Saidqulova Firuza Farmonovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Talabalarda iqtisodiy kompetensiyani rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlari”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Ped4393.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Ped.72.04.
Ilmiy rahbar: Olimov Shirinboy Sharopovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Shodiyev Rizamat Davronovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Ziyavitdinova Nafisa Muxammadovna, iqtisod fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oliy ta’lim muassasalari talabalarida iqtisodiy kompetensiyalarni rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlarini takomillashtirishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
talabalarning iqtisodiy kompetensiyasini rivojlantirishda individuallashtirish va differensatsiyalashtirish komponentlari feedback hamda peer review ta’lim xizmatlari sifatini oshirishga yo‘naltirilgan iqtisodiy bilimlarga egalik, standart va nostandart vaziyatlarda iqtisodiy kompetentlikni namoyon qilish kabi pedagogik-psixologik xususiyatlarini hisobga olish asosida takomillashtirilgan;
oliy ta’lim muassasalarida marketing, tadbirkorlik va boshqaruv kompetensiyalari ishlab chiqarish texnologiyalar transferini produktivlik darajasini oshirish, ta’lim oluvchilarni iqtisodiy faoliyatga jalb etishning didaktik imkoniyatlarini kengaytirish kabi pedagogik shart-sharoitlarini amalga oshirish orqali rivojlantirilgan;
talabalarning kasbiy faoliyatga moslashuvchanlik darajalari hamda iqtisodiy kompetensiyalarini obyektiv baholovchi indikatorlarning diagnostik, prognostik miqdor va sifat aspektlari mazmunan faol o‘zlashtirish motivatsiyasini rivojlantirish orqali optimallashtirilgan hamda iqtisodiy kompetnsiyani rivojlantirishga oid didaktik ta’minot tizimini rivojlantirish zarurati asoslangan;
oliy ta’lim muassasalarida talabalarning iqtisodiy kompetensiyasini rivojlantirishning strategik mezonlari ijodiy muhit barqarorligi, individual-kognitiv, kommunikativ-faoliyatli, iqtisodiy-topshiriqli, muammoli, kreativ, refleksiv yondashuvning ta’sirchan mexanizmlari aniqlashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’lim muassasalarida talabalarning iqtisodiy kompetensiyasini rivojlantirish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari va ishlab chiqilgan takliflar asosida: 
oliy ta’lim muassasalarida talabalarning iqtisodiy kompetensiyasini rivojlantirishning strategik mezonlari ijodiy muhit barqarorligi, individual-kognitiv, kommunikativ-faoliyatli, iqtisodiy-topshiriqli, muammoli, kreativ, refleksiv yondashuvning ta’sirchan mexanizmlarini aniqlashga oid takliflar “Iqtisodiyot nazariyasi” fani mazmuniga singdirilgan hamda Buxoro davlat universitetining davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida bajarilishi 2018-2021 yillarga mo‘ljallangan OT-AQX-2018-22 raqamli “Chorvachilikning ozuqa bazasini rivojlantirish orqali chorvachilik mahsulotlarini yetishtirishning iqtisodiy samaradorligini oshirish” nomli amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (Buxoro davlat universitetining 2023-yil 15-fevraldagi 04-04/01-300-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning iqtisodiy kompetensiyasini rivojlantirishning tashkiliy bosqichlari aniqlangan; 
talabalarning iqtisodiy kompetensiyasini rivojlantirishda individuallashtirish va differensatsiyalashtirish komponentlari feedback hamda peer review ta’lim xizmatlari sifatini oshirishga yo‘naltirilgan iqtisodiy bilimlarga egalik, standart va nostandart vaziyatlarda iqtisodiy kompetentlikni namoyon qilish kabi pedagogik-psixologik xususiyatlarini hisobga olish asosida takomillashtirilishiga oid taklif va xulosalar asosida “Chakana savdo prinsiplari” fanidan testlar to‘plami” ishlab chiqilgan elektron o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari va ilg‘or texnologiyalarni tatbiq etish markazining 2023-yil 14-martdagi 02/01-01-35-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quv-uslubiy ta’lim ta’minoti talabalarning iqtisodiy kompetensiyasini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishga asos bo‘lgan; 
talabalarning kasbiy faoliyatga moslashuvchanlik darajalari hamda iqtisodiy kompetensiyalarini obyektiv baholovchi indikatorlarning diagnostik, prognostik miqdor va sifat aspektlari mazmunan faol o‘zlashtirish motivatsiyasini rivojlantirish orqali optimallashtirilgan hamda iqtisodiy kompetnsiyani rivojlantirishga oid didaktik ta’minot tizimini rivojlantirishga oid xulosa va tavsiyalardan Buxoro viloyat teleradiokompaniyasining “Assalom, Buxoro”, “Sakkizinchi mo‘jiza”, “Iqtisodiy bilimlarimizni oshiramiz” kabi ko‘rsatuvlarining ilmiy-ommabopligini ta’minlashda foydalanilgan (Buxoro viloyat teleradiokompaniyasining 2023-yil 1-martdagi 02-02-60-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning iqtisodiy kompetensiyasini rivojlantirish samaradorligini oshirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish