Sayt test rejimida ishlamoqda

Sur’atov Xusan To‘lqin o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida E’LON

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Quyoshli issiq suv ta’minoti tizimlarini o‘z-o‘zini drenaj qiladigan qurilmalarining samaradorligi va ishonchliligini oshirish”, 05.09.03 – Issiqlik ta’minoti. Ventilyasiya, kondisionerlash. Gaz ta’minoti va yoritish. (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/T3399
Ilmiy rahbar: Rashidov Yusuf Karimovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent arxitektura qurilish universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami:
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.26/30.12.2019.T.11.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Klichev Shavkat Isakovich, texnika fanlari doktori, professor (05.05.06), Kasimov Faxriddin Shadmankulovich texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) (05.05.06).
Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik qurilish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: 
o‘z-o‘zini tartibga soluvchi elementlardan foydalanish orqali o‘z-o‘zini drenaj qiladigan quyoshli issiq suv ta’minoti qurilmalarining samaradorligi va ishonchliligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘z-o‘zini tartibga soluvchi elementlardan foydalanishga asoslanib, ularda yuzaga keladigan gidrodinamik ta’sirlarni hisobga olgan holda quyoshli issiq suv ta’minoti tizimlarining o‘z-o‘zini drenaj qiladigan quyosh qurilmalarini samaradorligi va ishonchliligini oshirish usuli ishlab chiqilgan;
toraygan moslama shaklidagi o‘z-o‘zini tartibga soluvchi elementni o‘z ichiga olgan o‘z-o‘zini drenaj qiladigan quyosh konturining energiya samarador ishlash rejimini hisobga oladigan matematik modeli ishlab chiqilgan va o‘zgaruvchan quyosh radiatsiyasi, quyosh  konturining balandligi va boshqa ko‘rsatkichlarning ta’sirini ifodalovchi gidrodinamik qonuniyatlari aniqlangan; 
Venturi quvuri shaklidagi torayish moslamasining yopishqoq qarshilik doirasida oqimning torayishi darajasi 2 dan 5 gacha bo‘lgan oraliqda mahalliy qarshilik koeffisientini hisoblash uchun mezoniy tenglamalar olingan;
energiya samarador ishlash rejimini hisobga olgan faol elementi bo‘lgan o‘z-o‘zini drenaj qiladigan quyosh qurilmani hisoblashning muhandislik usuli chastotali rostlanadigan nasoslar uchun yaratilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Quyoshli issiq suv ta’minoti tizimlarini o‘z-o‘zini drenaj qiladigan qurilmalarining samaradorligi va ishonchliligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
“TEXNOPARK” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan O‘zbekiston Davlat Jahon tillari universiteti talabalar turar joyi binosini quyoshli issiq suv ta’minoti tizimi samaradorligi oshirilgan va amaliyotga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 07.01.2023 yildagi 09-06/121-sonli ma’lumotnomasi). Natijada quyosh kollektorlari samaradorligini 20% gacha oshirishga erishilgan, yillik iqtisodiy samara esa 1939224,7 so‘mni tashkil etgan (“TEXNOPARK” MChJning 10.11.2022 yildagi dalolatnomasi).
Toshkent shahrining Bektimir tumanida joylashgan "O`ZELTEXSANOAT" avtomobil zavodi ma’muriy-maishiy kompleksining quyosh issiq suv ta’minoti tizimining samaradorligi oshirilgan va "PRIME TOWER GROUP" mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan amaliyotga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 07.01.2023 yildagi 09-06/121-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, quyosh qurilmaning energiya samaradorligini oshirish 15-20% ga, issiqlik tashuvchisini sirkulyasiya qilishiga nasos uchun elektr iste’molini kamaytirish 65-70% ga erishilgan ("PRIME TOWER GROUP" MChJning 15.06.2021 yildagi № 527-sonli ma’lumotnomasi).

Yangiliklarga obuna bo‘lish