Shukurov Akbarjon Xidoyevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sb2Se3 va CdS1-xTex yupqa qatlamlarining strukturaviy, morfologik, optik va elektrofizik xossalari”, 01.04.10 – Yarimo‘tkazgichlar fizikasi (fizika-matematika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/FM587
Ilmiy rahbar: Razikov Taxirdjon Mutalovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Fizika-texnika instituti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi Yarimo‘tkazgichlar fizikasi va mikroelektronika ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.03/30.12.2019.FM/T.01.12
Rasmiy opponentlar: Raxmatov Axmad Zayniddinovich, texnika fanlari doktori, professor; Iliyev Xalmurat Midjitovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi kimyoviy molekulalar dastalaridan o‘tqazish usuli bilan shisha tagliklarda Sb2Se3 birikmasi va CdS1-xTex qattik qotishmasining yupqa qatlamlarini olishning fizik-texnologik xususiyatlarini aniqlash, texnologik rejim parametrlariga qarab mikro tuzilma, elektr va optik xususiyatlarning o‘zgarish qonuniyatlarini o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ilk marotaba Sb2Se3 va CdS1-xTex birikmalarining keng tarkibli diapazondagi (0  x  1) yupqa qatlamlari vodorod oqimida kvaziyopiq hajm sharoitida kimyoviy molekulyar dastalardan o‘tqazish usuli bilan, arzon va samarali quyosh elementlarini olish uchun mos elektrofizik parametrlarga ega bo‘lgan yupqa qatlamlar olingan;
vodorod oqimi tezligi ≤10 sm3/min bo‘lganda olingan Sb2Se3 qatlamlar tarkibida (Se) miqdori 60 % dan yuqori bo‘lishi, rentgenogrammada Se va Sb2Se3 fazalari mavjudligi va 15÷20 sm3/min oqim tezligida esa qatlam stexiometrik tarkibda bo‘lishi energiya dispersli rentgen spektroskopiyasi metodida aniqlangan; 
taglikning T>450°C haroratida olingan Sb2Se3 qatlamlari Sb ga boy bo‘lishi va donachalar (120) kristall yo‘nalishida taglikka parallel o‘sishi, T<450°C da qatlamlar Se ga boy bo‘lishi va (211) yo‘nalishda taglik yuzasiga perpendikulyar o‘sishi rentgen strukturaviy tahlil metodida aniqlangan; 
CdS1-xTex qattiq qotishmasining taqiqlangan soha kengligi (0 ≤ x ≤ 1) oralig‘ida nozichiqli qonuniyat bo‘yicha 2,4 dan 1,4 eV gacha bo‘lgan oraliqda o‘zgarib turishi topilgan; 
bug‘ fazalarda Sb/Se molekulalar dastalarining intensivlik nisbatini va taglikka o‘stiriladigan elementlar oqimini boshqarish bilan polikristall Sb2Se3 yupqa qatlamlarini olish va ularning solishtirma qarshiligini keng 104 ÷ 108 Omsm intervalda o‘zgartirishi topilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Turli tarkibli Sb2Se3 yupqa qatlamlarida morfologik, strukturaviy, optik va elektr xususiyatlarini o‘rganish asosida:
Sb2Se3 qatlamlarining parametrlarini optimallashtirish bo‘yicha olingan natijalar xorijiy jurnallarda surma selenid qatlamlari va ular asosidagi quyosh elementlari elektr va optik xususiyatlarini o‘rganish bo‘yicha quyidagi tadqiqotlarda qo‘llanildi (Solar Energy Materials and Solar Cells. Impact Factor:7,267. Vol.200, 15 September 2019, 109945; Solar Energy, Impact Factor:5,95. Volume 187, 15 July 2019, Pages 404-410; Solar Energy, Volume 188, Impact Factor: 5.95, August 2019, Pages 586-592). Ilmiy natijalardan foydalanish surma selen yupqa qatlamlarining morfologiyasi va tuzilishini yaxshilash, ularning kristall yo‘nalishini nazorat qilish va ular asosidagi quyosh elementlarining samaradorligini 4,5% gacha oshirish imkonini bergan;
dissertatsiya ishida olib borilgan tadqiqot natijalari O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Materialshunoslik institutida №MRB-AN-2019-17-sonli “Quyosh elementlari uchun keng polosali kompozit reversiv muftalarni tadqiq qilish” loyihasini amalga oshirishda foydalanildi (2019 – 2020 yy.). Ushbu loyihada dissertatsiya ishida yaratilgan CdS/CdTe-Ag yupqa qatlamli quyosh elementlari namunalari foydalanilgan (O‘zR FA ning 01.06.2022 y. dagi №2/l255-1271-sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalardan foydalanish orqali CdS/CdTe-Ag geterostrukturasining sirtiga aks ettirishga qarshi MgF2:CaF2/ZnO(Al) qatlamni qo‘llagan holda shisha/MgF2:CaF2/ZnO(Al)/CdS/CdTe-Ag quyosh elementlari olinib, aks ettirishni kamayishi va qisqa tutashuv oqimining ortishi evaziga samaradorlikni 1,6% gacha orttirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish