarishlariga ko‘chishiga xizmat qilgan;
Qadimgi Sharq va G‘arb mutafakkirlarining inson baxt-saodati, farovonligi, salomatligi, ijtimoiy-madaniy huquqlarining oliy qadriyat sifatida e’tirof etilishi borasidagi ijtimoiy-falsafiy qarashlarida o‘zaro mushtaraklik mavjudligiga doir xulosa va takliflardan O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan YOA-1-13+(1-18) son “Fandagi fanlararo yondashuv shakllanishining konseptual asoslari hamda globallashuv sharoitida milliy o‘zlikni saqlash muammosini hal etishda ijtimoiy va ma’naviy-makuraviy targ‘ibot texnologiyalarining ahamiyati” (2017-2020 yy) fundamental ilmiy-tadqiqot loyihasini bajarishda foydalanilgan (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universitetining 2023 yil 13 fevraldagi 04/11-739-son ma’lumotnomasi). Natijada, buyuk mutafakkirlar ta’limotlarida qayd etilgan insonning jamiyatdagi mavqei, uning qadri, bunyodkor salohiyati, baxt-saodati hozirgi kunda Yangi O‘zbekiston taraqqiyotida insonning rivojlanish imkoniyatlarini kengaytirish, uni har tomonlama taraqqiy ettirish tendensiyalari va istiqbollarini rivojlantirish ahamiyatiga oid mulohazalarni mazmunan boyitishga xizmat qilgan.