Abdullayeva Firuza Sharipovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Muhammad Nasiriddin Tusiyning falsafiy qarashlarida davlat va jamiyat masalalari», 09.00.03 – Falsafa tarixi (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Fal799.
Ilmiy rahbar: Safarova Nigora Olimovna, falsafa fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK nomi: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/27.02.2020.Fal.72.08.
Rasmiy opponentlar: Sharipova Oygul Tursunovna, falsafa fanlari doktori, dotsent; Qodirov Muhammadjon, falsafa fanlari nomzodi, dotsent
Yetakchi tashkilot: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Nasiriddin Tusiy falsafiy qarashlaridagi davlat va jamiyat masalalarining falsafiy xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Nasiriddin Tusiyning “Axloqi Nosiriy ”asarida mamlakatning iqtisodiy, ijtimoiy farovonligi, siyosiy va huquqiy barqarorligi, ma’naviy-madaniy rivojlanishi, xalqning orzu-umid va manfaatlarining ustuvorligi to‘g‘risida ilgari surgan falsafiy qarashlarining Yangi O‘zbekiston taraqqiyoti strategiyasidagi “inson-jamiyat-davlat” tamoyiliga dialektik aloqadorligi asoslab berilgan;
Allomaning davlat boshqaruvida kadrlar tanlanishi to‘g‘risidagi falsafiy qarashlari Yangi O‘zbekistonda raqobatbardosh kadrlar zahirasini shakllantirish, davlat fuqarolik xizmatiga munosib kadrlarni oqilona va ob’ektiv tanlashni nazarda tutuvchi meriotokratik prinsipiga tayanganganligi dalillangan;
Nasiriddin Tusiyning “Axloqi Nosiriy” asaridagi fazilatli shaharda xalq manfaatlari ustuvorligi, adolat, qonun ustuvorligi, raiyyatga do‘stona munosabatda bo‘lganligi va inson qadr qiymati yo‘lida ezgu ishlarning amalga oshirilishi, adolatli davlat boshqaruvida axloqiy-siyosiy qadriyatlarning falsafiy mohiyati ochib berilgan;
Mutafakkirning falsafiy qarashlaridagi qonun ustuvorligi tamoyillari yunon va Sharq mutafakkirlari qarashlari bilan qiyosiy tahlil etilib, allomaning inson hayotining eng oliy qadriyat ekanligi, odil hukmdor qiyofasi, qonunning xalqparvarligi va jazoning gumanistik xarakterda bo‘lishi lozimligi aniqlashtirilgan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Nasiriddin Tusiyning davlat va jamiyatga oid qarashlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Nasiriddin Tusiyning “Axloqi Nosiriy ”asarida mamlakatning iqtisodiy, ijtimoiy farovonligi, siyosiy va huquqiy barqarorligi, ma’naviy-madaniy rivojlanishi, xalqning orzu-umid va manfaatlarining ustuvorligi to‘g‘risida ilgari surgan falsafiy qarashlarining Yangi O‘zbekiston taraqqiyoti strategiyasidagi “inson-jamiyat-davlat” tamoyiliga dialektik aloqadorligiga oid ilmiy yangiliklardan O‘zbekiston yoshlar ittifoqining professional ta’limi muassasalaridagi boshlang‘ich tashkilotlarining 2022/2023-o‘quv yilining 1-yarim yilligiga mo‘ljallangan namunaviy ish rejasining II Bob 12-bandidagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 31 yilligi munosabati bilan so‘zlagan nutqida bildirilgan fikrlar va ularning yoshlar ijtimoiy hayotidagi ahamiyatini yoritib berish bo‘yicha “Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz!” targ‘ibot ishlarini tashkil etishda foydalanilgan (O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi markaziy kengashining 2023-yil 11-yanvar 04-13/21-son ma’lumotnomasi). Natijada, yoshlarimiz o‘rtasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik, adolatparvarlik, ma’rifatparvarlik va mehnatsevarlik fazilatlarini yuksaltirishda ijobiy ta’sir ko‘rsatgan;
davlat boshqaruvida kadrlar tanlanishi to‘g‘risidagi falsafiy qarashlari Yangi O‘zbekistonda raqobatbardosh kadrlar zahirasini shakllantirish, davlat fuqarolik xizmatiga munosib kadrlarni oqilona va ob’ektiv tanlashni nazarda tutuvchi meriotokratik prinsipiga tayanganganligiga doir ilmiy xulosalar va amaliy tavsiyalardan Buxoro viloyat teleradiokompaniyasining “Asrlarning asraganlari”, “Najot bilimda”, “Sakkizinchi mo‘jiza” teledasturlarida 2022 yilda efirga uzatilgan teleko‘rsatuvlar, “Muloqot va munozara”, “Qadriyatlar qadim beshigi” radioeshittirishlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (Buxoro viloyat teleradiokompaniyasining 2022 yil 14 dekabrdagi 1/332-son ma’lumotnomasi). Natijada, teletomoshabinlarning xalqimiz ma’naviy merosi haqidagi ilmiy-tasavvur va tushunchalarning boyishiga, ko‘rsatuvlarning ilmiyligi va ommabopligini oshirishga xizmat qilgan;
Nasiriddin Tusiyning “Axloqi Nosiriy” asaridagi fazilatli shaharda xalq manfaatlari ustuvorligi, adolat, qonun ustuvorligi, raiyyatga do‘stona munosabatda bo‘lganligi va inson qadr-qiymati yo‘lida ezgu ishlarning amalga oshirilishi, adolatli davlat boshqaruvida axloqiy qadriyatlarning falsafiy mohiyatiga oid ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Ma’naviyat va ma’rifat markazining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ning V bobi “Jaholatga qarshi ma’rifat” g‘oyasi asosida ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini mustahkamlash hamda ma’naviy- ma’rifiy ishlar ta’sirchanligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar”ning 28-bandi asosida 2021-2022-yillarda “Jaholatga qarshi ma’rifat” g‘oyasi asosida ilmiy-amaliy seminar va ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot dasturlarini o‘tkazishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2023-yil 23-yanvardagi 4-son ma’lumotnomasi). Natijada, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish, jamiyatda yuksak axloqiylik, adolat, ilmga tashnalik va bag‘rikenglik, ular dunyoqarashida milliylik va umuminsoniylik uyg‘un bo‘lishi e’tirof etilgan hamda ushbu tadqiqot natijalaridan Markazda uslubiy tavsiyalar, dastur va qo‘llanmalar yaratish ishlar natijadorligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan;
mutafakkirning falsafiy qarashlaridagi qonun ustuvorligi tamoyillari yunon va Sharq mutafakkirlari qarashlari bilan qiyosiy tahlil etilib, allomaning inson hayotining eng oliy qadriyat ekanligi, odil hukmdor qiyofasi, qonunning xalqparvarligi va jazoning gumanistik xarakterda bo‘lishi lozimligiga doir tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan OT-F1-88 sonli “O‘zbekiston ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy taraqqiyotida tolerantlik tamoyilining tutgan o‘rni (qadimgi davrdan to hozirgi vaqtga qadar)” (2017-2020 yy) fundamental ilmiy-tadqiqot loyihasi doirasida foydalanilgan (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universitetining 2023 yil 3 maydagi 04/11-2615-son ma’lumotnomasi). Natijada, yosh avlodni Nasiriddin Tusiyning ma’naviy merosida ilgari surilgan kattalarga hurmat, yoshlarga g‘amxo‘rlik, ezgulik va insoniylik, mehribonlik va bag‘rikenlik, vatan va xalqiga sadoqat tuyg‘ularini shakllantirish, oila masalasiga doir g‘oyalr asosida barkamollik, komillik va oila muqaddas, uni doim asrab-avaylsh kerakligi ruhida tarbiyalashda hamda yurtimiz faravonligi, mustaqilligini mustahkamligini ta’minlashda xizmat qilgan.