Navruzova Visola Sarimbekovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Vulva saratonini tashxislash va  davolashga integrativ yondashuv» 14.00.14 – Onkologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.DSc/Tib499.
Ilmiy rahbar: Polatova Djamila Shagayratovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.04/30.12.2019Tib.77.01.
Rasmiy opponentlar: Zaxirova Nargiza Ne’matovna, tibbiyot fanlari doktori; Berlev Igor` Viktorovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Boboev Qodirjon Tuxtaboevich tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: N.N. Petrov nomidagi onkologiya milliy tibbiyot tadqiqot markazi (Rossiya Federatsiyasi)
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: vul`va xavfli o‘smalarini tashxislash va davolash natijalarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
vul`va saratonida inson papilloma virusining yuqori virusli yuklamasi o‘smaning biologik tabiatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi, limfovaskulyar invaziyani kuchaytirishi, o‘smaning stromaga o‘sib kirishi orqali regional metastazlar berishi isbotlangan;
HPV musbat vul`va saratonida nur terapiyasini muqobil davolash usuli sifatida qo‘llanilishi nurga sezuvchan o‘smalarda yuqori samaradorlikni namoyon qilish natijasida to‘liq ta’siri aks etganligi isbotlangan;
HPV musbat vul`va saratonida bemorlarda immunoterapiyaning samaradorligi o‘smaning yuqori immunogenligi hamda limfotsitlar tomonidan o‘sma infil`tratsiyasining yuqori zichligi bilan o‘zaro bog‘liqligi isbotlangan;
HPV musbat vul`va saratoni mavjud bemorlar bilan PI3K/mTOR faollashuv yo‘li o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik mavjudligi umumiy yashovchanlik  va qaytalanmaslik ko‘rsatkichlarining pasayishi hamda kimyoviy davoga sezuvchanlikning pasayishi, o‘sma hujayralaridagi apoptoz jarayonining bloklanishi va o‘sma differensiatsiyasining past darajada ekanligi isbotlangan;
yassi hujayrali epiteliy ichi neoplaziyasi, Grade 3, o‘sma rivojlanishining rT3 bosqichlarida o‘smaning stromaga ≥1 mm invaziyasi limfovaskulyar invaziya va tomirlar invaziyasi hisobiga vul`vaning bir nechta anatomik sohalari zararlanishi natijasida kasallik asoratining salbiy predikortlari sifatida namoyon bo‘lishi isbotlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Vul`va saratoniga tashxis qo‘yish va davolashni yaxshilash maqsadida olingan natijalarga asosida:
vul`va saratonida HPV ning yuqori virusli yuklamasi limfa tugunlariga metastazlar berishi, stromaga invaziyasi, differensiatsiya darajasi va limfovaskulyar invaziya bilan o‘zaro bog‘liq bo‘lib kasallikni progressiya xavfini oldini oladi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Maqsadli dori vositalarining terapevtik ta’sir ko‘rsatish turi va darajasini aniqlash imkonini beruvchi prognostik prediktorlari Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Jizzax va Sirdare filiallarida (22.08.2022 y., №8-n-z/429) ma’lumotnoma asosida klinik bo‘limlari amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: • vul`va saratonida inson papilloma virusining yuqori virusli yuklamasi, o‘smaning biologik tabiatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, limfovaskulyar invaziyani kuchaytiradi; • HPV musbat vul`va saratonida nur terapiyasini muqobil davolash usuli sifatida qo‘llanilishi nurga sezuvchan o‘smalarda yuqori samaradorlikni namoyon qilish natijasida to‘liq ta’siri aks etadi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: vulva saratoni bilan og‘rigan bemorlarda erta tashxisot jarayonida odam papiloma virusini aniqlash va kasallik asoratlanishini oldini olishga va kayta operativ davo o‘tkaziga zarurat bo‘lmasligiga olib keldi. Bu esa o‘z navbatida qayta murojaat kamayganligi xisobiga xar bir bemordan kayta tekshiruv va murojaat uchun sarflanadigan mablag‘dan 2 630 000 so‘m tejalishiga kayta operativ davoga zaruratning yukligi sababli - 1 250 860 so‘mga kamaytirishga iqtisod qilindi. Xulosa: vulva saratoni bilan og‘rigan bemorlarda yangi davo-diagnostika usullari joriy qilinishi bir nafar bemor hisobidan byudjet mablag‘larini 1 000 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 250 860 so‘mga iqtisod qilish imkonini beradi.Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: “Vul`va saratoni prognozini aniqlash metodikasi” mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha 2022 yil 5-iyuldagi Sog‘liqni Saqlash vazirligi tomonidan №8n-r/769 xat yuborilgan. 
nur terapiya vul`va saratonini davolashda yuqori samaradorlikni namoyon qildi, 58% dan ortiq hollarda davolashning to‘liq ta’siri va radikal jarrohlik amaliyotini o‘tkaza olmaydigan vul`va saratoni bilan kasallangan bemorlar orasida neoad’yuvant rejimida, shuningdek, regionar nazorat maqsadlarida tanlov usuli yaxshilashga olib keladi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi Maqsadli dori vositalarining nur terapiyani o‘tkazishga birgaligida, terapevtik ta’sir ko‘rsatish uchun usullari Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Jizzax va Sirdare filiallarida (22.08.2022 y., №8-n-z/429) ma’lumotnoma asosida klinik bo‘limlari amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: • Vul`va saratoni bashoratlashda yassi hujayrali epiteliy ichi neoplaziyasi, G3, pT3, pT4 bosqichi, limfa tugunlarida metastazlar mavjudligi, stroma invaziyasi ≥1 mm, limfovaskulyar invaziya, qon tomir invaziyasi • vul`va saratoni bilan kasallangan bemorlarda masofaviy va kontaktli nur terapiyasi o‘tkazish ishlab chiqilgan mezonlari asosida asoratlar va xatolar sonini minimallashtiriradi; • Gistologik xulosa natijalarini aniqliligi sababli amaliyotini radikal bajarilganligiga to‘liq ishonch xosil qilish va bu bemorlarni keyinchalik samarali ad’yuvant kimyo-nur terapiyani o‘tkazilishiga olib keladi, va ushbu kasallikka chalingan bemorlarning hayot sifatini yaxshilash imkonini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: HPV musbat vul`va saratonida nur terapiyasini muqobil davolash usuli sifatida qo‘llanilishi nurga sezuvchan o‘smalarda yuqori samaradorlikni namoyon qilish natijasida to‘liq ta’siri aks etganligi hisobiga bemorlarni onkologik muasssalalarga qayta murojaati kamayishiga va statsionar sharoitda yotib davolanish kunlarini 20% qisqarishiga hisobiga xar bir bemordan 3 134 711 so‘m iqtisod qilinadi. Xulosa: yangi nur terapiya o‘tkazish uchun bir nafar bemor hisobidan byudjet mablag‘larini 2 000 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 1 134 711 so‘mga iqtisod qilish imkonini beradi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: “Vul`va saratoni prognozini aniqlash metodikasi” mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha 2022 yil 5-iyuldagi Sog‘liqni Saqlash vazirligi tomonidan №8n-r/769 xat yuborilgan. 
immunogistokimyoviy tadqiqotlar asosida vul`va saratoni bilan kasallangan bemorlarda target terapiyadan foydalanish mezonlari va uning kompleks kimyoterapiyadagi o‘rganilgan xolda amaliyoti natijalarini prognozlash va davlosh imkonini yaxshilaydi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Immunoterapiyani ta’sir ko‘rsatish Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Jizzax va Sirdare filiallarida (22.08.2022 y., №8-n-z/429) ma’lumotnoma asosida klinik bo‘limlariga amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: • operatsiyadan oldin va keyingi davo taktikani oldini olish choralarini belgilalaydi; • operatsiyadan keyingi immunoterapiya asoratlarni bartaraf etish optimallashtiradi; • immunoterapiyagi o‘tkazishdan keyin hayot sifatini yaxshilaydi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: HPV musbat vul`va saratonida bemorlarda immunoterapiyaning qo‘llanilgan xolda kasalxonadan tashqari reabilitatsiyasi va davlolash xarajatlarining kuyidagicha iqtisod bulishiga olib keldi, kuydagicha: qayta murojaati kamayishiga va statsionar sharoitda yotib davolanish kunlarini qisqarishiga hisobiga xar bir bemordan 3 134 711 so‘m iqtisod qilinadi (Yilliy murojaatlar soniga xisoblaganda bu 100 bemor uchun 3 134 711 000 so‘mni tashkil etadi). Xulosa: yangi jarroxlik amaliyotining joriy qilinishi 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 2 000 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 1 134 711 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Ilmiy yangilikning amalga oshirishi va kengaytirilgan foydalanishi: “Odam papilloma virusining vul`va saratonini davolash va prognozlash usulini tanlash hamda kasallikning klinik kechishiga ta’siri” mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha 2022 yil 5-iyuldagi Sog‘liqni Saqlash vazirligi tomonidan №8n-r/769 xat yuborilgan. 
