Raximova Shaxlo Baxtiyarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi talabalarining ingliz tilini o‘zlashtirish sifatini boshqarish”, 13.00.07 – Ta’limda menejment (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro’yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Ped4664.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti.
Ilmiy rahbar: Xo‘jayev Alijon Atabekovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
IK faoliyat ko’rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti, PhD. 12/30.12.2019.Ped.08.01
Rasmiy opponentlar: Madjidova Ra’no Urishevna pedagogika fanlari doktori, professor, Abdusamatova Nargiz Jamoliddinovna pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo’nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi maktabgacha ta’lim yo‘nalishlarida ingliz tilini o‘qitish sifatini baholash indikatorlarini takomillashtirish hamda jarayonlarini tashkil etish va boshqarishga doir ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
maktabgacha ta’lim yo‘nalishlarida ingliz tilini o‘qitishni tashkil etishning lingvopedagogik xususiyatlari o‘zida verbal va noverbal intellektual operatsiyalarga asoslanuvchi kommunikatsiya jarayonida subyektlarning kommunikativ-bilish faoliyati sifatida aks etishini asoslash orqali aniqlashtirilgan;
maktabgacha ta’lim yo‘nalishi talabalarida ingliz tiliga xos sotsiolingvistik, lingvopedagogik, nutqiy, leksik‎ kompetensiyalarning rivojlanganligini tashxis etishning metodik ta’minoti til muloqoti muhiti, o‘yinlar, mualliflik yondashuvi, kompyuter resurslari ta’sirini barqarorligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
maktabgacha ta’lim yo‘nalishi talabalarining ingliz tilini o‘zlashtirish sifatini boshqarish mexanizmi o‘quv individualligiga ustuvorlik berish asosida bitiruvchilariga qo‘shimcha kvalifikatsiya berishni ta’minlovchi variativ o‘quv rejani ta’lim jarayoniga qo‘llashning texnologik modelini adaptiv ko‘rinishda loyihalash orqali takomillashtirilgan;
maktabgacha ta’lim yo‘nalishida ingliz tilini o‘qitishda talabalarning kommunikativ kompetensiyalarini shakllantirishning reproduktivlik darajasi ratsional o‘quv harakatlarini ta’limiy maqsadlarning maqbulligini baholash indikatorlari ko‘rsatkichlari bilan o‘zaro aloqasi identivligini hisobga olgan holda takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Maktabgacha ta’lim yo‘nalishlarida ingliz tilini o‘qitish sifatini baholash tizimini takomillashtirish bo‘yicha tadqiqot natijalari asosida:
maktabgacha ta’lim yo‘nalishlarida ingliz tilini o‘qitishni tashkil etishning lingvopedagogik xususiyatlarini o‘zida verbal va noverbal intellektual operatsiyalarga asoslanuvchi kommunikatsiya jarayonida subyektlarning kommunikativ-bilish faoliyati sifatida aks etishini asoslash orqali aniqlashtirishga oid taklif va tavsiyalardan pedagogik bakalavriatning barcha ta’lim yo‘nalishlari uchun “Foreign language (Integrated skills through movies)” o‘quv qo‘llanmasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018-yil 14-iyundagi 531-son buyrug‘i, 531-254-raqamli guvohnoma). Natijada, maktabgacha ta’lim yo‘nalishlarida ingliz tilini o‘qitish mazmunini takomillashtirishga xizmat qilgan;
maktabgacha ta’lim yo‘nalishi talabalarida ingliz tiliga xos sotsiolingvistik, lingvopedagogik, nutqiy, leksik‎ kompetensiyalarning rivojlanganligini tashxis etishning metodik ta’minotini til muloqoti muhiti, o‘yinlar, mualliflik yondashuvi, kompyuter resurslari ta’sirini barqarorligini ta’minlash asosida hamda maktabgacha ta’lim yo‘nalishi talabalarining ingliz tilini o‘zlashtirish sifatini boshqarish mexanizmini o‘quv individualligiga ustuvorlik berish asosida bitiruvchilariga qo‘shimcha kvalifikatsiya berishni ta’minlovchi variativ o‘quv rejani ta’lim jarayoniga qo‘llashning texnologik modelini adaptiv ko‘rinishda loyihalash orqali takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan pedagogik bakalavriatning barcha ta’lim yo‘nalishlari uchun “Foreign language (Integrated skills through movies)” o‘quv qo‘llanmasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018-yil 14-iyundagi 531-son buyrug‘i, 531-254-raqamli guvohnoma). Natijada, maktabgacha ta’lim yo‘nalishida ingliz tilini o‘qitishning metodik ta’minotini takomillashtirishga xizmat qilgan;
maktabgacha ta’lim yo‘nalishida ingliz tilini o‘qitishda talabalarning kommunikativ kompetensiyalarini shakllantirishning reproduktivlik darajasini ratsional o‘quv harakatlarini ta’limiy maqsadlarning maqbulligini baholash indikatorlari ko‘rsatkichlari bilan o‘zaro aloqasi identivligini hisobga olgan holda takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan pedagogik bakalavriatning barcha ta’lim yo‘nalishlari uchun “Foreign language (Integrated skills through movies)” o‘quv qo‘llanmasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018-yil 14-iyundagi 531-son buyrug‘i, 531-254-raqamli guvohnoma). Natijada, maktabgacha ta’lim yo‘nalishi talabalarining ingliz tili savodxonligini baholash jarayonlarini tizimli tashkil etish va boshqarishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish