Bayeva Shaxzoda Xabibullayevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tadbirkorlik faoliyatini moliyalashtirishni takomillashtirish», 08.00.07 – «Moliya, pul muomalasi va kredit» (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Iqt380.
Ilmiy rahbar: Almardonov Muxammadi Ibragimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Tashmuradova Buvsara Egamovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Raxmonov Dilshodjon Alidjonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tadbirkorlik faoliyatini moliyalashtirishni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi tomonidan tijorat banklari kreditlariga kichik tadbirkorlik subyektlari loyihalariga ajratiladigan kreditlarning 50 foizigacha kafillik berish taklif etilgan;
tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi tomonidan kichik tadbirkorlik subyektlari loyihalariga tijorat banklarining milliy valyutada ajratiladigan, umumiy qiymati 5 milliard so‘mdan, foiz stavkasi Markaziy bank asosiy stavkasining 1,5 baravaridan oshmagan kredit va lizinglari bo‘yicha uning asosiy stavkadan oshgan qismini qoplash uchun 3 yil muddatgacha kompensatsiya taqdim etishning zarurligi asoslangan;
olis va borish qiyin bo‘lgan, shuningdek, mehnat resurslari ortiqcha hududlardagi kooperatsiya asosida kichik tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga ko‘maklashish uchun kichik tadbirkorlik subyektlarining loyihalarga ajratiladigan kreditlarning 75 foizigacha kafillik berish taklif etilgan;
aholining tadbirkorlik tashabbuslarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, ularning o‘z biznesini tashkil etishiga ko‘maklashish borasidagi tadbirlarni tizimli ravishda davom ettirish maqsadida Dasturlar doirasida tadbirkorlik loyihalarini moliyalashtirishning maqsadga muvofiq ekanligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tadbirkorlik faoliyatini moliyalashtirishni takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar asosida:
tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi tomonidan tijorat banklari kreditlariga kichik tadbirkorlik subyektlari loyihalariga ajratiladigan kreditlarning 50 foizigacha kafillik berish bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 9-iyundagi PF-150-sonli «Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Farmonining ishlab chiqilishida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023- yil 17-fevraldagi 05-33-4-10/21-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida tadbirkorlar tomonidan banklardan kredit olish paytida garov ta’minoti yetishmasligi bilan bog‘liq ayrim muammolarning ijobiy hal etilishi ta’minlangan;
tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi tomonidan kichik tadbirkorlik subyektlari loyihalariga tijorat banklarining milliy valyutada ajratiladigan, umumiy qiymati 5 milliard so‘mdan, foiz stavkasi Markaziy bank asosiy stavkasining 1,5 baravaridan oshmagan kredit va lizinglari bo‘yicha uning asosiy stavkadan oshgan qismini qoplash uchun 3 yil muddatgacha kompensatsiya taqdim etish to‘g‘risidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 9-iyundagi PF-150-sonli «Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Farmonining ishlab chiqilishida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023-yil 17-fevraldagi 05-33-4-10/21-son ma’lumotnomasi). Natijada, Jamg‘arma tomonidan tijorat banklari kreditlari bo‘yicha foizli xarajatlarni qoplash uchun kompensatsiya berish shaklida moliyaviy yordam ko‘rsatilgan va tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchilar davlat tomonidan har tomonlama qo‘llab-quvvatlangan;
olis va borish qiyin bo‘lgan, shuningdek, mehnat resurslari ortiqcha hududlardagi kooperatsiya asosida kichik tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga ko‘maklashish uchun kichik tadbirkorlik subyektlarining loyihalarga ajratiladigan kreditlarning 75 foizigacha kafillik berish tavsiyasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 9-iyundagi PF-150-sonli «Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Farmonining ishlab chiqilishida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023- yil 17-fevraldagi 05-33-4-10/21-son ma’lumotnomasi). Natijada, tadbirkorlik subyektlari faoliyatini moliyaviy himoya qilish va kafolatlarini ta’minlash, ularni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning yangi mexanizmlarini joriy qilish, biznes subyektlarining kredit resurslaridan foydalanishi imkoniyatlarini kengaytirish va shu asosda yangi ish o‘rinlarini tashkil etish hamda aholi hayot darajasini oshirishga xizmat qilgan;
aholining tadbirkorlik tashabbuslarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, ularning o‘z biznesini tashkil etishiga ko‘maklashish borasidagi tadbirlarni tizimli ravishda davom ettirish maqsadida Dasturlar doirasida tadbirkorlik loyihalarini moliyalashtirish bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-martdagi PQ-5041-sonli «Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida amalga oshiriladigan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Qarorining ishlab chiqilishida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023-yil 17-fevraldagi 05-33-4-10/21-son ma’lumotnomasi). Natijada, 2021 yilda tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash Dasturlari doirasida jami 9,0 trln. so‘m miqdoridagi mablag‘lar tadbirkorlik faoliyatini maqsadli va tizimli moliyalashtirishga yo‘naltirilgan.