immunogistokimyoviy tadqiqotlar asosida vul`va saratoni bilan kasallangan bemorlarda target terapiyadan foydalanish mezonlari va uning kompleks kimyoterapiyadagi o‘rni aniqlangan va kasallik progressiya va residiv ko‘rsatkichlarni bashoratlashga amalga oshirishga imkoniyatini beradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Morfologik tekshiruv asosida terapevtik ta’sir ko‘rsatish turi va darajasini aniqlash imkonini beruvchi prognostik prediktorlari Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Jizzax va Sirdare filiallarida (22.08.2022 y., №8-n-z/429) ma’lumotnoma asosida klinik bo‘limlariga amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: • o‘sma differensiatsiyasiga va kasallik bosqichiga asosolanib jarroxlik operatsiyasining texnik jihatlarini optimallashtirish orqali bemorlarni davolash natijalarini yaxshilaydi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: HPV musbat vul`va saratoni mavjud 1 bemornafarning shifoxonadagi davri uchun: • bemorning shifoxonada qolish muddatini 8,4 kundan 4,4 kunga (4 kunga) qisqartirtirib, shifoxonada qolish to‘lov miqdori 704 ming so‘mga kamaytirdi (RIOvaRIATMning preyskurantiga ko‘ra shifoxonada 1 kun qolish 176.000 so‘mni tashkil qiladi); • shifoxonada bo‘lish davrining 4 kunga qisqartirilishi hisobiga 600 ming so‘mlik dori-darmon kam talab etiladi (1 kunga o‘rtacha 150 000 so‘m dori vositalari sarflanadi); • shifoxonada bo‘lish davrining 4 kunga qisqartirilishi hisobiga 156 ming so‘mlik bog‘lanmalar kam talab etiladi (1 kunga o‘rtacha 39 000 so‘m bog‘lanmalar sarflanadi); Xulosa: yangi jarroxlik amaliyotining joriy qilinishi 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 704 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 756 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Ilmiy yangilikning amalga oshirishi va kengaytirilgan foydalanishi: “Odam papilloma virusining vul`va saratonini davolash va prognozlash usulini tanlash hamda kasallikning klinik kechishiga ta’siri” mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha 2022 yil 5-iyuldagi Sog‘liqni Saqlash vazirligi tomonidan №8n-r/769 xat yuborilgan. 
vul`va saratoni bilan kasallangan bemorlarni salbiy predikortlari bilgan holda davolash natijalarini bashoratlashga imkoniyatini beradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Morfo-paratmetrik tekshiruv asosida xirurgik va terapevtik ta’sir ko‘rsatish turi va darajasini aniqlash imkonini beruvchi prognostik prediktorlari Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Jizzax va Sirdare filiallarida (22.08.2022 y., №8-n-z/429) ma’lumotnoma asosida klinik bo‘limlariga amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: • vulva saratonini davolashda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan asoratlar va xatolar sonini minimallashtiradi uning natijasida operatsiyadan keyingi reabilitatsiya sifatini oshadi; • bemorlarning hayot sifatini va umr ko‘rish davomiyligini 45% ga oshiriladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1 nafar bemorning shifoxonadagi davri uchun iqtisodiy kursatkich: • bemorning statsionarda bo‘lish muddatini o‘rtacha 5 kunga qisqartirish imkonini berdi, bu esa yiliga 100 000 000 so‘m iqtisodiy samara berdi (1 yil davomida vul`va saratoni bilan og‘rigan 100 nafar bemorni davolashni hisobga olgan holda); • shifoxonada bo‘lish davrining 5 kunga qisqartirilishi hisobiga 454 000 so‘mlik dori-vositalar kam talab etiladi (1 kunga o‘rtacha 64 000 so‘m dorilarga sarflanadi); Xulosa: tadbiq etilgan davo usuli joriy qilinishi 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 645 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 355 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: “Odam papilloma virusining vul`va saratonini davolash va prognozlash usulini tanlash hamda kasallikning klinik kechishiga ta’siri” mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha 2022 yil 5-iyuldagi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan №8n-r/769 xat yuborilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish