Saidvaliyev Ulugbek Alimjanovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Germanat va silikat vismut hamda paratellurit kristallarida elastik xossalarning anizotropiya qonuniyatlari», 01.04.07 – kondensirlangan holat fizikasi. 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2016.1.PhD/FM250 
Ilmiy rahbar: Axmedjanov Farxad Rashidovich, fizika-matematika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Yadro fizikasi instituti, DSc.02/30.12.2019.FM/T.33.01.
Rasmiy opponetlar: Baxramov Sagdulla Abdullaevich, fizika-matematika fanlari doktori, professor, akademik; Muxtorov Adil Pozilovich, fizika-matematika fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim;
Yetakchi tashkilot: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi silikat vismut, germanat vismut va paratellurit kristallarning elastik xossalariga kristallografik yo‘nalish ta’sirining qonuniyatini aniqlashtirishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
birinchi marta silikat vismut, germanat vismut va paratellurit markazlashtirilmagan kristallar uchun kompleks elastik tensorning barcha mustaqil haqiqiy va mavhum komponentlari tajriba yo‘li bilan aniqlangan;
kub strukturali kristallarda akustik to‘lqinlarning so‘nish koeffisiyenti anizotropiya darajasini kristallardagi kristallografik yo‘nalishga bog‘likligini aniqlash imkonini beruvchi mavhum akustik anizotropiya parametri kiritilgan;
piezoelektrik kristallardagi dielektrik yo‘qotishlar anizotropiya xarakterini o‘zgartirmasdan, piezoaktiv akustik to‘lqinlarning so‘nish koeffisiyentlarining anizotropiya darajasini kuchaytirishi ko‘rsatilgan;
paratellurit kristallarida ikkinchi tartibli simmetriya o‘qlari bo‘ylab va yaqinida akustik to‘lqinlarning tezligi va so‘nish koeffisiyenti anizotropiyasi qonuniyati olingan.
 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: germanat va silikat vismut va paratellurit kristallarning elastik xossalarining anizotropiya qonuniyatlarini o‘rganishda olingan natijalar asosida: 
aniqlangan silikat va germanat vismut kubik markazlashtirilmagan symmetrik kristallarining mustaqil haqiqiy va murakkab elastik tenzorning mavhum komponentalari «Namosys Ltd» (Isroil) kompaniyasining NGA1556789-sonli “Optik spektr tahlili uchun fotodiodli massiv bilan birgalikda signalni qayta ishlashni optimallashtirish” loyihasi doirasida foydalanilgan (2019–2021) («Namosys Ltd» (Isroil) kompaniyasining 2022 yil 12 iyundagi xati). Natijalarning qo‘llanilishi optik signallarni qayta ishlashning aniqligini oshirish va yo‘qotishlarni 30 dB darajasigacha kamaytirish imkonini yaratgan;
silikat vismut va germanat vismut kristallari uchun mavhum elastik doimiylar bo‘yicha akustik anizotropiyaning aniqlangan omili horijiy tadqiqotchilar tomonidan foydalanilgan (xalqaro ilmiy jurnallarda havolalar: Applied Surface Science 2022, Vol. 575, 151732; Nanomaterials 2022, 12 (22), 4101; Sensors & Transducers. 2021, Vol. 254, Issue 7, p.38-42). Natijalarning qo‘llanilishi silikat vismut asosida yuqori samarali fotokatalitik nanomaterialini olish va lantan gallosilikat kristallarining elastik xossalarini tavsiflash imkonini bergan;
dielektrik yo‘qotishlarning silikat vismut va germanat vismut va paratellurit markazlashtirilmagam simmetrik kristallarda akustik so‘nishlarga qo‘shgan hissasini hisobga olish zarurati horijiy tadqiqotchilar tomonidan qo‘llanilgan (xalqaro jurnallarda havolalar: Applied Surface Science 2022, Vol. 575, 151732; Nanomaterials 2022, 12 (22), 4101; Sensors & Transducers. 2021, Vol. 254, Issue7, p.38-42). Natijalarning qo‘llanilishi silikat vismut asosida yuqori effektiv fotokatalitik nanomaterialini olish va lanthan galloslikat kristallarining elastik xossalarini tavsiflash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish