Ismailov Nurulla Tuychiboevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Halqali yigiruv mashinasida chirmoviqsimon ip olish texnologiyasi” 05.06.02 – “To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish” (texnika fanlari) ixtisosligi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/T3170
Ilmiy rahbar: Bobojonov Husanxon Toxirovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-texnologiya instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti, PhD.03/30.12.2019.T.66.01
Rasmiy opponentlar: Jumaniyazov Qadam Jumaniyazovich texnika fanlari doktori professor; Erkinov Zokirjon Erkinboy o‘g‘li, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Halqali yigirish mashinasida chirmoviqsimon ip olish texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
halqali ip yigirish mashinasida shakllanayotgan ipga yakka ipni ip yo‘naltirgich va chiqaruvchi tsilindr oralig‘ida qo‘shish orqali mavjud usullardan farqli bo‘lgan chirmoviqsimon ip olishning yangi texnologiyasi ishlab chiqilgan;
ilk bor bir xil tarkibli chirmoviqsimon ip uchun mustahkamlikni hisoblash formulasi ko‘p tarkibli pishitilgan ipning mustahkamligini hisoblash formulasini qo‘llash orqali ishlab chiqilgan;
halqali yigiruv mashinasida chiqaruvchi cho‘zuvchi juftlikdan chiqayotgan tolali tutamchaga yakka ipni qo‘shish orqali gigroskopiklik xususiyati va mahsuldorligi  yuqori bo‘lgan chirmoviqsimon ip olish imkoniyati emperik tadqiqot metodini qo‘llash orqali aniqlangan;
nazariy mexanikaning asosiy aksiomasi asosida halqali ip yigirish mashinasida yangi usuldagi chirmoviqsimon ip olish uchun yakka iplarning qo‘shilish burchagi  o‘rtacha geometrik qiymatni aniqlash metodi yordamida aniqlangan hamda halqali ip yigirish mashinasidagi urchuqning aylanish tezligi va ip taranglovchi moslama og‘irligining maqbul qiymati regression matematik modellashtirish yordamida topilgan hamda Student me’zoni formulasi asosida ahamiyatliligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Halqali ip yigirish mashinasida yangi usulda chirmoviqsimon ip ishlab chiqarish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
halqali yigirish mashinasida chirmoviqsimon ip olishni yangi texnologiyasi “Namangan to‘qimachi” MChJ korxonasining 1 yigiruv fabrikasida ishlab chiqarishga joriy etilgan (O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlari uyushmasining 2023 yil “7” apreldagi №03/25-713 - son ma’lumotnomasi). Natijada ipning gigroskopiklik ko‘rsatkichi 11 % ga oshirishga erishilgan, bir yilda 805200 kvt∙soat elektr energiya tejalgan hamda yiliga 382 470 000 so‘m iqtisodiy samaraga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish